Bob. Ishlab chiqarish jarayonida firmalarning xatti




Download 470.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.09.2023
Hajmi470.45 Kb.
#85858
Bog'liq
11- MAVZU
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek


bob. ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA FIRMALARNING XATTI- 
HARAKATI 
Ishlab chiqarish va uni tashkil etish asoslari 
Bu bobda ishlab cliiqaruvchilarning xatti-harakati, ishlab chiqarish omillari va 
mahsulot hajmini o‘zgartirish zarur bo'lganda, firmalar ishlab chiqarishni qanday 
tashkil etadilar va ishlab chiqarish xarajatlarini qanday o'zgartiradilar, kabi 
masalalarga c’tibor qaratiladi. Firma va korxonalarning asosiy va/ifasi — mahsulot 
ishlab chiqarib, uni sotish, maksimal foydaga erishish. Mahsulot ishlab chiqarish 
uchun ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish zarur. 
Ishlab chiqarish jarayoni — bu mehnat va tabiiy jarayonlarni ma’lum tartibda ketma-
kctlikda tashkil etish maimuasi bo'lib, ular yordamida xomashyo, materiallar tayyor 
mahsulotga aylanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqa- rishning asosiy elementlari: 
Kishilarning foydali mehnat jarayoni, ya’ni «mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati». 
«Mehnat» — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish borasidagi 
jismoniy va aqliy mehnati qobiliyati. 
Mehnat vositalari — mashina, mcxanizmlar, texnologiya, dastgohlar, binolar, tovar 
moddiy boyliklari va boshqa mehnat qurollari. 
Mehnat buyumlari — xomashyo materiallar, yoqilg'i, ishlab chiqarish jarayonidagi 
ishlab chiqarilishi tugallanmagan mah- sulotlar, ixtirolar. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish — muhim va murakkab jarayon, u hamma narsani hal 
qiladi. 
Korxona bo'yicha ishlab chiqarish jarayonlari — asosiy va yordamchi jarayonlarga 
boMinadi. 
Asosiy texnologik jarayonlar yordamida xomashyo material- larining shakli, yirikligi, 
tuzilishi, ko'rinishi va xususiyatlari o‘z- garadi. 
117 


Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarning uzluksiz, bir me’yorda, ritmda, mo‘tadil 
borishini ta’minlaydi. Ular yordamida olingan mahsulotlar asosiy ishlab chiqarishga 
xizmat qiladi. Ularga asbob-anjomlar ishlab chiqarish, ehtiyot qisnilar va boshqalar 
kiradi. 
Xizmat qiluvchi jarayonlarga asosiy va yordamchi jarayonlarning bir me’yorda 
muvaflfaqiyatli borishini ta’minlovchi jarayonlar kiradi. Bunday ishlarni 
mashinaso/lik korxonasida transport xo'jaliklari, ombor xo'jaliklari, mahsulot sifatini 
nazorat etish, energetika xo'jaliklari bajaradi. Lekin korxonada asosiy jarayonlar hal 
qiluvchi ahamiyatga ega. 
Ishlab chiqarish jarayonlari nihoyatda murakkab jarayon va ular, odatda, bir necha 
fazalarga, bosqichlarga bo'linadi: 
Tayyorlov. 
Qayta ishlash. 
Yig‘uv yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish. 
Har bir ishlab chiqarish fazasi bir qancha xususiy jarayon- lardan iborat bo‘lib, ular 
tayyor mahsulot ustidan nisbatan tugallangan jarayonlarni ifodalaydi. Xususiy 
jarayonlar texnologik jarayonlarga bo'linadi. 
«Texnologik jarayon» deb, bir ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan bir ish joyida 
mehnat qurollari (kapital) va mehnat buyumlari o'zgarmagan sharoitda bajariladigan 
ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismiga aytiladi. 
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, sotiladigan tovarlar hajmi, ularning 
bahosi, xarajatlar va foyda miqdori ishlab chiqarish omillaridan iborat bo'lgan ishlab 
chiqarish tcxnologiyasiga bog'liq. 
Agar firma yangi avtomobil ishlab chiqaradigan bo'lsa, «mashinaning yig'uv sexlari 
qay darajada texnika bilan jihozlanadi, qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi 
kerak?» kabi savollar har doim shu firmani qiziqtirib turishi lozim. Shuningdek, firma 
avtomobil ishlab chiqarishni ko'paytirmoqchi bo'lsa, «ishchilar sonini qanchaga 
oshirish kerak, yangi korxona qurish kerakmi yoki shu korxonani kcngaytirish, 
quwatini oshirish zarurmi, qaysi biri maqsadga muvofiq?» savollari uni o'ylantiradi. 
Bu xildagi savollar har qanday ishlab chiqarishga tegishli. Demak, ishlab chiqarish 
nazariyasi va xarajatlar firmani boshqarishdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. 
118 


