• Nyu-Yorkdagi
  • Rossiya Federatsiyasi , Birlashgan Qirollik
  • Bmtni bilasizmi?




    Download 108 Kb.
    bet1/3
    Sana23.12.2019
    Hajmi108 Kb.
    #4629
      1   2   3
    BMTni bilasizmi Ko`pchiligimiz, albatta, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish yoki insonparvarlik yordami ko`rsatish bilan bog`liq faoliyati borasida eshitganmiz.
    Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) - yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan.
    Biroq uning hayotimizga bevosita ta`sir ko`rsatayotgan boshqa ko`plab faoliyatlari to`g`risida zamondoshlarimiz har doim ham batafsil ma`lumotga ega bo`lolmaydilar. Mazkur kitobchada Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`z faoliyati bilan butun jahon xalqlari hayot tarzini yaxshilashga qanday yordamlashayotgani haqida hikoya qilish bilan birga bu tashkilotning qachon tashkil etilgani va qanday ishlar bilan shug`ullanayotgani borasida qisqacha ma`lumot beriladi.
    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun insoniyat duch kelayotgan muammolar hal etiladigan markazdir. Mazkur faoliyat Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimini tashkil etuvchi 30 dan ortiq tashkilotning hamkorlikdagi sa`y-harakatlari natijasi o`laroq amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish, turli xavfli kasalliklarga qarshi kurashish, taraqqiyotni barqaror etishga yordamlashish va qashshoqlikka qarshi kurashish borasida kundan kun faolroq ish olib bormoqda.
    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti muassasalari havo va dengiz orqali xavfsiz va samarali aloqalarni yo`lga qo`yish norma va qoidalarini ishlab chiqadi, tetelekommunikatsiyalarni takomillashtirish va talabgorlar hojatini qondirisha ko`maklashadi, intellektual mulk huquqiga hurmat-e`tibor bilan yondoshish va radioto`lqinlarni tarqatishni tartibga solishga yordamlashadi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi va terrorizmga qarshi kurash xalqaro kompaniyasining ham tashabbuskoridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari dunyoning barcha mintaqalarida faoliyat ko`rsatib qochoqlarga yordam qo`lini cho`zadi va Minalardan tozalash dasturini amalga oshiradi, ichimlik suvlarining sifatini yaxshilashga yordamlashadi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi, rivojlanayotgan mamlakatlarga qarz beradi va moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirishga ko`maklashadi.
    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat ko`rsatadi BMT tinchlikni barqaror etish uchun nimalar qiladi Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik o`rnatish bo`yicha faoliyati BMT adolatni barqaror etish, inson huquqlari va xalqaro huquq borasida nimalar qilmoqda BMT insonparvarlik yordami ko`rsatish borasida nimalar qilmoqda Taraqqiyot maqsadida BMT nimalar qilmoqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat ko`rsatadi Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945 yil 24 oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jur`ati bilan to`lib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, ya`ni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining a`zolaridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining a`zosi bo`lgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaro shartnomalardan iborat bo`lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti to`rtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta`minlashga ko`maklashish, millatlar o`rtasida do`stona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni rag`batlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar sa`y-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni o`ynash. Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zolari - mustaqil davlatlardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi. Biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va bizning barchamizga daxldor bo`lgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga yordam bera oladigan mablag`larga ega bo`ladi.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
    Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambag`al, turli siyosiy qarashlar va ijtimoiy tizimdagi davlatlar a`zo bo`lib, ular ovoz berish va ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega. Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi - Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ - Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko`rsatadi.
    New York (talaffuzi: Nyu York) - AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida.
