tugma joy ulangan choklardan 0,2 sm masofada bostirma chok tikiladi. Ayni vaqtda yon choklar cho‘ntak yuqorisidagi qismining ikki yoniga hamda ort bo‘laklardagi vitochkalar ikki yoniga bostirma chok yuritiladi. Bu bostirma chok
taqilma kertimidan boshlanib, oval shaklidagi belgi chiziq bo‘ylab
davom etib, keyin taqilma ziyidan 4 sm masofada belbog‘ bo‘ylab
tikiladi, 1-rasm.
qo‘yiladi. Bu uchala bo‘lakning qirqimlarini bir-biriga to‘g‘rilab, shu qirqimlardan 0,8-1,0 sm narida belbog‘ astari
tomondan baxyaqator tikiladi, 2-rasm, a. Belbog‘ astari tomonidan
baxyaqator yuritib tikiladi, 2-rasm, b. Belbog‘ avrasi bilan astarining yuqori cheti ichkari tomonga 0,7 sm kenglikda bukib tikiladi. Bunda baxyaqator bukilgan ziydan 0,1-0,2 sm masofa o‘tadi. 2-rasm (v).
Belbog‘ bir ignali mashinada ulanishda astar bilan qotirma o‘rniga tasma qo‘yiladigan bo‘lsa, oldin belbog‘
avrasini ulab olinib, hosil bo‘lgan chok belbog‘ tomonga yotqizib dazmollanadi. Belbog‘ yuqori qirqimi teskarisi tomonga 0,7 sm bukiladi. Uning ustiga tasma qo‘yib, belbog‘ avrasidan 0,1 sm kant hosil qilib tasmaning yuqori cheti bo‘ylab bostirib tikiladi (v). Tasmaning pastki cheti esa belbog‘ ulangan chok ustiga bezak baxyaqator yuritayotganda tikiladi.
usul. Belbog‘ qo‘sh ignali mashinada ulanadigan bo‘lganda ham 3-rasm, a unga astar yoki tasma qo‘yilishi mumkin. Belboqqa astar qo‘yiladigan bo‘lsa, qotirma avraga ko‘klab olinadi. Belbog‘ avrasi bilan astar shimning yuqori qirqimiga maxsus buklagichli mashinada ulanadi va bir vaqtda bostirib tikiladi. 3 rasm b.