Наг qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi tabiiy resurslar, ish kuchi, texnologiya, 
zaruriy tadbirkorlik va boshqaruv qobiliyatini birlashtiruvchi mexanizmdan iborat1. 
Har qanday iqtisodiy tizim- ning pirovard maqsadi — kishilarning ehtiyojini tovarlar 
va xi/matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash orqali qondirishdan iboratdir. 
Iqtisodiy tizimning birinchi ajralmas qismi — bu tabiiy resurslar; ikkinchi qismi — 
ishchilar soni; uchinchi qismi — mavjud bo'lgan ish kuchi- ning sifati. 
Resurslar mavjudligi hamma narsani hal etmaydi. Mavjud resurslar maksimal 
darajada iqtisodiy foyda beradigan sohalarga yo'naltirilishi lozirn. O'zbekiston 
Respublikasi xilma-xil tabiiy resurslarga boy mamlakat. Bu vazifani mamlakatimiz 
hayotida kapital va menejment hal etishi zarur. Amerika iqtisodiyotidagi tajriba buni 
ma'qullaydi. 
Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalari va ishlab chiqarish davri 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
Proporsionallik. 
Uzluksizlik. 
Mo'tadillik. 
Parallellik. 
Buyumlarni ishlab chiqarish jarayonida eng qisqa yo'l bilan harakat qildirish, ishlovga 
uzatish va tayyor mahsulot olish. Buning uchun korxonaning sex va uchasikakirida 
joylashishi texnologik jarayon talablariga javob berishi kerak. 
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. 
Proporsionallik — vaqt birligi ichida korxonaning asosiy va yordamchi sex-
uchastkalarida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi teng miqdorda bo'lishi lozim. 
Uzluksizlik — mahsulot turi cheklangan, ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan 
sharoitda amalga oshiriladi. Bunda buyumlarga 
1 Основы американской .жономики. Пер. с англ. М.. ППП, 1993, 22—25-betlar. 
119 


ishlov berishda kutib qolishlar bo'lmaydi. Uzluksizlik darajasi (U) tanaffuslar vaqtini 
(7) ishlab chiqarish davrining uzunligiga (Id) nisbati bilan topiladi: 
Mo'tadillik — har bir ish joyida, uchastka, sex va korxonada bir xil vaqt ichida 
mahsulotni teng miqdorda yoki asta-sekin ko'payib borishini ko'rsatadi. 
Parallellik bir vaqtda barcha ish joylarida bir qancha detallar va mahsulot bo'laklarini 
ishlab chiqarilishini taqozo etadi. 
Ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etishga qo‘yilgan eng asosiy talablardan 
biri — mahsulot ishlab chiqarish (tay- yorlash) davrining uzunligi eng kam miqdorini 
ta’minlash. Ishlab chiqarish davri xomashyo materiallari ishlab chiqarishga kiritil- 
gandan to tayyor mahsulot bo'lib chiqqungacha ketgan vaqt uzunligi. 
Ishlab chiqarish davri qancha kam bo'lsa, unumdorlik shuncha yuqori bo'ladi. Mehnat 
sarfming me’yori ma’lum vaqt oralig'ida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki shu 
hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt. Demak, ishlab chiqarish ofr\ 
rinina kamayishi mehnatning tejalishi hisoblanadi. b hlab chiqarish davri texnologik 
jarayonlar davridan va tanaffuslar davridan iborat. 
Ishlab chiqarish davrining uzunligi quyidagi umumiy formula asosida topiladi: 
I um ~ ^ (^texn ^tab Aiaz hr ) * 5-X^opa * ^sma )■ 


bu yerda, Tum — ishlab chiqarish davrining umumiy uzunligi, soat, min; t,cxn — 
texnologik jarayonlar uzunligi; tMh — tabiiy jarayonlar u/unligi; t)W, — nazorat 
etish jarayoni uzunligi; — transport operatsiyalari uzunligi. 
Bu vaqtlar texnologik jarayonlar davri, deb yuritiladi: — buyumlarni smenalararo 
operatsiyalar o'rtasida turib qolish vaqti; rsma — smenalararo turib qolish vaqti; / — 
operatsiyalar va tanaffuslar soni. 
Ishlab chiqarish davrining uzunligi buyumlar, detallar, uzel- larga (mahsulot 
bo'laklariga) ishlov berish usuliga bog'liq. Buyumlarga ishlov berish tartibiga ko'ra, 
ishlab chiqarish davri uzun yoki qisqa bo'ladi. 
120 