    Bosh Assambleya Bosh Assambleya - o`ziga xos butunjahon parlamentining insoniyatning eng dolzarb muammolari ko`rib chiqilayotgan majlislarida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a`zosi bo`lgan barcha mamlakatlar vakillari qatnashadi. Har bir a`zo-mamlakat bir ovozga ega. Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni muayyan darajada saqlab qolish tavsiyalari yangi a`zolarni qabul qilish yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti budjetini tasdiqlash, shu jumladan, tinchlikni saqlash operatsiyalariga mablag` ajratish singari muhim masalalar ko`pchilik, aniqrog`i, uchdan ikki qism ovoz bilan qabul etiladi. Boshqa masalalar bo`yicha qarorlar, odatdagidek, ko`pchilik ovoz bilan qabul etilaveradi. Keyingi yillarda Assambleya qarorlari rasmiy ovoz berish yo`li bilan emas, balki, konsesus asosida qabul etilishi uchun maxsus sa`y-harakatlar olib borilmoqda. 19992000 yilgi sessiyalarda yadroviy qurolsizlanish, taraqqiyot, atrof muhitni muhofaza etish va yangicha demokratiyani mustahkamlash singari kun tartibidagi turli-tuman 173 masala ko`rib chiqilishi kerak edi. o`z qarorlari g`oyat muhim ahamiyatga ega bo`lsa ham, ular jahon jamoatchiligi fikrlarini ifodalasa va xalqaro jamoatchilikning axloqiy talabi hisoblansa ham Assambleya o`z qarorlarini majburan qabul qildirmaydi. Assambleyaning har yilgi navbatdagi sessiyasi sentabrdan dekabrga qadar bo`lgan muddat davomida o`tkaziladi. Assambleya zarurat tug`ilganda o`z ishini qayta chaqirilgan sessiyada davom ettirishi yoki jiddiy tashvish tug`dirgan masalalar bo`yicha maxsus yoki favqulodda sessiyalar o`tkazishi mumkin. Assambleyalar orasidagi muddat davomida uning ishlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining oltita bosh qo`mitalarida, boshqa organlarida va Kotibiyatda davom etadi. Xavfsizlik Kengashi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqaror etish borasida Xavfsizlik Kengashi bosh javobgarlikni zimmasiga oladi va u tinchlik xavf ostida qolgan kecha yoki kunduzning har qanday daqiqasida chaqirilishi mumkin. Kengash 15 a`zodan tashkil topgan. Ularning beshtasi - Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qo`shma Shtatlari va Fransiya - doimiy a`zolar hisoblanadi.
    Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.
    Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.
    Kengashning qolgan o`n a`zosi Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar. Keyingi yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning a`zolar tarkibini o`zgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti. Kengashning qarorlari, uning uchun to`qqiz a`zo ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi. Kun tartibidagi masalaga Kengashning doimiy a`zolaridan birortasi qarshi ovoz bersa, shuningdek, veto huquqidan foydalansa qaror qabul qilinmaydi. Xalqaro tinchlikka xavf solinganligi haqida kengashga xabar berilganda bu mojaro avvalo tinchlik yo`li bilan bartaraf etish nuqtai nazaridan ko`rib chiqiladi. Kengash, balki bartaraf etish tamoyillarini ishlab chiqadi yoki hakam vazifasini o`taydi. Harbiy harakatlar boshlanib ketgan taqdirda Kengash o`t ochishni to`xtatish choralarini ko`radi. Shuningdek, u tomonlarni yarashtirish yoki bir-birlari bilan janjallashayotganlarni ajratishga yordam beradigan, tinchlikni barqaror etuvchi missiya yuborishi mumkin. Kengash o`zi qabul etgan qarorlarning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tadbirlar qabul qilishi mumkin. U iqtisodiy jazo choralari qo`llashi yoki qurollarni yetkazib berishga embargo qo`yishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda Kengash o`zi qabul qilgan qarorni bajarish uchun a`zo-mamlakatga birgalikdagi harbiy harakatlarga qadar bo`lgan barcha zarur vositalarni qo`llashga vakolat beradi. Shuningdek, Kengash Bosh kotib lavozimiga muayyan nomzodni va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga yangi a`zolarni tavsiya etadi. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleyaning umumiy rahbarligi ostida harakat qilib Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi muassasalar faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy sohada muvofiqlashtirib turadi.