• 15-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimi andozasini gazlamaga joylashtirish va bichish
  • Shim bichig‘ining bo‘laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari
  • Shim andozalarida chok haqqi qiymati
  • 16-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimini tikish texnalogiyasi
  • Shim tikish ketma-ketligi




    Download 8,77 Mb.
    bet147/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    Shim tikish ketma-ketligi.







    BO‘LINMAS OPERATSIYA NOMI

    IXTISOS

    MALAKA

    JIHOZ

    1

    Bichilgan detallarni tekshirish

    Q

    II

    Andoza

    2

    Shim qirqimlarini yo‘rmalash

    MM

    IV

    JUKI

    3

    Old taxlamani tikish

    M

    III

    JUKI

    4

    Tax chizig‘ini dazmollash

    D

    IV

    UEP-4

    5

    Cho‘ntak og‘ziga qotirma yopishtirish

    D

    IV

    UEP-4

    6

    Cho‘ntak xaltani cho‘ntak og‘ziga
    biriktirish

    M

    III

    JUKI

    7

    Ikkinchi xaltaga ko‘rinishi bostirish

    M

    III

    JUKI

    8

    Cho‘ntak xaltalarni biriktirish

    M

    III

    JUKI

    9

    Cho‘ntak xaltani yo‘rmalash

    MM

    IV

    JUKI

    10

    Cho‘ntak og‘zini puxtalash

    M

    III

    JUKI

    11

    Gulfikka qotirma yopishtirish

    D

    IV

    UEP-4

    12

    “Molniya” tasmani golfik bilan
    birlashtirish

    M

    III

    JUKI

    13

    Otkostni birlashtirish

    M

    III

    JUKI

    14

    “Molniya” tasmani bostirish

    M

    III

    JUKI

    15

    Taqilmaga bezak bahya yuritish

    M

    III

    JUKI

    16

    Yon qirqimni biriktirish

    M

    III

    JUKI

    17

    Chokni yorib dazmollash

    D

    IV

    UEP-4

    18

    Kamar tutqich tikish

    M

    III

    JUKI

    19

    Dazmollash

    D

    IV

    UEP-4

    20

    Kamar tutqichni puxtalash

    M

    III

    JUKI

    21

    Belbog‘ga qotirma yopishtirish

    D

    IV

    UEP-4

    22

    Belbog‘ni shimga ulash

    M

    III

    JUKI

    23

    Kamar tutqichni belbog‘ga puxtalash

    M

    III

    JUKI

    24

    Belbog‘ga korsajni bostirish

    M

    III

    JUKI

    25

    Korsajni shimga bostirish

    M

    III

    JUKI

    26

    Ilgakni puxtalash

    M

    III

    JUKI

    27

    Orqa o‘rta chokni tikish

    M

    III

    JUKI

    28

    Yorib dazmollash

    D

    IV

    UEP-4

    29

    Odim qirqimini tikish

    M

    III

    JUKI

    30

    Chokni yorib dazmollash

    D

    IV

    UEP-4

    31

    Poychani kleyli tesma bilan yo‘rmalash

    MM

    IV

    JUKI

    32

    Poychani bukib dazmollash

    D

    IV

    UEP-4

    33

    Ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalash

    Q

    II

    Qaychi

    34

    Oxirgi n.i.i berish

    D

    IV

    UEP-4

    35

    Kiyimga tovar ko‘rinishini berish

    Q

    II

    ----

    Kiyimning mayda detallariga kamar tutgichlar, belboglar, xlyastiklar, pogonlar, cho'ntak qopqoqlar kiradi. Bezak detallar turli xil biriktiruvchi, qo'yma, ag'darma, mag'iz choklar bilan tikiladi. Bu detallar qotirmali va qotirmasiz bo'lishi mumkin. Tayyor holda bu detallar berilgan shaklni yaxshi saqlashi, juft detallari simmetrik bo'lishi, ag'darma chok bilan tikilganda avra gazlamadan kant hosil qilishi kerak. Buning uchun astarlik detallarda astar avradan 4-6 mm. ensizrok bichilishi kerak. Qotirmalar qirqimi 1-2 mm. ag'darma choklarga kirishi kerak. Yelimsiz qotirmalar detallarga (cho'ntak kopkoq listochka) ag'darma chok solayotganda ulanadi. Cho'ntak og'izlari cho'zilmasligi uchun cho'ntak qirqimlariga sal tortibroq yelimli uqa yopishtiriladi.