Ishlab chiqarish omillari (resurslar) to‘g‘risida tushuncha 
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishda ish- tirok etadigan, ishlab 
chiqarishning pirovard natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan resurslar «ishlab chiqarish 
omillari», deb ataladi. 
Iqtisodiyot fanida iqtisodiy resurslarning quyidagi guruhlari mavjud: 
tabiiy resurslar yoki yer va yer osti hamda ustki boyliklari; 
kapital; 
mehnat resurslari; 
tadbirkorlik qobiliyati (tadbirkorlik). 
Bu omillarning har birini iqtisodiyot tizimida o'z o'rni bor, ular ma’lum xildagi 
vazifalarni bajaradilar. 
Tabiiy resurslar — tovarlarni ishlab chiqarish va xi/mat ishlarini bajarishda 
ishlatiladigan tabiiy nc’matlar. Ular Ibydali qa/ilmalar, o'rmonlar, suv, havo va 
sluing* o'xshashlar. Tabiiy resurslar deganda, iqtisodchilar «yer» iborasini ham 
ishlalib, unga ham «ishlab chiqarish omili», deb qaraydilar. Yer tabiiy omil sifatida 
o'rganiladi. O'zbekistonning yer fondi davlat chegaralariga qadar bo'lgan hamma 
yerlar hisoblanadi. Davlat yer fondi qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalanish uchun 
jamoa xo'jaligi va boshqa xo'jaliklarga borib qo'yilgan qishloq xo'jaligi yerlaridan, 
aholi yashaydigan punktlar (shaharlar, kichik shaharchalar va qishloq aholi 
joylarining yerlaridan), sanoat, transport, kurort, qo'riqxonalarning yerlaridan va 
boshqa har xil yerlardan (davlat o'rmon fondlari yerlaridan, davlat suv fondlari 
yerlaridan) iborat. 
O'zbekistonning umumiy yer fondi keyingi ma’lumotlar bo'yicha 44,75 mln gektar, 
shundan salkam 32 mln gektari qishloq xo'jaligiga qarashli yerlar. Qishloq xo'jaligi 
yerlari ichida katta salmoq 83,5 % ni o'tloqlar va yaylovlar egallaydi. 
Yer fondi quyidagilardan tashkil topadi: 
sug'oriladigan yerlar; 
yaylovlar; 
o'rmonzorlar; 
yo'llar va ko'p yillik daraxtlar bilan band bo'lgan yerlar; 
suv osti yerlari; 


shaxsiy tomorqa xo'jalik yerlari; 
boshqa yerlar. 
121 


Yer — inson mehnati mahsuli emas. Ishlab chiqarish omilining bu guruhiga tabiat 
bergan boyliklar, yer osti qazilma boyliklari ham kiritiladi. Ular ishlab chiqarish 
jarayonida ishlatiladi. O'zbe- kistonda yer resurslaridan foydalanish holati ham 
qoniqarli emas, deb topildi. Ayniqsa, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Namangan va 
boshqa viloyatlarda. Masalan, 
yerni qonunsiz ravishda egallab olish; 
sug'oriladigan ekinzorlami qishloq xo'jaligi oborotidan chiqib kctishi; 
ko'plab dala maydonlari turli xil sabablar bilan ekilmay qolishi; 
yerdan bclgilangan maqsadlarda foydalanilmaslik hollarining mavjudligi; 
ko'p yerlarni zax, sho'r bosib botqoqlikka aylanib borishi; 
yerdan foydalanishda qonunchilikka rioya qilmaslik holatlari, mo'ljaldagi ekinlar 
o'rniga boshqa xil ekinlar ekish. Bunday yerlar 2001-yilda 41 ming 500 ga bo'lgan. 
2001-yilning yakuni bo'yicha 120 ming 500 ga yerda paxta hosildorligi 10 sentnerdan, 
Chelak tumanida 8,3 sentner, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 8,6 sent- ner. Eng 
yuqori paxta hosildorligi 28,7 sentner bo'lib, bu Farg'ona viloyatining Yozyovon, 
Andijon viloyatining Ulug'nur tumani xo'jaliklariga to'g'ri keladi; 
statistik hisobotlarda yer miqdorini fermer xo'jaliklari tomonidan kamaytirib 
ko'rsatilishi. 
Bu guruhga foydalaniladigan yerlar, o'rmonlar va boshqalar kiradi. Ayni o'rinda har 
bir kishi O'zbekistonning tabiiy xomashyo resurslari to'g'risida yetarli darajada 
ma’lumotga ega bo'lishi foydadan xoli emas. Hozirgi vaqtgacha O'zbekistonda 2,7 
mingdan ziyod turli xil foydali qazilma konlari va ma’danlar bo'lgan istiqbolli joylar 
aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 
60 tadan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan; 900 dan ortiq kon qidirib topilgan 
bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi. Shu 
bilan birga, O'zbekistonning umumiy mineral xomashyo potensiali — 3,3 trillion 
AQSH dollaridan ortiqroq baholana- yotganini ham aytib o'tish kerak. 
122 