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama etish va shu sohadagi siyosat borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun bosh anjuman hisoblangan Kengash taraqqiyot maqsadlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol o`ynaydi. Kengash ish faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Fuqarolar jamiyati o`rtasidagi o`sha muhim hayotiy muloqotni qo`llab-quvvatlagan holda tegishli nohukumat tashkilotlari bilan maslahatlashadi. Kengash tarkibiga Bosh Assambleya tomonidan uch yilga saylanadigan 54 nafar a`zo kiradi. Kengash har yili - Nyu-York va Jenevada, galma-galdan - o`zining bir oy muddatga cho`ziladigan sessiyasini o`tkazadi. Sessiya davomida muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muhokama etish uchun ministrlar darajasida majlis, 1998 yildan esa sessiya doirasida insonparvarlik masalalarini ko`rib chiqish bosqichi o`tkazilmoqda. Kengashning ishlari yil mobaynida o`z yig`ilishlarini muntazam o`tkazib turadigan va Kengashga hisobot beradigan yordamchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Masalan, inson huquqlari komissiyasi dunyoning barcha mamlakatlarida inson huquqlariga qanday rioya etilayotganligini nazorat qiladi. Boshqa tashkilotlar ijtimoiy taraqqiyot, xotin-qizlarning ahvoli, jinoyatchilikdan ogoh etish, giyohvandlikka qarshi kurash va atrof muhitni muhofaza etish masalalari bilan shug`ullanadilar. Beshta hududiy komissiya iqtisodiy taraqqiyot va o`z hududlarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Vasiylik Kengashi Vasiylik Kengashi 7 a`zo-mamlakat qo`l ostidagi 11 vasiylik hududida xalqaro nazoratni ta`minlash, shuningdek, ularning hukumatlari bu hududlarda o`z-o`zini boshqarish yoki mustaqillikning zarur chora-tadbirlarini ko`rishlari uchun xalqaro nazoratni ta`minlash maqsadida tashkil etilgan. 1994 yilga kelib vasiylik hududlarining barchasi o`zlarini boshqara boshladilar yoki alohida davlatga aylanib mustaqillikka erishdilar, yoxud mustaqil qo`shni davlatlar bilan qo`shilishdi. Eng oxiri bo`lib bunday tadbirni Qo`shma Shtatlari qo`l ostida bo`lgan Tinch okean orollari (Palau) vasiylik hududi amalga oshirdi va 185-a`zo davlat bo`lib qoldi. Hozirgi paytda, tarkibiga Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a`zosi kirgani sababli Vasiylik Kengashi ishlari, asosan, tugallandi, uning ish tartibi qoidalariga tegishli o`zgartirishlar kiritildi, ya`ni u o`zining yig`ilishlarini faqat shart-sharoit taqozo etgan hollardagina o`tkazadigan bo`ldi. Xalqaro Sud Xalqaro Sud - Butunjahon sudi sifatida hammaga ma`lum bo`lib, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh sud organidir. Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi tomonidan saylangan 15 sudyadan tashkil topgan Xalqaro Sud davlatlar o`rtasidagi mojarolarni bartaraf etish bilan shug`ullanadi. Davlatlarning - sud muhokamasida qatnashishlari ixtiyoriydir, biroq davlatlar shunga rozi bG`lsalar, ular Sud qaroriga bo`ysunishlari shart. Shuningdek, Bosh Assambleya va Xavfsizlik Kengashi iltimoslari bilan Sud konsultativ xulosalar chiqarish ishlari bilan ham shug`ullanadi. Kotibiyat Kotibiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va boshqa tashkilotlari ko`rsatmalariga muvofiq tezkor va ma`muriy ishlarni amalga oshiradi. Uni umumiy ma`muriy rahbarlikni olib boradigan Bosh kotib boshqaradi. Hozirgi vaqtda Kotibiyat qariyb dunyoning 160 mamlakatidan bo`lgan 8900 kishi ishlaydigan yetti deportament va turli boshqarmalardan tashkil topgan. Bundan tashqari Nyu-York, Jeneva, Vena va Nayrobida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo`limlari mavjud. BMT tinchlikni barqaror etish uchun nimalar qiladi Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng bosh vazifalaridan biri - butun dunyoda tinchlikni barqaror etishdir. Nizomga binoan a`zo-mamlakatlar o`zlarining xalqaro kelishmovchiliklarini tinch yo`l bilan hal etadi, qurolli kuchlarni boshqa davlatlarga nisbatan qo`llamaydilar, ularga tahdid solmaydilar. Ko`p yillar mobaynida xalqaro krizislarni bartaraf etish va paydo bo`lgan mojarolarni hal qilishga yordam berishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti muhim rol o`ynadi. U tinchlikni o`rnatish, tinchlikni saqlab qolish va insonparvarlik yordami ko`rsatish borasida ko`plab operatsiyalar turkumini amalga oshirdi. Shuningdek u birmuncha jiddiy tus olgan mojarolarni ham bartaraf etishga muvaffaq bo`ldi. Mojarolar kelib chiqqan hollarda u zo`ravonlikning tub ildizlarini qirqish va mustahkam tinchlik uchun asoslar yaratishga yo`naltirilgan va koordinatsiyalashtirilgan yanada qat`iy chora-tadlbirlar qabul qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu borada diqqatga sazovor natijalarni qo`lga kiritdi. Masalan, 1962 yilgi Karib krizisini, 1973 yilgi Yaqin Sharq janjalidagi keskinlikni bartaraf etishga muvaffaq bo`ldi.
