• Bo‘laklar spetsifikatsiyasi
  • Trikotaj matosidan bolalar ko‘ylagi bo‘laklarida tanda ip yo‘nalishi va undan chetga chiqish




    Download 8,77 Mb.
    bet164/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    Trikotaj matosidan bolalar ko‘ylagi bo‘laklarida tanda ip yo‘nalishi va undan chetga chiqish.


    Jadval №2

    Bo‘lak nomi

    Tanda ipi yo‘nalishi

    Mumkin bo‘lgan chetga
    chiqish %

    1. Old o‘blak
    o‘rta qismi

    Bo‘lak o‘rta
    parallel chiziq

    bo‘y chizig‘i

    yo‘nalishiga

    1,0

    2.. Old bo‘lak
    yon qismi

    Yon qismlarda o‘rta qism ip yo‘nalishi bilan
    mos tushadi.

    1,0

    3. Ort bo‘lak
    o‘rta qismi

    Bo‘lak o‘rta
    parallel chiziq.

    bo‘y chizig‘i

    yo‘nalishiga

    2,0

    4. Ort bo‘lak yon qismi

    O‘rta qismida bo‘lak o‘rta chizig‘iga
    parallel chiziq. Yon qism bo‘laklarida o‘rta qism bo‘laklari asos ipiga parallel.

    2,0

    5. Yubka old va
    ort bo‘lak

    Bo‘lak o‘rta bo‘y uzunligi yo‘nalishidagi
    to‘g‘ri chiziqqa parallel.

    3,0

    6. Belbog‘.

    Bo‘lak o‘rta bo‘y uzunligi yo‘nalishidagi
    chiziqqa parallel

    2,0

    7. Qo‘yma
    burma

    Modelga qarab aniqlanadi






    Bo‘laklar spetsifikatsiyasi


    Jadval №3

    Bo‘lakl nomi

    Belgisi

    Soni

    Simmetriya belgisi

    Andozada

    Bichiqda

    1. Ort bo‘lak o‘rta qismi

    01

    1

    2

    +

    2. Ort bo‘lak yon qismi

    02

    1

    2

    +

    3. Old bo‘lak o‘rta qismi

    03

    1

    1

    -

    4. Ort bo‘lak yon qismi

    04

    1

    2

    +

    5. Yubka ort bo‘lagi

    05

    1

    1

    -

    6. Yubka old bo‘lagi

    06

    1

    1

    -

    7. Qo‘yma burma

    07

    1

    2

    +

    8. Belbog‘

    08

    1

    1

    -

    Izoh: «+» -simmetrik bo‘lak
    «-» -simmetrik bo‘lmagan bo‘lak



    1. Mavzu: Trikotaj matosidan bolalar kiyimini tikish texnalogiyasi Reja:

      1. Kichik bo‘laklariga ishlov berish

      2. Ko‘ylak old bo‘lagiga qotirma yopishtirish

      3. Namlab issiqlik bilan ishlov berish

    Tavsiya etilayotgan trikotaj matosidan lar ko‘ylagi paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori temperaturaga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalar bolalar kiyimlarini tayyorlashda keng qo‘llaniladi.
    Bichishdan oldin paxta va ipak tolali gazlamalar namlanadi va quritiladi, lekin quritib yubormasdan, ipni bo‘y yo‘nalishda dazmollanadi. Bichilgan, tayyorlangan gazlamani stolga joylashtiriladi. Yakka tartibdagi kiyimlarni tikishda ko‘proq gazlamani buklab o‘ngi tarafini ichkariga qo‘yiladi. Andozalar bu holda yarim bo‘laklarni bajaradi. Gazlamani eni 60-70 sm bo‘lsa yoki qiyin rasmli bo‘lsa, gazlamani ochib joylashtiriladi. Bu holda andoza sifati bo‘laklar soniga to‘g‘ri kelishi kerak. Gazlamaga andozani joylaptirilganda ipni bo‘yi yo‘nalishiga va gazlamadagi rasmga ahamiyat berish kerak.
    Bo‘y yo‘nalishi andoza asosiy bo‘laklarida yo‘nalishni ipni bo‘yiga joylashtiriladi, chunki eniga bichilsa, bo‘laklar cho‘zilib ketadi. Hamma andoza bo‘laklarda «Bo‘ylama ip» deb belgilanadi, agar ziyi kesilgan bo‘lsa ip bo‘yi cho‘zilmaydi, shundan ip bo‘yi yo‘nalishini belgilaydi.
    Andozani gazlamaga joylashtirish yirik bo‘laklardan (ort bo‘lak, old bo‘lak, yeng yubka old va ort bo‘lagi). Barcha mayda andaza bo‘laklari yirik bo‘laklarning oralig‘iga joylanadi, bunda andazaning bo‘ylama ip yo‘nalishi gazlamaning bo‘ylama ip yo‘nalishi bilan mos tushishi kerak.
    Tayyor ko‘ylak bo‘laklarining andazasi gazlamaga bulakalari yordamida qadaladi. Konturlari bo‘ylab o‘tkir charxlangan bo‘r, yoki quruq sovun bo‘lagi bilan chiziladi. Bunda avval uzun chiziqlar so‘ngra kalta to‘g‘ri va egri chiziqlar, burchaklar, belgilangan holda chiziladi. Chok uchun qo‘shimcha miqdori aniqlab olingach, ikkinchi borlama chiziqlar chiziladi. So‘ngra andazalar yechib olinadi. Gazlamani ikkinchi bo‘rlangan chiziq bo‘ylab kesiladi.
    Zamonaviy trikotaj matosidan bolalar ko‘ylagi oddiy, kiyishga qulay, yengil, tez-tez yuvishga mos, dazmol qilishga qulay bo‘lishi kerak. Ko‘ylakni tikishda arzon matodan, arzon bezak beykalaridan, furnituralardan, to‘rlardan, applikatsiyadan, kashta choklardan, turli bahyaqatorlardan foydalanilgan holda tikiladi. Ko‘ylakni tikish jarayoni ikki bosqichda olib boriladi. 1-bosqichda mayda bo‘laklarni tayyorlab olinadi. 2-bosqichda bo‘laklar yig‘iladi.
    1-bosqich. Mayda bo‘laklarni tayyorlash, bunda old bo‘lak o‘rta qismiga applikatsiyani tikish, orqa bo‘lak o‘rta qirqimini tikish, qo‘yma bo‘laklarni tayyorlash, belbog‘ni tayyorlashdan iborat.



    1-rasm. trikotaj matosidan bolalar ko‘ylagining chizmali ko‘rinishi
    1-elka va yon qirqimiga ishlov berish; 2-yoqa o‘miziga ishlov berish; 3-qo‘yma burmani tikish; 4-bel qismiga ishlov berish; 5-belbog‘ga ishlov berish; 6-ko‘ylak etagiga ishlov berish.



    Download 8,77 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Trikotaj matosidan bolalar ko‘ylagi bo‘laklarida tanda ip yo‘nalishi va undan chetga chiqish

    Download 8,77 Mb.