• 2-rasm. Manjetli shim pochasini tikish.
  • Shimni uzil kesil pardozlash
  • -rasm. Shim pochasi qirqimini




    Download 8,77 Mb.
    bet156/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    1-rasm. Shim pochasi qirqimini maxsus lеnta yoki tasma qo`yib tikish
    rasm, a) uning o‘ngiga pochasiga qirqimidan 0,2 sm chiqarib tasma qo‘yiladi va shim pochasi qirqiladi, 0,5- 0,7 masofada baxyaqator yuritib tikiladi. Shim pochasi

    teskarisi tomonga belgi chiziq bo‘ylab bukiladi va yashirin baxyali maxsus mashinada tasma ziyidan 0,1-0,2 sm masofa baxyaqator yuritib tikiladi. Manjet tasmaning burtma ziyi bir tekis kant shaklida chiqib turadigan qilib shim o‘ngiga qaytariladi va maxsus mashinada ko‘klanadi.

    2-rasm. Manjetli shim pochasini tikish.


    Shim to‘la qaytarilgan manjetli bo‘lsa (2-rasm b), tasma qo‘sh ignali mashinada bostirib tikilishi tavsiya etiladi. Bunda shim pochasi belgi chiziq bo‘ylab bukiladi. Pocha qirqimi ustiga undan 0,2 sm chiqarib tasma qo‘yib tikiladi. Qo‘sh ignali mashina bo‘lmasa, tasmani universal mashinada pocha qirqimidan 0,7-0,8 sm masofada ulab olinadi.
    Keyin tasmaning ikkinchi cheti bostirib tikiladi. Manjetli shimni o‘ngi tomoniga qaytarib, maxsus moslamada dazmollanadi.
    Manjetning yon va odim choklari ustiga to‘g‘ri kelgan joylari manjet bilan shim pochasini qarama-qarshi tomonga qaytarib, maxsus mashinada shu choklarga puxtalab tikib qo‘yilishi ham mumkin. Manjet maxsus moslamada tekislanadi va pressda dazmollanadi.
    To‘la qaytarilgan manjetli shim ip gazlamadan tikiladigan bo‘lsa uning pochasi teskarisi tomonga belgi chiziq bo‘ylab bukiladi, qirqimidan 1 sm masofada ichkari tomonga yana bukiladi va keyingi bukilgan ziyidan 0,1 sm masofada universal mashinada bostirib tikiladi. Manjet shimning o‘ng tomoniga qaytarilib, uni yon va odim choklariga universal mashinada ikkita qayta baxyaqator yuritib puxtalab qo‘yiladi.

    Shimni uzil kesil pardozlash


    Shimni uzil-kesil pardozlash belbog‘ yo‘rmashdan boshlanadi. Bunda ipak bilan yo‘rmab, izma uchun maxsus mashinada puxtalanadi. Keyin ip uchlari, talonlar olib tashlanadi, shim ishlab chiqarish gordidan va bo‘r izlaridan tozalanadi. Bu operatsiyalar oldin teskari tomondan keyin esa o‘ngi tomondan bajariladi.
    Uzil-kesil namlab – isitib ishlov berish press yoki dazmolda shimning yuqori qismidan, uni o‘ngini yuqoriga qaratib qo‘yib boshlanadi. namlangan dazmol mato bilan dazmolda ishlov berishda cho‘ntaklarning belbog‘ chizig‘ini, taqilmalarni va
    h.k. ni to‘g‘rilab turib bajariladi. Keyin shimning pastki qismi, uni stol ustiga qo‘yib va tizza darajasidan boshlab pochagacha yon va odim choklarini to‘g‘ri keltirib dazmollanadi. Bukilgan joylarning odim choklari tomonidan har qaysi bo‘lakda alohida, yon choklar tomondan esa ikkala bo‘lak birga bukib dazmollanadi va bug‘lanadi. Presslarda dazmollash ishlari bajarilayotganda shim pochasini va bukilgan joylarini universal yassi yostiqlarda dazmollanadi. Namlab isitib ishlov berilgandan keyin shim 30-40 daqiqa davomida osilgan holatda quritiladi. Qadaladigan tugmalarni izmalari o‘rniga moslab, bezak tugmalarni esa modelga binoan chatiladi.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   170




    Download 8,77 Mb.