    Yaqin Sharq - Osiyoning gʻarbiy va jan.gʻarbiy hamda Afrikaning shim,sharqiy qismidagi hududlarning nomi. Ya.Sh.da Misr, Sudan, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Iroq, Isroil, Falastin Muxtoriyati, Kipr, Quvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya, Ummon, Yaman, Qatar kabi davlatlar va amirliklar joylashgan.
    1988 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinch yo`l bilan hal etish borasidagi sa`y-harakatlari Eron-Iroq urushini bartaraf etish imkonini berdi, undan keyingi yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan o`tkazilgagn muzokaralar tufayli sovet qo`shinlari Afg`onistondan olib chiqildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 90-yillarda Quvayt mustaqilligini tiklashga yordam berdi, Kambodja, Salvador, Gvatemala va Mozambikda fuqarolar urushini to`xtatishda, Gaiti va Syerra-Leonda demokratiya asosida saylangan hukumatni tiklashda katta rol o`ynadi, shuningdek, qator boshqa mamlakatlardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etdi va hal qildi.
    Gvatemala (Guatemala), Gvatemala Respublikasi (República de Guatemala) - Markaziy Amerikaning shim.gʻarbidagi davlat. Mayd. 108,9 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (1999). Poytaxti - Gvatemala sh. Maʼmuriy jihatdan 22 departamentga boʻlinadi.
    Qurolsizlanish Qurol-yarog`lar tarqalishiga chek qo`yish, shuningdek, yalpi qirg`in qurollarining qisqartirilishi, pirovardida, ularning barcha zahiralari yo`qotilishiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurolsizlanish bo`yicha muzokaralar o`tkazish, shu sohada tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqotlar tashabbuskori bo`lish uchun doimiy forum vazifasini o`taydi. U qurolsizlanish bo`yicha Konferensiya va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan ko`pqirrali muzokaralarni qo`llab-quvvatlaydi. Bu muzokaralar natijasida Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi keng qamrovli shartnoma (1996 y.) va yadro qurolidan xoli zona to`g`risidagi shartnoma kabi xalqaro kelishuvlar ro`yobga chiqdi. Shuningdek, bundan boshqa kimyoviy (1992 yil) va bakteriologik (1972) qurollarning zahiralarini tayyorlash, ishlab chiqish va to`plashni ta`qiqlovchi, dengiz va okeanlar tubiga (1971 yil) va kosmik fazoga (1967 yil) yadro qurolini joylashtirishni ta`qiqlovchi shartnomalar, shu singari yana boshqa turdagi qurollarni ta`qiqlovchi yoki chegaralovchiartnomalar tuzilgan edi. 1977 yilda yer usti minalaridan foydalanishni ta`qiqlovchi konvensiyaga 100 dan ortiq davlat imzo chekdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti mana shu konvensiyaga va vayron qiluvchi turdagi qurollardan foydalanishni ta`qiqlovchi boshqa xalqaro shartnomalarga barcha davlatlarni qo`shilishga chaqirdi. BMT shuningdek, o`q otar va yengil qurollar ustidan nazoratni kuchaytirishning ham tarafdoridir. Bosh Assambleya karoriga binoan xalqaro konferensiya o`q otish qurollari bilan noqonuniy savdo qilish bo`yicha masalani 2001 yilda ko`rib chiqadi. Venada joylashgan atom energiyasi bo`yicha xalqaro agentlik, kafolatlar borasidagi bitimlar tizimi asosida faoliyat ko`rsatib, tinchlik maqsadlarida foydalanish uchun mo`ljallangan atom ashyolari va jihozlaridan harbiy maqsadlarda foydalanilmasligini ta`minlashga javob beradi. Gaagada joylashgan Kimyoviy qurollarni ta`qiqlash bo`yicha tashkilot jahonning barcha mamlakatlari kimyoviy obyektlari haqida ma`lumot yig`ish bilan shug`ullanadi va kimyoviy qurollar bo`yicha Konvensiyaga amal qilish uchun nazoratni ta`minlash maqsadida doimiy kuzatuv olib boradi. Tinchlikni barqaror etish Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`zining tinchlik o`rnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda qarama-qarshi bo`lib qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlik borasidagi o`z sa`y-harakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik o`rnatish yoki uni, masalan, muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yo`llarini tavsiya qilishi mumkin. Tinchlikni barqaror etish ishida Bosh kotib muhim