|
Ilk bolalik davrida nutq grammatikasiga doir tadqiqotlar
|
bet | 10/14 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 41,41 Kb. | | #272475 |
Bog'liq Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati (1)Ilk bolalik davrida nutq grammatikasiga doir tadqiqotlar
Bola ayrim so’zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko’proq aloqada bo’lishni xohlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko'proq munosabatda bo’lishga, uning nutqini o’stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson yo’li bola bilan mashg’ul bo’lgan paytda unga eng sodda so’z elementlarini to’g’ri ayta bilishni o’rgatishdir.Chunonchi, kuchukning rasmini ko’rsatib “rnana, vov-vov”, mushukning rasmini ko’rsatib, “mana, miyov-miyov”, xo'roz yoki tovuqning rasmini ko’rsatib, “mana ku-ku” deyish kerak.Bunda bolalar “vov-vov”, “miyov-miyov”, “kuk-ku” kabi so’z elementlarini ravon talaffuz qilishga o’rganadilar. Bundan tashqari 9-10 oylik bolalarga o’z tana a’zolarining nomlarini ham o’rgata boshlash kerak. Bolaga - “mana bumi”, “mana og’zi”, “mana ko’zi”, “mana qoshi”, “mana qo’li” deb bir nccha marta takrorlab ko’rsatilgandan keyin, bola o’z a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ketin kcfrsatadigan boladi. Keyinchalik bolalarda ana shimday sodda so'zlami umunlashtirish qobilyatini ham o'stirish kerak. Bolaga “oyingning ko’zi qani”, “qo’g’irchoqning bumi qani”, “akangning qo’li qani?” kabi savollar berilsa, bola a’zolarini to’g’ri ko’rsatishga o’rganadi. Bola dastlabki paytlarcla tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talafifuz intonasiyalari va Irolaga ko’rsatib qiladigan ishora harakatlari bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun hali yoshiga to’lmagan bolalar har bir so'zni shu so’z orciali ifodalangan konkret narsalar bilan bog’lay olmaydilar. Boshqagha qilib aytganda, yoshiga etmagan bolalarda ayrim so’zlarni tushunish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signali darajasiga) ko’tarilgan emas. Bu degan so’z shuki, hali yoshiga etmagan bolalar so’zhuni shu so’zlar orqali itbdalangan narsalar bilan assosiativ tarzda bog’lash orqali emas, balki intonasiya va imo- ishora, harakatlar orqali tushunadilar. Bolalar nutqining o’sishi ular idroki, xotirasi, tiifakkuri, xayoli va irodasi kabi yuksak psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam t>eradi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bolaning psixikasi iming aktiv faoliyati, turli-tuman harakatlari, o’z atrofidagi narsalami ko’proq bilib olishi jarayonida rivojlanar ekan, uning erkin harakatlaii uchun qulay sharoit yaratish zarur. Bola harakatlarini cheklash esa psixikasining normal rivojlanishiga ma'lum darajada zarar etkazadi. Shu sababli bolani harakat qilishga imkon bermaydigan holatga solib qo’yish haddan tashqari qattiq siqib yo rgaklamaslik, uzoq vaqt yo’rgaldangan holatda qolib ketmasligi kerak .Bir yoshga to’lgan davrdan boshlab bolalarga ayrim gigienik odatlami singdirib borish kerak. Odat qanchalik yoshlikdan boshlab singdirilsa, u shunchalik mustahkam, ya’ni odamning qalbiga shunchalik chuqur joylashadi. Bolalarga dastawal ozodalik odatlarini singdirib borish kerak. Buning uchun ovqatlantirishdan oldin, bolaning oldiga fartukcha yoki sochiqcha tutub qo’yish va ovqatni qoshiqda oz-ozdan olish kerak. Agar ovqat bolaning og’iz atroflariga surkalib tegib ketsa, shu zahotiyoq artib turish kerak. Ana shulaming hammasi so’z bilan ifodalab bajarilsa, bola zehn solib turadi va tez orada shunga odatlanib qoladi. Keyinchalik ovqatlanishdan oldin fartukcha yo sochiq tutmasangiz, bolaning o’zi talab qiladigan bo’ladi.
|
| |