Shim ort bo‘lagidagi ramkali qirqma cho‘ntakning umumiy tasnifi




Download 8,77 Mb.
bet148/170
Sana21.02.2024
Hajmi8,77 Mb.
#159861
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

Shim ort bo‘lagidagi ramkali qirqma cho‘ntakning umumiy tasnifi




  1. Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimi taqilmasiga ishlov berish

Reja: 1.Odim choklariga ishlov berish.
2.O‘rta chokka ishlov berish. 3.Molniya taqilmasiga ishlov berish
Shimning yon qirqimlarini biriktirayotgan ort va old bo‘laklarning o‘ngi tomonini ichkariga qaratib qo‘yiladi, qirqimlari va nazorat belgilari to‘g‘ri keltiriladi. Old bo‘lak bo‘ylab maxsus mashinada 10 mm kenglikda chok solib biriktirib tikiladi va chok yorib dazmollanadi. Yon choklari bostirib tikilgan shimda ort bo‘lak qirqimlari old bo‘lak qirqimlaridan 2 mm orttirib qo‘yiladi. Old bo‘lak o‘ng tomonidan 7-8 mm kenglikda chok bilan bostirib tikiladi.
Shim balansining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, odim qirqimlarini biriktirib tikishda nazorat belgilari aniqlab olinadi. Buning uchun shimning har qaysi bo‘lagini stol ustiga o‘ngi tomonini yuqoriga qaratib, shim uzunligini stol uzunasiga old va ort bo‘laklar odim qirqimlarini yon chok ustiga keltirib qo‘yiladi. Qirqimlar qiyshayib qolmaydigan qilib qo‘yiladi. Keyin ort va old bo‘laklar o‘ngi tomonini
ichkariga qaratib, nazorat belgilari bilan qirqimlarini bir-biriga to‘g‘rilab qo‘yiladi. Old bo‘lak bo‘ylab, 10 mm kenglikda chok bilan biriktirib tikiladi.
O‘quv jarayonida qirqimlarni ko‘klab olsa ham bo‘ladi. Yakka tartibda buyurtma tarzida tikilganda, shim bo‘laklari dazmollash stoliga ustki qirqimni chap tomonga, odim qirqimlarini esa yuqoriga qaratib (bunda odim choklari tizza darajasigacha, yon choklarga to‘g‘ri kelgan bo‘lishi kerak) qo‘yiladi va shim bo‘laklariga qo‘shimcha namlab-isitib ishlov beriladi. Zarurat bo‘lsa, o‘rta qirqimning eng botiq qismi cho‘zib dazmollanadi, ortiqcha gazlama dumbalar qabarig‘iga moslab kirishtirib dazmollanadi – shunday qilib shim bo‘laklarining shakli oyoqlar tuzilishiga muvofiq bo‘lishiga erishiladi.







Yuqoridagi rasmda O‘g‘ilbolalar shimining yon, odim va o‘rta qirqimlariga ishlov berish, shim taqilmasiga «molniya» tasma qo‘yib tikish ko‘rsatilgan.


Shimning taqilmasi yon chokda bo‘lsa, unda o‘rta qirqimlar old qirqimlar bilan birga bitta baxyaqator yuritilib, biriktirib tikiladi. O‘rta qirqimlarni biriktirib tikishdan oldin shimning yuqori qismida bel chizig‘i bo‘ylab shim kengligi aniqlab olinadi.


Qirqimlar baxyaqatorning yuqori qirqimidan boshlab, chap tomon old bo‘lagi bo‘ylab yuritib, biriktirib tikiladi. O‘rta chok pishiq va cho‘ziluvchan bo‘lishi kerak.
Buning uchun biriktirib tikayotganda cho‘zib turiladi, pishiq chiqishi uchun esa ikkita baxyaqator yuritib (ularni bir-birining ustiga tushirib) yoki qo‘sh ignali
maxsus mashinada biriktirib tikiladi. Biriktirma chok namlab, maxsus taxta qolipda yorib dazmollanadi.
O‘quv jarayonida old qirqimlar va o‘rta qirqimlar biriktirib ko‘klab olinadi. Buning uchun shimning o‘ng va chap bo‘laklarining o‘ngi tomonini ichkariga qaratib qo‘yib, o‘ng va chap bo‘laklar yuqori qirqimidagi bo‘rlangan chiziqlar, ort bo‘laklardagi uloqlarning ulama choklari, old bo‘laklarning odim choklari va yuqori choklari bir-biriga to‘g‘ri keltiriladi. Bo‘laklarni 15-20 mm yiriklikda to‘g‘ri sirma qaviq bilan biriktirib ko‘klab, uchlari puxtalab qo‘yiladi. Bundan keyingi ishlov berish ham yuqorida yozilgan kabi bajariladi.
Yon choklarga, odim choklarga va o‘rta chokka ishlov berilgandan keyin taqilmalarga ishlov berishga kirishiladi. Shimdagi taqilma chap yon chokning yuqorisida yoki old qirqim chizig‘ida bo‘ladi. Yon chokdagi taqilma temir ilgakli, izma va tugmali yoki molniya-taqilma shaklida (maxsus tikilgan shimlarda) bo‘lishi mumkin.
Shimdagi ilgakli taqilmalarga va molniya taqilmalarga ishlov berish yubkalardagi yon taqilmalarga yuqorida yozilgandek ishlov berishga o‘xshash bo‘ladi. (T.26-modulga qarang).
Taqilmaning uzunligi 18-20 sm bo‘lishi kerak. Boshqa taqilmalarga nisbatan molniya taqilmaning qator afzalliklari mavjud (tashqi ko‘rinishi chiroyli, ishlatilishi qulay, ishlov berish oson). Taqilma chap yon chokning, orqa va old bo‘laklar o‘rta choklarning yuqori qismiga tikiladi. Molniya-taqilmaning to‘qilgan lentasi o‘ngi tomonidan ikki usulda bezak baxyaqator yuritib puxtalanadi: yon chok chizig‘ining ikki yonidan bir xil oraliqda va shu chok chizig‘ining ikki yonidan har xil oraliqda va shu chok chizig‘ining ikki yonidan har xil oraliqda baxyaqator kiyim gazlamasi rangiga mos ipak ip bilan yuritiladi. Molniya taqilma bo‘g‘inlari birlashtirilganida chok haqlari tagida ko‘rinmay qolishi kerak. Yon choklar biriktirib tikilgandan, yo‘rmab bo‘lganidan, yorib dazmollangandan, taqilma qirqimlari yotqizib dazmollangandan keyin taqilmaga ishlov beriladi.



  1. Download 8,77 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   170




Download 8,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shim ort bo‘lagidagi ramkali qirqma cho‘ntakning umumiy tasnifi

Download 8,77 Mb.