|
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASIBog'liq bola-ta-lim-tarbiyasida-ota-onaning-tutgan-o-rniTADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Yoshlarga ta‟lim-tarbiya berish har bir ota-onaning Vatan oldidagi muqaddas burchidir.
Bu burchga mas‟uliyat bilan yondoshishi kerak. “Kelajagi kafolatlanishini istagan ota-onalar
unga-bunga sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk insonlari bo‟lgan farzandlarini
ulg‟aytirish uchun sarflashlari lozim. Boshqa yo‟nalishlar uchun sarflangan mehnatlar bekor
ketishi mumkin, ammo farzand kamoli uchun sarflangan mehnatlar bitmas-tuganmas xazinaga
aylanadi” [2]. Farzand kamoli uchun sarflangan mablag‟ va vaqt ertangi farovon hayot uchun
asos bo‟ladi desak hech mubolig‟a bo‟lmaydi.
Agar ota-ona o‟z farzandiga, uning tarbiyasiga e‟tibor bermasa bu kelajakda muammolarni
yuzaga chiqarishi mumkin. O‟sha vaqtda esa muammolarni hal qilishga kech bo‟lishi mumkin.
Zero, bizni chaqqan ilonning ortidan chopsak, ilon zahrining butun tanamizga yoyilishiga
sababchi bo‟lamiz. Bu holatning oldini olish uchun ilonning ortdidan yugirish emas, uning oldini
olish kerak. Shunday ekan bolaga yoshligidan befarq bo‟lmay, uning tarbiyasiga, ilm olishiga
e‟tibor berishi kerak.
Har bir ota-ona tarbiya berar ekan, eng avvalo, salomlashishni, kattalarni hurmat qilishni
o‟rgatishi kerak. Chunki bejizga dono xalqimiz: “Gapning boshi - kalom, odob boshi - salom.” -
deb bejiz aytmagan.
Ota-bobolarimiz azaldan yosh avlodni chiroyli xulqli, odobli, ilmli, qobil farzand bo‟lib
ulg‟ayishiga katta ahamiyat berishgan. Agar bola noqobil bo'lib ulg‟aysa, undan faqat ota-
onagina emas, balki el - yurt, jamiyat, davlat ham aziyat chekadi. Shuning uchun ham oilaviy
tarbiya muhim siyosiy ahamiyatga ega. Murg‟ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi.
“Tarbiyani tug‟ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zehnimizni
ravshanlashtirmak lozim” [3].
Bolani tarbiyalash haqida xalqimiz orasida ko‟plab afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ertaklar
yurishi ham bejiz emas. Donishmandlar bolani ona qornidan boshlab tarbiya qilish kerak
deyishadi. Qachonki, bola tarbiyali bo‟lsa u mukammal ilm sohibi, komil inson bo‟la oladi.
|
| |