Bog'liq Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna
Mashg’ulot yakuni 1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
baholaydi va rag’batlantiradi
Uyga vazifaning berilishi 2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan
yo’riqnoma beradi
Baholari bilan
tanishadilar
Vazifani yozib
oladilar
8-mavzu: Qizchalar ko’ylagi old bo’lagini hisoblash va chizish.
Reja :
1.Bolalar kiyimini loyihalash
2.Old bo’lak yubka bel va etak nuqtalarini hisoblash.
3.Qo’ymada burma hosil qilish
Tayanch iboralar :kompleks,chiroyli, qulay,chiziq, o’lcham,loyihalash
Bolalar kiyimini loyihalash-murakkab ijodiy jarayondir, chunki u bolalar
rivojlanishiga oid bilimlar kompleksini, ularni modaga nisbatan psixologik va ahloqiy
holatini talab qiladi.
Bundan tashqari, kiyim bolalar uchun katta tarbiyaviy vositadir. Chiroyli, qulay va
yengil kiyim yaxshi did rivojlantiradi, kayfiyatni ko’taradi, batartib bo’lishga o’rgatadi va
h.k. Bunda gazlama tanlashga katta ahamiyat beriladi. Gazlamaning tuzilishi qator gigienik
talablarga javob berishi kerak: issiq va gigroskopik bo’lishi, yaxshi tozalanishi, yuvilishi,
dazmollanishi kerak.
Old bo’lak yubka bel va etak nuqtalarini burma uchun 10-12 sm kengaytiriladi.
Ko’ylak old bel chizig’idan yelka o’rta nuqtasi orqali ort bo’lak bel chizig’igacha bo’lgan
oraliq o’lchab to’g’ri chiziq chiziladi. Chizilgan to’g’ri chiziqning o’rtasidan 8-10 smli
perpendikulyar tushiriladi. To’g’ri chiziq nuqtalari perpendikulyar uchki nuqtasi bilan
birlashtiriladi.
Qo’ymada burma hosil qilish uchun bir nechta qirqim orqali qo’shimchalar beriladi.
Ko’ylak old bel chizig’idan yelka o’rta nuqtasi orqali ort bo’lak bel chizig’igacha bo’lgan
oraliq o’lchab to’g’ri chiziq chiziladi.Chizilgan to’g’ri chiziqning o’rtasidan 8-10 smli
perpendikulyar tushiriladi. To’g’ri chiziq nuqtalari perpendikulyar uchki nuqtasi bilan
birlashtiriladi.
Qo’ymada burma hosil qilish uchun bir nechta qirqim orqali qo’shimchalar beriladi.