    Yelimsiz uqa esa qirqimidan 1-2 mm. masofada detal qirqimiga teskari tomondan bostirib tikiladi.


    Kamar tutgichlar — keng va ensiz bo'lishi mumkin. Ular ochiq yoki yopiq qirqimli qo'yma chok yelim yoki ip yordamida tutashtirma chok bilan tikilishi mumkin. Eng unumdor usul ularni 2 ignali 3076-1 kl PMZ va Yaponiya “Djukki” firmasining MRV-860 yarim avtomatida tikish xisoblanadi. Bunda kamar tutgichlar joylashmada xosil bo'lgan andazalar orasidagi chiqindilardan tikilishi mumkin.

    15-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimi andozasini gazlamaga joylashtirish va bichish


    Reja: 1.Cho‘ntak og‘ziga ishlov berish.

    1. Cho‘ntak xalta va ko‘rinishga ishlov. 3.Cho‘ntakni yig‘ish va oxirga nii berish

    Shim bichig‘ining bo‘laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari


    Bichiq bo‘laklari. Shim avra, astar va qo‘shimcha qatlam bo‘laklaridan iborat bo‘ladi. (ularning soni va shakli modelga bog‘liq). Shim avrasining bo‘laklari avra gazlamadan bichiladi. Ular quyidagilardan iborat old bo‘laklar – 2 ta, ort bo‘laklar – 2 ta, belbog‘lar ikki qismdan iborat – 1 ta, cho‘ntak mag‘izlari – 4 ta, ko‘rinmalar 2 ta.
    Qo‘shimcha materiallarga shim yuqori qirqimiga ishlov berish uchun korsot tasma shim pochasiga ishlov berish uchun tasma va qotirma materiallar kiradi. Qotirma materiallardan ostki belbog‘ ikki qismdan iborat – 1 ta belboqqa korsaj tasmasiz ishlov berilganda yon cho‘ntak xaltalar – 2 ta bichiladi.
    Bichiq bo‘laklarining chiziqlari va qirqimlarining nomlari.
    Shim bichig‘ida quyidagi nomdagi chiziqlar va qirqimlar bo‘ladi: shim old bo‘lagida yuqori qirqim 1, oldingi qirqim 2, odim qirqim 3, pocha qirqim 4, yon qirqim 5 va uloqlar ulash chizig‘i T.83-moduldan andozalar spetsifikatsiyasiga qarang.



      1. rasm. O'g'il bolalar shimining mayda bo‘laklari.


    Ort cho‘ntak listochkali bo‘lganda cho‘ntak og‘zi kattaligi o‘zgarmaydi.


    Listochka kengligi unifikatsiyalangan bo‘laklarda berilgan .

    O'g'il bolalar shimi bo‘laklari spetsifikatsiyasi


        1. jadval.

    Bo‘lak nomi

    Bo‘lak belgisi

    Soni

    Gazlama turi

    Bichiqda

    Andoza

    Shim ort bo‘lagi

    01

    2

    1

    Asosiy

    Shim old bo‘lagi

    02

    2

    1

    Asosiy

    Shim belbog‘i

    03

    2

    1

    Asosiy

    Old cho‘ntak
    ko‘rinmasi.

    04

    2

    1

    Asosiy

    Ort cho‘ntak
    ko‘rinmasi

    05

    1

    1

    Asosiy

    Cho‘ntak mag‘izi

    06

    2

    1

    Asosiy

    Kamar tutgich

    07

    6

    1

    Asosiy

    Old bo‘lak astari

    09

    2

    1

    Astar

    Taqilma gulfigi.

    08

    1

    1

    Asosiy

    Gulfik astari

    10

    1

    1

    Astar

    Leya

    11

    1

    1

    Astar

    Old yon cho‘ntak
    xaltasi

    12

    2

    1

    Astar

    Orqa cho‘ntak
    xaltasi.

    13

    1

    2

    Astar



    Shim andozalarida chok haqqi qiymati


        1. jadval.

    Bo‘lak nomi

    Qirqim nomi

    Chok haqqi, sm.

