• 2.2.Umumstansiyali va rejimli joʻmraklarni boshqarish (Vega-2)
  • Gʻalayonlanish




    Download 18,41 Kb.
    Sana28.06.2024
    Hajmi18,41 Kb.
    #266163

    TGʻK da gʻalayonlanish tokini GʻOʻ oʻramiga uzatish EGʻQ kabi choʻtka va kontakt halqalari orqali amalga oshiriladi. Bu jihatdan TGʻQ va EGʻQ choʻtka qurilmasi boʻlmagan ChGʻQ lardan ustun boʻla olmaydi.
    Ch.Q asosiy elementlaridan biri sinxron gʻalayonlashtiruvchi boʻlib SGʻ, uning rotori elektrodvigatelning ED bitta valida oʻrnatilgan. SGʻ yakorning uch fazali oʻramiga ega. Uning gʻalayonlanish oʻrami (GʻGʻOʻ) statorida joylashgan va doimiy tok manbasidan ta'minlab turiladi, ya'ni toʻgʻrilagich T yordamida. Yakorning uch fazali oʻrami esa elektrodvigatelning (ED) uch fazali toʻgʻrilagich koʻprigini gʻalayonlanish oʻrami orqali tok bilan ta'minlanadi.
    Ch.Q tarkibiga gʻalayonlashtiruvchidan ChGʻ tashqari boshqarish stansiyasi (BS), boshqarish bloki (BB) va ChGʻQ nazorat qilish va boshqarish uchun boshqa apparatlar kiradi. ChGʻQ boshqarish zanjiri 60 VA quvvatga ega boʻlgan transformator TR – 220/110 V orqali oʻzgaruvchan tok zanjiri yordamida ta'minlab turiladi. ChGʻQ gʻalayonlanishni avtomatik tartibga keltirib turish GʻRSD tipli seriyali gʻalayonlanish rostlagichi orqali amalga oshiriladi.


    2.2.Umumstansiyali va rejimli joʻmraklarni boshqarish (Vega-2)

    Yuklanish ostida elektryuritmali agregatlarni avtomatik ishga tushirishning berilgan ish rejimini saqlaydigan kompressor stansiyalarning oʻz-oʻzini ishga tushirishi deb ataladi. Halokat boʻyicha statistik ma'lumotlar, asosan, yuqori voltli tarmoqlardan shuni koʻrsatadiki, tarmoq uzilishining katta qismi oʻtuvchan va qisqa muddatli boʻladi. Masalan, mamlakatning energetik tizimlarida keyingi yillarda zahiradagini avtomatik ulash (ZAU) oʻrtacha 95% tashkil etadi, 110–220 kV ega boʻlgan tarmoqqa avtomatik takroriy ulanish (ATU) 76–78% tashkil etadi.


    Elektr yuritmali GHA oʻz-oʻzini ishga tushirish quyidagicha amalga oshadi: elektr energiyaning qisqa muddatli uzilishi natijasda aylanish chastotasini pasaytirgan elektrodvigatellar (asinxron va sinxron) oʻzining kommutasiyali apparatlaridan uzilmaydi va stansiya shinalariga beriladigan kuchlanish tiklanganda avtomatik oʻz-oʻzini ishga tushiradi hamda nominal aylanishlar soni avvalgi darajada boʻladi.
    Kuchlanish pasayganda yoki elektr toki bilan ta'minlash toʻliq uzilganda elektrodvigatellarining aylanishlar soni kamayadi, ulardagi oʻramlar qarshiligi keskin tushadi, shuning uchun kuchlanish tiklanganda va dvigatellar oʻz-oʻzini ishga tushirganda uning ishga tushirish toki toʻliq qiymatga erishadi (aylanishlar soniga bogʻliq ravishda), bu esa tarmoqning energiya tizimi va elektrodvigatellar orasiga ulangan transformatorlar, kommutasiyali apparatlar, kabellar va boshqa qurilmalar qarshiliklarida kuchlanish tushishiga olib keladi.


    Download 18,41 Kb.




    Download 18,41 Kb.