Ishlab chiqarish omillarining1 mahsulot hajmi ko‘payishiga ta’siri 
Firmaning xatti-harakati u yoki bu hajmdagi resurslardan qancha hajmda mahsulot 
ishlab chiqarish mumkinligini ko'rsatadi. Bunday tahlil ishlab chiqarish 
funksiyalaridan, yoki omillaridan boshlanadi. 
«Ishlab chiqarish funksiyasi» deb, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini firma sarf 
qiladigan mehnat va kapital resurslari hajmiga bog'liqligiga aytiladi. Ishlab chiqarish 
funksiyasi quyidagicha bo'ladi: 
Q= F(L, K), 
bu yerda, L — mehnat; K— kapital. 
Bu tenglama ma’lum turdagi mahsulotni (masalan, vino yoki kompyuter ishlab 
chiqarish, poyabzal, shakar) ishlab chiqa rishning ma’lum usullari yoki 
texnologiyasidan foydalanishda qo'llaniladi. Yoki mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonida ishlab chiqarish omillari — kapital, mehnat, xomashyo, materiallarni 
birlashtirish uchun zarur bo'lgan turli xil usullar to'g'risida ma’lum darajada bilimlar 
bo'lganda ishlatiladi. Ma'lumki, texnologiyalar taraqqiy etib, rivojlanib boradi. 
Shuning uchun firma ma’lum miqdordagi va sifatdagi ishlab chiqarish omillarini 
(resurslarini) va mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishning eng foydali usul- larini 
tanlagandagina mahsulot hajmini oshirishi mumkin. 
Barcha firmalar samarador bo'lishga harakat qiladi. Lekin buning uchun ishlab 
chiqarishni shunday usullari ni tanlash kerakki, ular ham texnologik ham iqtisodiy 
jihatdan samarador bo'lsin. 
Berilgan hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun boshqa hech qanday usullar 
bo'lmay, faqat shu bitta ishlab chiqarish usuli yordamida juda bo'lmaganda resurslarni 
biron birxili bo'yicha xarajatlari kam bo'lgan ishlab chiqarish usuli texnologik jihatdan 
samarador usul hisoblanadi. Yoki shu berilgan hajmdagi resurslardan ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmi maksimal darajada bo'lsa, bunday ishlab chiqarish usuli 
texnologik jihatdan samarador hisoblanadi. Bu ikki tuilumcha bir xil ma’noni beradi, 
chunki ular resurslar isrof bo'lmasligini talab etadi. 

«Ishlab chiqarish funksivalari» deb ham yuritiladi. 
123 


Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish — isrofgarchilikka, yoki unumsiz, foydasiz 
ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llashga yo‘l qo‘ymaydi. Ular firmalar 
samaradorligining ta’minlanishini taqozo etadi, ya’ni firmalar har bir ishlab chiqarish 
omillaridan ma’lum nisbatda foydalanib maksimal samaradorlikka erishishlari 
mumkin. Mahsulot hajmini kamaytiradigan ishlab chiqarish omillarining 
kombinatsiyasi ishlatilmaydi. Albatta, «ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy 
samarador bo'ladi», deb aytish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin «maksimal foydaga» 
intilgan firmalar resurslarni bekorga sarf etmaydi, deb aytishga barcha asoslar bor. 
Foydani maksimallashtirish uchun firma xarajat qiladigan resurslarni shunday tanlab 
olish kerakki, bozorda sotishga moMjallangan mahsulot miqdoriga ketadigan ishlab 
chiqarish xarajatlari minimal darajada bo‘lsin. 
Izokvantalar 
«Izokvanta» deb, bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashda 
ishlatiladigan barcha ishlab chiqarish omillarining joylashishini ifoda etuvchi egri 
chiziqqa aytiladi. Masalan, oziq- ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mehnat va 
kapital resurslaridan foydalanadigan ishlab chiqarish texnologiyasi o‘rganiladi yoki 
bir xil hajmdagi mahsulot uchun kapital va mehnat xarajatlari turlicha boMishini 
ko'rish mumkin. Masalan, 2 birlik kapital, 4 birlik mehnat sarflab, 85 birlik mahsulot 
ishlab chiqarishga erishiladi va hokazo. Bu 10-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadi. 
10-jadval 
Bir xil hajmdagi mahsulot miqdori uchun kapital va mehnat xarajatlari har xilligining 
holatlari 
Kapital qo'yilmalar 
(kapital sarfi) — К 
Mehnat sarfi (mehnat salmog'i) 
— L 