rol o`ynaydi. U Xavfsizlik Kengashi e`tiboriga o`z fikri bo`yicha xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan har qanday muammoni havola etishi mumkin. Bosh kotib beminnat xizmatdan, vositachilik funksiyasidan foydalanishi yoki sahna ortida bevosita o`zi yoki maxsus vakil orqali tinch diplomatiya bilan ish olib borishi kerak. Bosh kotib, shuningdek, holat kesinlashguniga qadar janjalning oldini olish uchun ogohlantiruvchi diplomatiya mexanizmidan ham foydalanishi mumkin. Bundan tashqari faktlarni aniqlash, hududiy doirada shug`ullanayotgan tinchlik o`rnatuvchilarni qo`llab-quvvatlash, mamlakatlarda - tomonlarga ishonchni mustahkamlashga yordam ko`rsatadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining siyosiy bo`limlarini ochish uchun missiya jo`natishi mumkin. Tinch qurilish Birlashgan Millatlar Tashkilotining faoliyati - jabr-zulmning tub sabablarini imkon qadar ko`proq bartaraf etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham tinch qurilishning eng muhim unsurlaridan biri - taraqqiyot uchun yordamni ayamaslikdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimning boshqa tashkilotlari bilan hamkorlikda va davlatlar orasidagi donor mamlakatlar hamda nohukumat tashkilotlari ishtirokida butun jamiyatning baxt-saodati uchun, qonun-qoidalar ustuvorligini barqaror etish uchun mojarolar oqibatlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda saylovlar o`tkazish va inson huquqlarini himoya qilishga yo`naltirilgan, boshqarishni takomillashtirishni qo`llab-quvvatlaydigan yordam ko`rsatadi. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu mamlakatlarga mojarolar oqibatida izdan chiqqan ma`muriy tizimni, sog`liqni saqlash, xalq ta`limi va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga yordam beradi. Mazkur faoliyatning 1989 yilda Namibiyada saylovlarning o`tkazilishini, Mozambikda minalardan tozalash dasturini va Gaitida fuqaro politsiyasi xodimlarini tayyorlashni kuzatish kabi ba`zi turlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni o`rnatish bo`yicha operatsiyalari doirasida amalga oshirildi, bu holda ushbu faoliyatning ba`zi jihatlari tinchlikni o`rnatish operatsiyasidan keyin ham davom etishi mumkin. Faoliyatning boshqa, masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Liberiyada tinch qurilish jarayonini qo`llab-quvvatlash bo`yicha o`z bo`limini ochishi, Kambodjada Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo`yicha bo`limining faoliyat ko`rsatib turishi yoki Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemalada mamlakat hayotining qariyb barcha jabhalariga ta`sir ko`rsatib, tinchlik bitimlari tuzilishiga yordam berayotgani kabi turlari hukumatlarning iltimosiga binoan amalga oshiriladi. Tinchlikni saqlab qolish Xavfsizlik Kengashi o`zining tinchlikni saqlash va xalqaro xavfsizlik borasidagi sa`y-harakatlari doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash bhyicha operatsiyalarining vakolat va mandat doiralarini tasdiqlab beradi. Muzokaralar davrasida uzoq muddatga mo`ljallangan qarorlar ustida izlanishlar olib borilayotgan paytda, bunday operatsiyalarning ko`pchiligida o`t ochishni to`xtatish rejimini kuzatayotgan yoki oraliq zona tashkil etgan harbiy xizmatchilar ishtiroki ko`zda tutiladi. Boshqa operatsiyalarda saylovlarni tashkil etishga yordamlashadigan yoki inson huquqlari himoya etilishini nazorat qiladigan fuqaro politsiyachilar va fuqaro mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sobiq Yugoslaviya Respublikasining Makedoniyasida amalga oshirilgan shunga o`xshash ba`zi operatsiyalar ehtiyot chorasi sifatida talqin etildi va u harbiy harakatlarni kengayib ketishining oldini oldi. Ko`pgina hollarda operatsiyalar tinch muzokaralarga amal qilinishini nazorat etishga yo`naltiriladi va hududiy tashkilotning tinchlik o`rnatuvchi kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Tinchlik o`rnatish operatsiyalari bir necha yilga qadar davom etishi mumkin. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining
    Download 108 Kb.
      1   2   3




    Download 108 Kb.