SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
69
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‟z nutqlarida bolalar tarbiyasida
mahallaning o„rni
kamayib borayotganligi, ma'naviyatimiz uchun eng katta xavf – aksariyat
odamlarimizdagi loqaydlik va beparvolik kuchayib borayotganligini qayd etdilar” [5].
Haqiqatdan ham, kundan kunga bunday insonlar soni ortib bormoqda. Yana shuni alohida
ta‟kidlash kerakki, hozirgi yoshlar ham kattalar tanbeh berganda “sizga nima?”, “bu mening
ishim, ishimga aralashmang”, “kimsiz o‟zi menga aql menga aql o‟rgatadigan?” zaylidagi
gaplarni aytishyapti. Bu ham tarbiyasizlikning bir namunasidir. Aynan shu inson oilada noto‟g‟ri
tarbiya topgan yoki tarbiyasining qaysidir joyida xatolik ketgan.
Hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga o'z umri va salohiyatini bag'ishlagan
allomalarimizning asarlarida sog'lom avlod tarbiyasi bilan bog'liq masalalarga alohida o'rin
berilgan.
MUHOKAMA
Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlar barkamol insonni
yetishtirish uchun tarbiya
naqadar zarurligi haqida so‟z yuritganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “al-Adab al-mufrad
hadislar to'plami, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‟u blig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Husan
Koshifiyning “Ahloqi Muhsiniy”, Jaloliddin Doniyning “Ahloqi Doniy”, Abu Lays
Samarqandiyning “Bo‟stonul-orifin” asarida tarbiya va tarbiyalanishning ma‟nosi, “Tanbehul
g'ofiliyn” asarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish va yana ko‟plab
mutafakkirlarimiz o‟z asarlarida shunga o‟xshash fikrlarni ilgari surgan. Bola birinchi tarbiyani
oilasidan oladi. Shuning uchun bolaning ta‟lim-tarbiya olishiga oilaning o‟rni kattadir. Bolani
tarbiyalashda yo‟l qo‟yiladigan xatoliklar haqida ko‟rib chiqaylik:
1. Bolani doimiy ravishda tanqid qilish uni o‟ziga bo‟lgan ishonchini yo‟qolishiga,
mustaqil
fikrlay olmasligiga olib keladi. Mustaqil fikriga ega bo‟lmagan inson hayotda o‟z o‟rniga ham
ega bo‟lmaydi.
2. Ko‟pchilik insonlar ular bilan suhbatlashadigan insonni emas, uni tinglaydigan insonni
qidirishadi. Bola ham o‟zini tinglaydigan insonni qidiradi. Agar bolani uyda fikri umuman
tinglanmasa, qo‟llab-quvvatlanmasa undagi ishtiyoq so‟nadi, odamlarning orasida erkin
bo‟lolmaydi, o‟z fikrini aniq, ravon bayon etolmaydi.
3. Bolani hamma aytganini qilaverish ham uning erkatoy,
tantiq qisqa qilib aytganda
tarbiyasining buzilishiga olib keladi.
4. “Qush uyasida ko‟rganini qiladi.” Shunday ekan bolaga to‟g‟ri tarbiya berishni istagan inson,
avvalo, o‟zini tarbiya qilishi, o‟zi bolaga o‟rnak bo‟lmog‟i kerak. Abu Ali Ibn Sino ham: “Kimga
qanday pand nasihat qilsang, unga avvalo o‟zing amal qil.” - deb to‟xtalib o‟tgan. Bolaga
nimadirni o‟rgatmoqchi bo‟lsangiz faqat gapda emas, harakatlar bilan ham buni ifoda eting. Har
bir qilgan ishingiz bolaga o‟rnak bo‟lmog‟i kerak.
5. Keragidan ortiq e‟tibor ham bolani tarbiyasiga yomon ta‟sir qiladi. Bolaga o‟zi qila oladigan
ishlarini qilishga imkoniyat yaratib berish kerak. Agar u qila oladigan har bir ishni qilib bersa
bola ota-onaning ko‟magiga o‟rganib qoladi. Bu kelajakda ham ota-ona ko‟magisiz hech bir ish
qila olmaydigan inson bo‟lishiga olib keladi.
6. “Urib jazolashdan tiyilish kerak. Bu bolani kelajakka yana xato qilmaslikka o‟rgatmaydi” [6].
7. Bolani juda erkin qo‟yib qo‟yish, uning taltayishiga olib keladi.
8. Bolaga o‟ta muloyimlik qilish ham uning tarbiyasiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
70
Biz hozir bola tarbiyasidagi xatoliklardan ba‟zilarini ko‟rib chikdik. Ming afsuski, bolani
tarbiyalashda mana shunday xatoliklar ko‟plab uchrab turadi. Bu bolani noqobil bo‟lib
tarbiyalanishiga olib keldi.
