Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




Download 8,77 Mb.
bet160/170
Sana21.02.2024
Hajmi8,77 Mb.
#159861
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

Mavzu: Tekshirish ishi


O‘g‘il bolalar kombinzonining mayda bo‘laklariga ishlov berilgandan so‘ng yig‘ish ishlari boshlanadi. Avval kombinzon old bo‘lagiga molniya uchun old bo‘lak bortida taqilma uchun qo‘shilgan qo‘shimchani kertim bo‘yicha teskari tomonga buklab nam mato bilan dazmollanadi. So‘ngra bukib dazmollangan cheti tagiga molniya taqilmani qulfni tomonini bo‘lakning bukib dazmollangan qirqimlariga qaratib qo‘yiladi va ko‘klanadi. Molniya taqilma ustidan yurgiziladigan baxyaqator modelga muvofiq taqilma chetlaridan bir xil yoki har xil oraliqda yuritiladi. Taqilma oxirida baxyaqator taqilma kesimiga perpendikulyar qilib molniya taqilmaning oxirgi bo‘g‘imidan 0.1-0.5 sm oraliqda o‘tish kerak. Old va ort bo‘laklar o‘ngini o‘ngiga qo‘yib kertimlari to‘g‘rilanib, qirqimlari tekislanib, to‘g‘nog‘ich to‘g‘naladi va ko‘klanadi. So‘nra universal mashinada biriktirib tikiladi va chok haqqilari yo‘rmalanadi. Yoqa o‘mizi yeng o‘mizi qirqimlari shu yoqa o‘mizi shaklida bichib olingan mag‘iz o‘ngini o‘ngiga qo‘yib ziylari tekislanib ko‘klanadi. So‘ngra universal mashinada ag‘darma chokda tikiladi. Yoqa o‘mizi sifatli, chiroyli turishi uchun tikilgan chok haqqilarida qirqim berib chiqiladi va o‘ngiga ag‘dariladi.
Ko‘klangan iplar olib tashlanadi. Asosiy bo‘lakdan ziy chiqarib, yoqa yeng o‘miziga bezak baxyaqator yuritiladi. Kombinzon pochasini tikish uchun kombinzon o‘ng bo‘lagi chap bo‘lagi ustiga ularning odim va yon choklari to‘g‘ri keltiriladi. Yordamchi andoza qo‘yib, pochaning qirqiladigan va bukma chiziqlari odim, yon choklari tomondan belgilanadi. Pochalarning ziyi belgilangan chiziq bo‘ylab qaychida qirqiladi. So‘ngra belgilangan chiziqdan kombinzon pochasi teskari tomonga buklab mashinada buklab tikiladi. Tikib bo‘lingan kombinzonning ortiqcha iplari qirqib tashlanadi. O‘ngidan bo‘rlangan chiziqlar o‘chirib, tashlanadi. Kombinzon teskari tomonidan yoqa, yeng o‘mizi, hamma choklar, pochasi nam mato orqali dazmollanadi. Oxirgi NIIB ishlari olib boriladi.

3
1 2





Download 8,77 Mb.
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170




Download 8,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

Download 8,77 Mb.