|
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr
| bet | 157/170 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 8,77 Mb. | | #159861 |
Bog'liq Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover NII berish
Tikuvchilik buyumlarigp namlab-isitib ishlov berish (NIIBB) – bo‘lak yoki buyumni maxsus jihozlar yordamida namlik, issiqlik va bosim bilan maxsus ishlash tushiniladi. Kiyim tikishda namlab-isitib ishlash jami ishning taxminan 15- 20% ni tashkil qiladi.
1-rasm. Shimga umumiy NII berish
NIIBB kiyimlarni ishlash jarayonida (tikish jarayonida) va tayyor buyumni pardozlashda (uzil-kesil) bajarilishi mumkin.
Buyumlarning sifati va tashqi ko‘rinishini ko‘p jihatdan tikish jarayonidagi hamda uzil-kesil pardozlashdagi NIIB ga bog‘liqdir. NIIB dan asosiy maqsad – buyum bo‘laklariga hajmiy-fazoviy shakl berish va har xil choklarni ishlash, uzil- kesil pardozlash, bo‘laklarni yelim bilan biriktirishdan iborat.
NIIB jarayonida gazlamaga namlik, issiqlik va bosim bilan ta’sir qilinadi.
NIIB jarayoni uch bosqichdan iborat:
-
tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish;
-
bosim bilan ma’lum bir shakl berish;
-
issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va shaklni mustahkamlash.
NIIB jarayonlari dazmollash, presslash va bug‘lash jarayonlariga bo‘linadi. Gazlama iplarining urilish zichligiga qarab NIIB jarayoni ularga har xil ta’sir qiladi.
NIIB da qo‘llaniladigan jihoz, elektr bug‘ va bug‘ bilan qizdirilishi mumkin.
Gazlama va materiallarni NIIB rejimlari qo‘llaniladigan jihozlarga bog‘liqdir.
Lavsanli gazlamalar uchun dazmollanadigan sirtni qizdirish harorati gazlamalarning termofikasatsiyasining hisobiga olib berilgan. Agar dazmol mato ishlatiladigan bo‘lsa dazmollanadigan sirtni qizdirish temperaturasi 5-10 S oshirilishi mumkin. Dazmollash operatsiyalarida 2,4-6 kg massali dazmollash ishlatiladi.
Kiyim tikishdagi asosiy namlab-isitib ishlov berish jihozlari va moslamalariga dazmol, dazmollash stoli, presslar, havo bug‘ manikenlari, dazmollar va har xil qoliplar kiradi.
NIIB da foydalaniladigan dazmollash stollari, presslar, dazmollar va boshqa jihozlar elektr-bug‘, bug‘ bilan qizdirilishi mumkin. NIIB uchun maxsus jihozlangan stoldan foydalaniladi.
Ishlanayotgan buyumlarni osib qo‘yish uchun dazmollash stoli yonida kronshteynlar ham bo‘lishi mumkin.
Dazmollar tayyorlash jarayonida ham, uzil-kesil pardoz berish jarayonida ham buyumni namlab-isitib ishlash uchun qo‘llaniladi.
Bug‘ havo manikeni kiyimlarni uzil-kesil namlab-isitib ishlov berish uchun mo‘ljallangan.
-
|
| |