SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
68
bo‟la oladigan ota-onaning farzandi kelajakda go‟zal xulqli, yuksak ilmli, xalqqa foydasi
tegadigan barkamol shaxs bo‟ladi.
“Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bo'lgan tarbiya bolaning shaxsiyati
shakllanishida o'ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib o'tgan. Bu haqda u shunday deb
yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha
nima qilgan bo'lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa
qayta tarbiyalash negizida davom etadi” [1]. Aynan shu vaqt oralig‟i ota-onadan katta
mas‟uliyatni talab etadi. Mana shu vaqtda ota-ona o‟z farzandiga ko‟proq e‟tibor berishi, uning
tarbiyasi bilan jiddiy shug‟illanishi kerak. Ayna shu davrda bolaga to‟g‟ri tarbiya bera olish juda
muhimdir.