Bolaning tarbiyasi bilim olishiga ham katta ta‟sir qiladi. Ota-ona o‟z bolasini ilmli, komil
inson bo‟lishini istasa bolasiga to‟g‟ri
tarbiya beradi, o‟qishidan xabardor bo‟lib turadi,
o‟qituvchi bilan doim aloqada bo‟ladi. Shundagina farzandidan yaxshi natija kutshi mumkin. O‟z
farzandini kamolotini ko‟rishni istagan ota-ona hamma mas‟uliyatni o‟qituvchiga yuklamaydi,
balki o‟qituvchi bilan doimo birga faoliyat olib boradi. Ota-ona farzandiga ustozni hurmat
qilishni, ustoz ikkinchi ona ekanini, maktab ikkinchi uy ekanini uqtirishi kerak. Shundagina bola
ustozini hurmat qiladi, uning barcha o‟rgatgan narsalarini xotirasida muhrlaydi. Bu esa shu
o‟rgangan narsalarini keyinchalik hayotida qo‟lay olishiga yordam beradi.
“O‟qituvchilar yomg‟ir tomchisi bilan taqqoslanadi. Yomg‟ir har bir donning hayotiyligini
uyg‟otar ekan, o‟qituvchining asosiy maqsadi har bir o‟quvchining ijodiy imkoniyatlarini ochib
berishdir” [7]. Tomchi suvlar orqali suvga tashna yerga
tushadi va u yerdan navqiron, yosh
nihollar unib chiqadi. Ya‟ni ilmga tashna o‟quvchilarni kelajagi bor inson sifatida shakllantiradi.
O‟qituvchi bolalarga ta‟lim-tarbiya bilan birga hayotda yashashni o‟rgatadi. Hayotning oq-u
qorasini ustoz tanitadi desak ham mubolag‟a bo‟lmaydi.
Maktabga birinchi kelgan bolani sayqallanmagan tosh desak, o‟qituvchini esa sangtarosh
deymiz. O‟qituvchi ya‟ni sangtarosh sayqallanmagan toshdan go‟zal bir ko‟hinur yaratadi. Bu
jarayon oson bo‟lmaydi, albatta. Bunda ota-ona ham o‟qituvchi bilan hamkorlikda ishlashi kerak.
Ikkala tomon ham bunga ancha mehnat sarflaydi. Shuncha mehnatning natijasi, albatta go‟zal
bo‟ladi. Faqatgina o‟qituvchi harakat qilib, ota-ona yoki o‟quvchi
harakat qilmasa, bunda ham
natija bo‟lmaydi. Ota-onalarning oʻqituvchilar bilan uchrashib turishi kerak. Chunki ular oʻz
farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub
mohiyatini tushungan va bolasining tarbiyasiga befarq bo‟lmagan har bir ota-ona oila bilan
maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi.
“Bola maktabni tamomlagunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi,
farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xabardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida
oʻqituvchi bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida
oʻqituvchini xabardor qilib turishi kerak” [8].
Shuning uchun hamma birdek harakat qilish kerak. “Ilm ko‟p yog‟gan yomg‟irga o‟xshaydi” [9].
Ana shu yomg‟ir orqali o‟qituvchi o‟quvchilarni sug‟oradi. Bu yomg‟ir suvlaridan qonib-qonib
ichish o‟quvchining o‟ziga bog‟liq, ya‟na ota-onasiga ham. Ota-ona bu suvlardan ichishi uchun
farzandiga yordam bermog‟i kerak.
Shunday ekan bolani komil inson bo‟lishi uchun o‟qituvchi, ota-ona va bolaning o‟zi ham
harakat qilmog‟i kerak. Hamkorlikda ish qilinsa, bolani kamolotga yetkazish yo‟lida o‟sish
bo‟ladi. Shu sababli bolasini kamolotini istagan ota-ona ustoz bilan hamkorlikda ish olib boradi
va bolasini o‟qishini nazorat qiladi.
Uning tarbiyasiga, ilm olishiga e‟tibor beradi.
XULOSA
Xullas, bolaning kamol topishi uchun o‟qituvchi ham, ota-ona ham xatto o‟sha bolaning
o‟zi ham harakat qilishi kerak ekan. Shundagina o‟sish bo‟ladi, natija bo‟ladi. Bolani
tarbiyalashda ota-onaning o‟rni beqiyosdir. Ota-ona o‟z farzandini kamoli uchun uning
tarbiyasiga, ilm olishiga e‟tiborli bo‟lishi kerak. Jamiyat taraqqiy etmog'i uchun tarbiya samarali
boʻlishi kerak. Samarali tarbiya uchun ota-ona ilmli tarbiyali boʻlishi kerak. Farzandlarimiz ilmli
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
71
va tarbiyali boʻlishi uchun oʻzimizni maʼnaviy rivojlantirishimiz va atrofdagi bolalar tarbiyasiga
ham befarq boʻlmaslik zarur.