20 
40 
55 
65 
75 

40 
60 
75 
85 
90 

55 
75 
90 
100 105 

65 
85 
100 110 115 

75 
90 
105 115 120 
124 


10-jadvaldagi ma’lumotlarni izokvantalardan foydalanish asosida graflkda ko'rish 
mumkin: 
34-chizma. Ishlab chiqarish omilining ma’lum vaqtda o'zgarishi natijasida ishlab 
chiqarilgan mahsulot egri chizig'i (grafigi). 
Chizmada uchta ishlab chiqarish izokvanlalari berilgan. Chizmaning o'qlarida ma’lum 
davrdagi ishlab chiqarish omillari joylashgan. Izokvantalar l()-jadval ma’lumotlariga 
to'g'ri keladi. 
A nuqtadagi 1 birlik mehnat sarfi va 3 birlik kapital xarajati 55 birlik mahsulot oiishni 
ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda D nuq- tada shunday miqdordagi mahsulot uchun 3 
birlik mehnat va 1 birlik kapital sarf etiladi. 
Q, izokvanta Q2 izokvantadan yuqori va o‘ng tarafda yotibdi. Chunki unda Q2 dagiga 
qaraganda ko'proq mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish 
omillari joylashgan. 
Izokvantalar befarqlik egri chizig'iga o'xshagan bo'lib, agar xaridorlar talabini 
qondirish darajasini past dan yuqoriga qarab ko'rsatsa, izokvantalar mahsulot ishlab 
chiqarish hajmini ko'rsatadi. Befarqlik egri chizig'ining yuqorida bo'lishi izokvantalar 
yordamida mahsulot ishlab chiqarish darajasini o'lchagandek, buyumlarning 
foydalilik darajasini o'lchab bo'lmaydi. 
Izokvanta xaritalari izokvanlalai to'plami bo'lib, ma’lum miqdordagi ishlab chiqarish 
omillaridan yoki resurslaridan foydalanish hisobiga maksimal miqdorda mahsulot 
ishlab chiqarilishini ko'rsatadi. Izokvanta xaritalari — ishlab chiqarish 
funksiyalarining alternativ usulda yozilishi. Befarqlik egri chizig'i xaritalari ham 
xuddi shunday buyumlarning foydaliligini yozishning alternativ usuli. Har bir 
izokvantaga turli miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish mos keladi. 
125 


Izokvantalar firmaning mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha qarorlar qabul qilishdagi 
sharoitga moslashish qobiliyatini ko'rsatadi. 
Qisqa davr mobaynida ishlab chiqarish omili o'zgaaivchan bo'lsa, boshqasi doimiydir. 
Shu davrda o'zgarmaydigan omillar «o'zgarmas omillar», deb ataladi. Shuning uchun 
qisqa davrda ishlab chiqarish hajmining o'sishi o'zgaruvchan resurs o'qiga parallel 
yotadi. 
Har bir alohida holatda, ya’ni aniq turdagi mahsulotni ishlab chiqarish va sotishda 
ishlab chiqarish omillarining o'zgarish davri har xil. 
Qisqa davrda ikki omildan — kapital va mehnat omilidan bir vaqtda foydalanib 
bo'lmaydi. Masalan, 10-jadval va 34-chizmadan ko'radigan bo'lsak, 90 birlik mahsulot 
ishlab chiqarish uchun firma mehnat xarajatlarini 1 birlikdan 3 birlikka oshiradi. 
Shunda chizmadagi A nuqta С nuqta holatiga suriladi. 
Lekin qisqa davrdagi 90 birlik mahsulot uchun xarajatlar 120 dollarni tashkil etadi, 
ya’ni uzoq davrdagi E nuqtada turgan xarajatlarga nisbatan 10 dollarga ko'p bo'ladi 
(120 doll=3 br.kapital 
10 doll+3 br.mehnat *30 doll). 
Agar firmaning oziq-ovqat mahsuloti 55 birlik hajmda qolsa, 
birlik mehnat resurslari va 3 birlik kapital ishlatiladi (A nuqtada). Firmaning qisqa 
davrdagi 55 birlik mahsulot uchun umumiy xarajatlari 60 dollarni tashkil etadi. 
Chunki mehnat xarajatlari 30 dollar/soat, 
7.6. Qisqa bozor davridagi ishlab chiqarish 
К — kapital sarfi 
kapital sard atigi 10 dol- 
larga teng (3 birlik ka- 
pital • 10 doll + I birlik 
mehnat *30 doll/s). 
35-chiznia. Qisqa davrdagi ishlab chiqarish omillarining kombinatsiyasi. Bu chizmada 
mehnat omili o'zgarib, kapital o'zgarmagan holat ko'rsatilgan. 
I. 
— mehnat sarfi 



