Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimi taqilmasiga ishlov berish




Download 8,77 Mb.
bet149/170
Sana21.02.2024
Hajmi8,77 Mb.
#159861
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimi taqilmasiga ishlov berish


Reja: 1.Shim belbog‘iga korsaj qo‘yib tikish.
2.Kamar tutkichlarni belbog‘ pastki qirqimiga ulash. 3.Korsaj tasmani shim yuqori qirqimiga ulash.
4.Korsaj tasmali belbog‘ni bostirib tikish.
Shim yuqori qirqimiga belbog‘ ulab, mag‘iz yoki korsaj qo‘yib tikiladi. Modelga ko‘ra belbog‘da kamar tutkich bo‘lsa, uni shim yuqori qismiga ulash paytida belbog‘ tagiga kamar tutkichning pastki qirqimini qo‘yib, ularni belbog‘ ulanadigan chokka perpendikulyar joylab tikiladi. Kamar tutkichning yuqori qirqimini ichkariga bukib, kamar o‘tishiga soliqi hosil qilib, bukilgan ziydan 0,1- 0,2 sm oraliqda bostirib tikadi. Kamar tutkichlar modelga qarab joylashtiriladi. Ushbu modulda shim yuqori qirqimiga ishlov berishning bir necha usullarini ko‘rib chiqamiz.
Shim belbog‘i ulama bo‘lsa, unga ip yoki ipak gazlamadan qotirmali astar qo‘yiladi. Astar o‘rniga kengligi 6-7 sm maxsus tasma qo‘ysa ham bo‘ladi. Belbog‘ shimning old va ort bo‘laklariga bir ignali yoki qo‘sh ignali mashinalarda ulanadi.
Belbog‘ bir ignali mashinada ulanadigan bo‘lsa, oldin belbog‘ astariga qotirma qo‘yib, belbog‘ avrasi shimga ulangandan keyin qotirmali astar belbog‘ avrasiga qo‘yiladi yoki belbog‘ avrasidan oldin qotirma qo‘yib olmay, belbog‘ avrasi, astari va astar qotirmasi bir vaqtda shimga ulanadi. Belbog‘ astariga oldin qotirma qo‘yib olinadigan bo‘lsa, qotirma bilan astarning pastki qirqimi 0,4 sm kenglikda ag‘darma chok solib tikiladi, astar chok atrofidan aylantirib dazmollanadi. Shim yuqori qirqimiga belbog‘ni-belbog‘ tomondan 1 sm chok solib ulanadi. Modelda kamar tutkichlar mo‘ljallangan bo‘lsa, ular o‘ngini shim old bo‘lagi o‘ngiga qaratib qo‘yiladi, belbog‘ ulanayotganda qo‘shib tikiladi. Belbog‘ ulangan chok yorib dazmollanadi. Kamar tutkichlarni 0,3-0,4 sm bo‘shroq qoldirib, ularning yuqori uchi belbog‘ yuqori qirqimiga tikiladi.
Cho‘ntak xaltalar to‘g‘rilanib, belbog‘ ulangan chokka qo‘lda yoki maxsus mashinada ko‘klanadi.
Ort bo‘laklar chokining yuqori qismi 15-18 sm uzunlikda 1 sm biriktirma chok bilan tikiladi. Bu chok yorib dazmollanadi. O‘rta chok haqqi kengroq qoldiriladigan bo‘lsa, belgilangan chiziqlar bo‘ylab tikiladi. Ort bo‘laklar o‘rta choki, ularga belbog‘ va belbog‘ astari ulab olingandan keyin tikilsa ham bo‘ladi. Bunda chap va o‘ng bo‘laklardagi belbog‘ va astar ulangan choklar bir-biriga to‘g‘ri keltirilib, o‘rta chok, belbog‘ choki va uning astar choki bir vaqtda tikiladi. Keyin hamma choklar yorib dazmollanadi.
Belbog‘ astari gulfikka va tugma joyi astariga hamda belbog‘ astari bilan avrasining yuqori qirqimlari bir-biriga ulanadi, ayni vaqtda kamar tutkichlarni yuqori uchi ham qo‘shib tikiladi. Belbog‘ o‘ngiga ag‘darilib, astar ulangan chok to‘g‘rilanadi va belbog‘ avrasidan 0,2-0,3 sm kant hosil qilib, yuqori ziyidan 0,7-1,0 sm narida ko‘klanadi. Ayni vaqtda gulfikning astarining pastki ziyi, tugma joy astarining ichki ziyi qo‘lda yoki maxsus mashinada old va ort bo‘laklar o‘ngi tomondan ilintirib ko‘klanadi. Bunda baxyaqator belbog‘ va tugma joyi ulangan choklardan 0,5 sm masofada yuritiladi. Shu


Download 8,77 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   170




Download 8,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimi taqilmasiga ishlov berish

Download 8,77 Mb.