• Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimiga oxirgi ishlov berish Reja: Shim yon
  • Kamar tutkichga ishlov berish




    Download 8,77 Mb.
    bet155/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    Kamar tutkichga ishlov berish


    Kamar tutkich - bu shim belbog‘idagi asosiy bo‘lak ùisoblanadi.
    Kamar tutkich asosan 2 ta bo‘lakdan iborat bûlib, asos va astar bo‘laklaridir. Kûpincha ûrta qalinlikdagi matolardan shim tikilganda kamar tutkich bitta asos matodan bûylama ip yûnalishi bûyicha bichib olinadi va ag‘darma chok yoki maxsus buklagich mashina yordamida buklab tikiladi.
    Modelga kûra belbog‘g‘a kamar tutkich bûlsa, uni shim yuqori bel qismiga ulash paytida belbog‘ tagiga kamar tutkichni pastki qirqimiga qûyib, ularni belbog‘ ulaydigan chokra perpendikulyar joylab tikiladi. Kamar tutkichning yuqori qirqimini ichkariga bukib, kamar ûtishiga soliqi ùosil qilib, bukilgan ziyidan 1-2 mm oraliqda bostirib tikiladi. Kamar tutkich modelga qarab shim beliga qarab joylashtiriladi.



    1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimiga oxirgi ishlov berish Reja:

    1. Shim yon choklarini dazmollash

    2. Shimni pardozlash

    Shim pochasi odatda manjetli va manjetsiz bo‘ladi. Jun gazlamadan tikiladigan shimning manjetsiz pochasini tikish uchun oldin andoza qo‘yib bukiladigan chiziqlari belgilanadi. Pochasining ziyi titilib ketmasligi uchun bir yoq ziyi bo‘rttirilgan tasma shimning o‘ngiga bir aylantirib 4E8-2 «Minerva» yoki 72314-101 «Minerva» firmasining (Chexoslavakiya) qo‘sh ignali mashinasida bostirib tikiladi. Tasmaning bo‘rtma ziyi pochaning burish chizig‘idan yuqoriroq chiqib turishi kerak. Pochaning qirqimi oldin 51-A 208-Akl maxsus mashinalaridan yo‘rmalab olinadi, chok belgilangan chiziq bo‘ylab bukib, yashirin baxyali 285 kl mashinasida tikib qo‘yiladi.
    Shim pochasi manjetli bo‘lsa, shim pochasi belgi chiziq bo‘ylab bukiladi. Pocha qirqimi ustiga undan 0,2 sm chiqarib tasma maxsus qo‘sh ignali mashinalarida bostirib tikiladi. 72314-101 kl mashinalarida bostirib tikiladi. Manjet shim o‘ng tomoniga qaytarilib maxsus moslamada dazmollanib, yon va odim choklari ustiga to‘g‘ri kelgan joylari maxsus 220 kl mashinasida puxtalab qo‘yiladi. Ip gazlamadan tikiladigan shimlarning pochasiga tasma qo‘yilmaydi, balki universal mashinada yopiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi.
    Shim pochasini tikish uchun shimning o‘ng bo‘lagi chap bo‘lagi ustiga ularning odim va yon choklarini to‘g‘ri keltirib, taqilma bilan tugma joy ziylari shuningdek, shim belbog‘ining yuqori ziyi va shim o‘rta choki to‘g‘rilanib, qo‘yiladi. Andoza qo‘yib pochaning qirqiladigan va bukish chiziqlarining odim choklari va yon choklari tomonidan belgilanadi. Pochalarning cheti belgilangan chiziq bo‘ylab qaychida, maxsus apparatda yoki mexanik pichoqli moslamada tekislab qirqiladi. Pochaning ziyi tez yedirilib ketmasligi uchun unga tasma qo‘yiladi.
    Jun gazlamadan manjetsiz shim tikiladigan bo‘lsa shimning o‘ngiga gir aylantirib tasma bostirib tikiladi, - tasmaning burtma ziyi pochaning bukish chizig‘idan yuqoriroq chiqib turishi kerak. (bukish haqqi ichkariga bukilganidan keyin tasma pocha ziyidan sal chiqib turadigan bo‘ladi).
    Bunda baxyaqator tasmaning bo‘rtma ziyidan 0,1- 0,3 sm masofada yuritiladi. Tasma uchlari bir-birining ustiga 1 sm chiqarilib, to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bostirib tikiladi. Shim tez titiladigan gazlamadan tikilsa, pochasining qirqimi oldin yo‘rmab olinadi yoki maxsus lenta yohud tasma qo‘yib tikiladi, 1-rasm.
    Bu lenta yoki tasma universal mashinada 0,6-0,7 sm bilan bostirib tikiladi. Lenta yoki tasmaning pocha qirqimiga ulanmagan ziyi pochaga yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo‘yiladi.
    Ip gazlamadan tikilgan shimlarning pochasiga tasma qo‘yilmaydi, balki uni universal mashinada bukib tikiladi. Shim yarim qaytarilgan manjetli bo‘lsa, (2-


    Download 8,77 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   170




    Download 8,77 Mb.