Pirovard mahsulot — mehnat sarfinining 1 birlikka oshirilishi hisobiga olingan 
qo'shma birlik mahsulot miqdoridir. Qisqa davrda ishlab chiqarishning kengayishi 
o'zgaruvchan omildan olinadigan sa- maraning pasayib borishi 
126 


qonuni ta’sirida bo'ladi. Shunday qilib. jonli mehnat o'zgaruvchan bo'lib, kapital 
o'zgarmagandagi holatni o'rganadigan bo'lsak, bunda firma mehnat resurslari sarlini 
ko'paytira borib, shuning hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshiradi. 
Korxona rahbari, albatta, «qancha ishchi ishlatilishi kerak, qancha miqdorda palto, 
kostum ishlab chiqilishi zarur?», savollariga javob topish uchun mahsulot qancha 
o‘sib borayotganini bilishi zarur. 11-jadval kapital o'zgarmay, mehnat xarajatlari turli 
miqdorda o'zgarib borgandagi mahsulot hajmini ko'rsatadi. Jadvaldan ko'rinib 
turibdiki, barcha holatlarda kapital miqdori bir xil — 10 birlik. Mehnat xarajatlari 8 
birlikka yetganda mahsulot ortib boradi va 112 birlikda bo'ladi. Undan keyingi 
mehnat xarajatlari mahsulotning ko'payishiga yordam bermaydi. Aksincha, mahsulot 
kamayadi, xarajatlar samarasiz bo'ladi. 
/ l-jadval 
Bir ishlab chiqarish omili о‘/цагд:ш<1ац1 ishlab i hi(|arisli natijalari 
Mehna
t sarfi 
(1.) 
Kapital 
sarfi 
(K) 
Mahsulot 
ishlab 
chiqarish hajmi 
(Q) 
O'rtacha 
mahsulot 
(Q/L) 
Pirovard 
mahsulot 
(Q/L) 

10 

— 
— 

10 
10 
10 
10 

10 
30 
15 
20 

10 
60 
20 
30 

10 
80 
20 
20 

10 
95 
19 
15 

10 
108 
18 
13 

10 
112 
16 
-4 

10 
112 
14 


10 
108 
12 
-4 
10 
10 
100 
10 
-8 


O'zgaruvchan resurslarning pirovard mahsuldorligini kamayib borishi «unumdorlikni 
kamayib borishi qonuni» yoki (nisbatlar o'zgarishi qonuni), deb noni oldi. Birinchi 
marta bu qonun 
asrning ikkinchi yarmida fransuz iqtisodchisi Tyurgo 
127 


tomonidan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini ilmiy jihatdan o‘rganishi tufayli 
topildi. D. Rikardo, J. St. Mill kabi olimlar ham bu qonundan o‘zlaricha boshqa 
sohalarga qoMlab foydalanishgan1. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot fani unumdorlikni kamayib borish qonunini umumiy 
xarakterda, deb biladi va kishilar faoliyatining har qanday sohalariga tegishli, deb 
hisoblaydi. Bunda bir va bir necha omillar ishtirok etadi, shulardan biri to'xtovsiz 
ko'payadi, boshqalari esa o'zgarmaydi (resurslar o'/.garmaydi). Bu haqiqat isbot talab 
qilmaydi, uy bekasi bu bilan ovqatga tuz solganda har kuni to‘qnashadi. 
Shu jadval ma’lumotlari asosida 36-chizma tahlil qilinsa, mahsulot hajmi 112 birlikka 
yetguncha ko‘payib, keyin pasayish (36 a-chizma) kuzatiladi. 
Q — mahsulot hajmi 
L — mehnat sarfi 
36 a-chizma. Ishlab chiqarish omilining o‘zgarishini ishlab chiqarish hajmiga ta’siri. 
Pirovard mahsulot egri chizig'i 36 a-chizmada gorizontal o'qni ishlab chiqarish 
umumiy hajmining eng ko‘p darajasida kesib o'tgan: Q/X= 112/8. Bunga sabab, 
ishchini bittaga ko‘paytirsa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi pasayadi. Natijada, shu 
ishchi uchun pirovard mahsulot nisbiy, samarasiz boMadi. 
Ko‘rinib turibdiki, bir ishchi bir kunda 10 birlik hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, 
yollangan ikkinchi ishchi olingandan keyin 20 birlik mahsulot ishlab chiqariladi. 
Natijada, 2 kunda 
ishchi 30 birlik mahsulot ishlab chiqaradi (10+20). Shunda o'rtacha unumdorlik 15 
birlikka yetadi. 
1 C.H. Ивашковский. Микроэкономика. М., «Дело», 1998, 180-bet. 
128 