    Ort bo‘lak

    Bel qirqim

    1,0

    Yon qirqim

    1,0

    O‘rta qirqim

    3,0

    Shim pochasi

    4,0

    Odim qirqim

    1,0

    Og‘ qirqim

    1,0

    Old bo‘lak

    Bel qirqim

    1,0

    O‘rta qirqim

    1,0

    Yon qirqim

    1,0

    Yon qirqim

    1,0

    Pocha

    4,0

    Odim qirqim

    1,0

    Belbog‘


    Belbog‘ uchlari

    0,7 . . . 1,0

    Belbog‘ni belga ulash
    qirqimi

    1,0

    16-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi o‘g‘il bolalar shimini tikish texnalogiyasi

    Reja: 1.Cho‘ntak o‘rnini belgilash.


    2.Mag‘izni tayyorlash va o‘rnatish. 3.Tilcha va cho‘ntak xaltani tikish. 4.Oxirgi ishlov berish N.I.I.B.

    Cho‘ntaklar uch turga bo‘linadi: qirqma, chokdagi va qoplama cho‘ntaklarga qirqma cho‘ntaklar qaerga joylashganiga qarab yon va tepa cho‘ntak deb ataladi. Qirqmasi yo‘nalishiga qarab vertikal, gorizontal va qiyalama, cho‘ntak og‘ziga shakliga qarab to‘g‘ri chiziq shaklida va murakkab shaklda bo‘ladi. Cho‘ntak yuqori tomonining bezalishiga qarab qapqoqli, lestochkali va mag‘izli bo‘ladi. Pastki tomoni ramkali yoki kantli bo‘ladi. Ushbu modulda biz deyarli hamma kiyimlarda ishlatiladigan ramka cho‘ntakni ko‘rib chiqamiz. Chunki uning tikilishi oddiy, ko‘rinishi chiroyli va turli xil qalinlikdagi gazlamalarga tiksa bo‘ladi.


    Asosiy bo‘lakning o‘ngiga yordamchi andoza qo‘yib yoqa andozasiz cho‘ntak o‘rni belgilab olinadi. Cho‘ntak o‘rni 5 ta ( 3 ta gorizontal va 2 ta vertikal) chiziq bilan belgilab olinadi. Gorizontal chiziqlar o‘rtasidagi oraliq cho‘ntakning ikkala pomkasi kengligiga teng vertikal chiziqlar o‘rtasidagi oraliq esa cho‘ntak og‘zi uzunligiga teng bo‘ladi. To‘g‘ri ramkali qirqma cho‘ntak tikishda cho‘ntak qirqimini tikishga mo‘ljallangan mag‘iz ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, asosiy yoki bezak materialdan tayyorlanadi. Cho‘ntak mag‘izi cho‘ntak xalta bilan yaxlit yoki alohida bichilgan bo‘ladi. Cho‘ntak xalta bilan yaxlit bichilgan mag‘izni teskarisini ichkariga qaratib, kant kengligi va 0,5-0,7 sm chok haqi kengligiga teng qilib bukib dazmollanadi. Mag‘iz alohida bichilagan bo‘lsa teskarisini ichkariga qaratib uzunasiga ikki bukib dazmollanadi.
    Mag‘iz vazifasini ham o‘taydigan, bukib dazmollangan cho‘ntak xaltani kalta tomonini pastga bukilgan ziylarini tashqariga qaratib qo‘yiladi. Mag‘iz ziyidan gorizontal belgi chiziq bo‘ylab mag‘iz asosiy bo‘lakga ulanadi. Bahyaqator uchlari
    vertikal belgi chiziqda tugallanadi. Bahyaqator boshi va oxirgi ikki-uchta qaytma bahyaqator yuritib puxtalanadi.
    Bo‘lak teskarisidan ikki bahyaqator orasida asosiy bo‘lak qirqiladi. Uchlarida bahyaqator tomon burchak hosil qilib bahyaqatorga 0,1 sm yetkazmay qirqiladi. Cho‘ntak xalta asosiy bo‘lakning teskarisiga ag‘darib o‘tkaziladi va cho‘ntak og‘zi burchaklari tekislanadi. Cho‘ntak xalta bilan mag‘iz alohida bichilgan bo‘lsa mag‘izning ochiq qirqim tomoniga 0,7-1,0 sm kenglikdagi chok bilan cho‘ntak xalta ulanadi. Titiluvchan gazlamalarda bu chok haqi yo‘rmalanadi. Cho‘ntak ramkalari va burchaklardagi keritilgan material uchlarini to‘g‘rilab, ikki – uchta qaytma bahyaqator yuritib cho‘ntak uchlari puxtalanadi. Cho‘ntak xalta biriktirib tikiladi va qirqimlari yo‘rmalanadi.



    Download 8,77 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   170




    Download 8,77 Mb.