|
Blue Modern Company Profile Presentation (5) (2). pdf
|
bet | 2/5 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 6,87 Mb. | | #265248 |
Bog'liq Blue Modern Company Profile Presentation (5) (2).pdfKurs ishi vazifasi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan loy ishi mashg'ulotlarida quyidagi o'quv-tarbiyaviy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi.
- Bolalarni borliqdagi buyumlarni hajmi va boshqa parametrlarini ko'rish va his qilish (qo'l barmoqlari orqali)ga o'rgatish.
- Bolalarda buyum yasashning turli ifodaviy vositalaridan foydalanishga oid texnik va ijodiy malakalarni shakllantirish.
- Haykaltaroshlik asbob-anjomlaridan o'rinli foydalanish malakalarini tarkib toptirish.
- Berilgan mavzuga mos tasvir (buyum) yasash malakalarini shakllantirish.
- Atrof-muhitdagi voqea va hodislarni kuzatish, idrok etish orqali hosil bo'lgan taassurot va tasavvurlar asosida mustaqil kompozitsiya yaratishning dastlabki malakalarini tarbiyalash.
- Bajargan ishlarini mazmunini sharhlay olishga o'rgatish.
- Jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini tarbiyalash vositasida bolalarda kommunikativlik kompetentsiyalarining dastlabki elementlarini tarkib toptirish.
- Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarni tartibli ishlash va gigienik qoidalarga rioya qilishga o'rgatish.
Kurs ishi tarkibi. Kirish, ikki bob xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. - bob .Maktabgacha yoshdagi bolalarda kichik guruhlarida psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib loy ishi yasashga oʻrgatish.
- Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida loy ishi jarayonini tashkil etish.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg'ulotlarida asosiy material sifatida plastilin va loydan foydalaniladi. Ulardan foydalanish texnikasi va texnologiyasi har xil bo'lsa-da, tasvir
(haykalcha) hosil qilish imkoniyatlariga ko'ra ular bir xil texnik ko'rsatgichlar va imkoniyatlarga ega. Tarbiyachi bajariladigan ishning mazmuniga ko'ra loy yoki plastilinda ishlashni taklif etadi. Agar mayda dekorativ haykalcha yasaladigan bo'lsa plastilinning turli ranglaridan foydalangan holda ishlash tavsiya etiladi. Chunki undagi aniq ranglardan foydalanib ifodali-ta'sirchan haykalcha yasash mumkin bo'ladi. Gigiyenik jihatdan har ikkala material ham muayyan tartiblarga rioya qilishni talab etadi. Shuning uchun topshiriqni bajarish uchun material tanlashda, asosan, yasaladigan haykalchaning hajmi, mavzusi, ko'lami (bir figurali, ikki figurali haykalcha kompozitsiyasi, kattaroq hajmdagi haykalcha va boshqa parametrlar)
|
| |