Pirovard mahsulot o'rtacha mahsulotga teng kelganda o'rtacha mahsulot egri chizig'i 
eng yuqori darajaga chiqadi. Bu holat chizmada M nuqtada ko‘rinadi (36 b-chizma). 
36 b-chizma. Ishlab chiqarish omilining birontasi o'zgargandagi mahsulot ishlab 
chiqarish egri chizig'i. 
Samaraning kamayib borish qonuni 
Samaraning kamayib borish qonuni qisqa davrdagi ishlab chiqarish holatida 
ishlatiladi. Bu qonun ma’lum xil texnologiya mavjud bo'lgan sharoitda qo'llaniladi. 
Agar texnika-texnologiya takomillashib o'zgarsa, ishlab chiqarish hajmi ko'payadi, 
mehnat sarfi esa ortib boradi. Bu xarajat 8 birlikdan oshgandan so'ng jonli mehnat 
samarasi pasayadi. Demak, yuqorida ko'rsatilgan qonun ishlagan bo'ladi. 
Qonun shuni ko'rsatadiki, ma’lum darajadan so'ng ishlab chiqarish omillarining 
qo'shimcha xarajatlari foyda bermaydi. 37-chizma ham shuni ko'rsatadi: 
Ishlab chiqarish hajmi 
37-chizma. Texnologiya yaxshilatiishining ishlab chiqarishga ta’siri. 9 - 457 
129 


7.7. Uzoq bozor davridagi ishlab chiqarish 
Qisqa davrda ishlab chiqarish omillaridan biri o'zgaruvchan, boshqalari o'zgarmay 
qolsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi, ken- gayishi o'zgaruvchan omillar qaytimi 
(unumdorligi)ning kamayib borishi qoidasiga bo'ysunadi. 
Uzoq davrda, firma barcha ishlab chiqarish omillarini o'zgar- tirish imkoniyatiga ega. 
Ishlab chiqarish hajmini tejash qoidasi amal qiladi. Agar shu mavjud texnologiya 
sharoitida ishlab chiqarish hajmini oshirish barcha resurslarni teng miqdorda, 
proporsiyada oshirib borish hisobiga ta’minlansa, ishlab chiqarish samarador bo'ladi, 
ishlab chiqarish ko'lamining o'zgarishi holati sodir bo'ladi. 
Uzoq davr shunday vaqt oralig'iki, bunda barcha omillarni — mehnat, material 
xarajatlarini o'zgartirish uchun vaqt yetarli bo'ladi. Bunday ishlab chiqarish omillari 
«o'zgaruvchan omillar», deb yuritiladi. Uzoq davrda korxona quwatini ham 
o'zgartirish imkoniyati bor, lekin turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish 
muddati turlicha. Bunga sabab mahsulotni ishlab chiqarishning murakkabligi, 
xususiyatlari, og'ir-yengilligidir. Masalan, salqin ichimliklar uchun uzoq davr 12 kun 
bo'lsa, neft-kimyo yoki avtomobil firmalari uchun 10 yil muddatni tashkil etadi. 
Farazga ko'ra, dastlabki ishlab chiqarish hajmining ishlab chiqarish omillari 
(funksiyalari) quyidagicha: 
Qti=f{K,L). 
Unda ishlatiladigan resurslar hajmini N marta oshirgandan so'ng ishlab chiqarish 
funksiyasi quyidagicha ко'finish oladi: 
Q=f (NK,NL). 
Bunda ishlab chiqarish hajmining o'sishi turlicha bo'lishi mumkin: 

Resurslarni N marta oshirish bilan ishlab chiqarish hajmi ham N marta oshsa 
(Q,=N-Q(), ishlab chiqarish resurslarining qaytimi (unumdorligi) doimiy bo'ladi: 
QA—ab=bs. 

Agar ishlab chiqarish hajmi N martadan kam ko'paysa (Q, L N • Q0), ishlab 
chiqarish ko'lamining kamayib borish holati sodir bo'ladi: QA130 


А' — kapital 
38-chizma. Resurslar o’zgarishining ishlab chiqarish hajmiga ta’siri. 
39-chizmu. Ishlab chiqarish hajmini mo'ljaldagi- dan kamayishining oqibatlari. 
40-chizma. Ishlab chiqarish o'sishining resurslar sarfmi kamayishiga la’siri. 
Ishlab chiqarishni har safar oshirib bo- rish shunga yarasha resurslar sarfmi talab 
etadi. 
d). Agar ishlab chiqarish N marta- dan ko'p oshsa {Q,>N -Q0), unda ishlab chiqarish 
haj- mining o‘sishidan oli- nadigan qaytim (foyda) ko'payadi: Qa >ab >/;.v. 
40-chiJniada buni ko'rish mumkin. 
Ishlab chiqarish funksiyalarini ifoda- lovchi yana bir bel- gini, ya’ni resurs- larning 
o'xshashligini kiritsak, u holda re- surslarni N marta ko'- payib borishi bilan ishlab 
chiqarish Nr maria oshadi: 
Qt(NK,NL) = 
Nr QU(KL), 
bu yerda, t — funk- siyalarning yoki re- surslaming o‘xshashligi darajasini ko'rsatadi. 
0‘xshashIik dara- jasi ishlab chiqarish ko'- lamini oshirish hisobiga olingan qaytimni 
(foydani) ko'rsatadi: 


