-rasm. Avrasiga qotirma qo‘yilgan, astarli belbog‘ni yoki tasmali




Download 8,77 Mb.
bet151/170
Sana21.02.2024
Hajmi8,77 Mb.
#159861
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

3-rasm. Avrasiga qotirma qo‘yilgan, astarli belbog‘ni yoki tasmali belbog‘ni
qo‘sh ignali mashinada shimga ulash

  1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimi yon cho‘ntagiga ishlov berish

Reja: 1.Shim pochasini tikishga tayyorlash.
2.Manjetsiz shim pochasiga ishlov berish. 3.Manjetli shim pochasiga ishlov berish. 4.Shim pochasiga NII berish.

Shim pochasi odatda manjetli va manjetsiz bo‘ladi. Jun gazlamadan tikiladigan shimning manjetsiz pochasini tikish uchun oldin andoza qo‘yib bukiladigan chiziqlari belgilanadi. Pochasining ziyi titilib ketmasligi uchun bir yoq ziyi bo‘rttirilgan tasma shimning o‘ngiga bir aylantirib 4E8-2 «Minerva» yoki 72314-101 «Minerva» firmasining (Chexoslavakiya) qo‘sh ignali mashinasida bostirib tikiladi. Tasmaning bo‘rtma ziyi pochaning burish chizig‘idan yuqoriroq chiqib turishi kerak. Pochaning qirqimi oldin 51-A 208-Akl maxsus mashinalaridan yo‘rmalab olinadi, chok belgilangan chiziq bo‘ylab bukib, yashirin baxyali 285 kl mashinasida tikib qo‘yiladi.
Shim pochasi manjetli bo‘lsa, shim pochasi belgi chiziq bo‘ylab bukiladi. Pocha qirqimi ustiga undan 0,2 sm chiqarib tasma maxsus qo‘sh ignali mashinalarida bostirib tikiladi. 72314-101 kl mashinalarida bostirib tikiladi. Manjet shim o‘ng tomoniga qaytarilib maxsus moslamada dazmollanib, yon va odim choklari ustiga to‘g‘ri kelgan joylari maxsus 220 kl mashinasida puxtalab qo‘yiladi. Ip gazlamadan tikiladigan shimlarning pochasiga tasma qo‘yilmaydi, balki universal mashinada yopiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi. Shim pochasini tikish uchun shimning o‘ng bo‘lagi chap bo‘lagi ustiga ularning odim va yon choklarini to‘g‘ri keltirib, taqilma bilan tugma joy ziylari shuningdek, shim belbog‘ining yuqori ziyi va shim o‘rta choki to‘g‘rilanib, qo‘yiladi. Andoza qo‘yib pochaning qirqiladigan va bukish chiziqlarining odim choklari va yon choklari tomonidan belgilanadi. Pochalarning cheti belgilangan chiziq bo‘ylab qaychida, maxsus apparatda yoki mexanik pichoqli moslamada tekislab qirqiladi. Pochaning ziyi tez yedirilib ketmasligi uchun unga tasma qo‘yiladi.
Jun gazlamadan manjetsiz shim tikiladigan bo‘lsa shimning o‘ngiga gir aylantirib tasma bostirib tikiladi, - tasmaning burtma ziyi pochaning bukish
chizig‘idan yuqoriroq chiqib turishi kerak. (bukish haqqi ichkariga bukilganidan keyin tasma pocha ziyidan sal chiqib turadigan bo‘ladi).
Bunda baxyaqator tasmaning bo‘rtma ziyidan 0,1-0,3 sm masofada yuritiladi. Tasma uchlari bir-birining ustiga 1 sm chiqarilib, to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bostirib tikiladi. Shim tez titiladigan gazlamadan tikilsa, pochasining qirqimi oldin yo‘rmab olinadi yoki maxsus lenta yohud tasma qo‘yib tikiladi, 1-rasm.
Bu lenta yoki tasma universal mashinada 0,6-0,7 sm bilan bostirib tikiladi. Lenta yoki tasmaning pocha qirqimiga ulanmagan ziyi pochaga yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo‘yiladi.


Download 8,77 Mb.
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   170




Download 8,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Avrasiga qotirma qo‘yilgan, astarli belbog‘ni yoki tasmali

Download 8,77 Mb.