131 


agar t=l bo'lsa, ishlab chiqarish omillari o'xshash bo'lib, qaytim doimiy bo'ladi. 
agar td) agar t>l bo'lsa, ishlab chiqarish ko'lamining o'sishidan olinadigan natija ko'payib 
boradi1. 
Agarbu mulohazalarni chizmada ko'rsatadigan bo'lsak, ishlab chiqarish ko'lamining 
qaytimi ko'rsatkichni koordinata o'qining boshlanishidan chiqqan o'q uzun!igidagi 
masofani ifodalashi mumkin, ya’ni izokvantalar o'rtasidagi ishlab chiqarish hajmlarini 
ifodalaydi: 
(C?) — Q> 2 Q, 3 Q va hokazo. 
ASOSIY IBORALAR VA TUSHUNCIIALAR 
Ishlab chiqarish jarayoni — xomashyo va materiallarni tayyor mahsulotga aylantirish 
jarayoni. 
Ishlab chiqarish omillari — mehnat, kapital, xomashyo va materiallar. 
Mehnat — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish borasidagi jismoniy 
hamda aqliy mehnati qobiliyatlariga aytiladi. 
Ishlab chiqarish funksiyasi — ishlab chiqariladigan mahsulot hajmlari firma sarf 
qiladigan mehnat va kapital resurslari hajmiga bog'liq] igi. 
Izokvanta — bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashda ishlatiladigan 
barcha ishlab chiqarish omillarining joylashishini ifoda etuvchi egri chiziq. 
Ishlab chiqarish davri — xomashyo va materiallarni kiritilgandan to tayyor mahsulot 
bo'lib chiqquncha ketgan vaqt uzunligi. 
Demping — ichki bozorda tovarlarni tashqi bozorga nisbatan pastroq bahoda sotish. 
Demping baholari sotiladigan tovarlar tannarxidan past bahoda boiishi mumkin. 
Demping tashqi bozorda raqobat kurashi vositasi sifatida ishlatiladi. 
Depozit — moliya-kredit, bojxona, sud yoki ma’muriy tash- kilotlarga saqlab turish 
uchun berilgan pul mablag'lari yoki qimmatli qog'ozlardir. Depozitni ishonchligini 
bildiruvchi hujjat bo'lib, depozit guvohnomasi hisoblanadi. 
1 C.H. Ивашковский. Микроэкономика. М., «Дело», 1998. 176-177- 
betlar. 
132 


Depozit sertifikati — tezkor foiz olish mumkinligini ko‘rsatuvchi qimmatli qog‘oz. 
Deflatsiya — Davlat tomonidan inflatsiyani kamaytirish maqsadida ortiqeha 
pullarning bir qismini muomaladan olish. 
Ipoteka — ko'chmas mulk (yer, qurilishlar)ni uzoq muddatli ssuda olish uchun 
garovga qo‘yish. 
Marja — tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, foiz stavkalari orasidagi 
farq. 
Subsidiya — yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy hokimiyat organlari, boshqa 
davlatlar uchun pul hisobida beriladigan yordam. Shuningdek, istiqbolli sohalarni 
rivojlantirish, zarariga ishlagan korxonalar uchun, yangi ish joylarini tashkil etish 
uchun, baho o‘sishi natijasidagi qo‘shimcha xarajatlarni qoplash, qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish, fundamental ilmiy tadqiqot ishlari, yangi texnologiyani 
kiritish va boshqalar uchun beriladigan, qaytarib olinmaydigan davlat yordami. 
Ssuda — kelishilgan muddat mobaynida zayom qiymatidan foiz hisobida 
olinadigan to'lov uchun berilgan qarz. 
Subvensiya — davlat tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan 
yordam puli (subvensiya korxonalarga davlat tomonidan maxsus loyihalarni 
moliyalashtirish uchun ham berilishi mumkin). 
NAZORAT SAVOLLARI 
Ishlab chiqarishni tashkil etish nima? 
Ishlab chiqarishni tashkil etish usullari, ularning mohiyatini bayon cting. 
Ishlab chiqarish jarayoni va uni tashkil etish qoidalarini sanang. 
Ishlab chiqarish davri, uning tarkibi, ishlab chiqarish davrini hisoblang. 
Firma va korxonalar mahsulot hajmini ko'paytirish uchun resurslarni qanday 
tanlashi lozim? 
Izokvanta chizig‘ining mohiyati nimada? 
Qisqa davrda ishlab chiqarish hajmi qanday o'zgaradi? 
Resurslar o'zgarishini ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini chizmalar yordamida 
tushuntiring. 
133 

Download 470.45 Kb.




Download 470.45 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bob. Ishlab chiqarish jarayonida firmalarning xatti

Download 470.45 Kb.
Pdf ko'rish