Yopishib turadigan siluet shakl, qizlar qomatini ta'kidlashga imkon beradi va taqilma
joylanishi, belbog’lar, qirqimlar, yubkaning shakli va h.k.
orqali xipcha bellarini
ko’rsatishga imkon beradi. Ushbu siluet shakl klassik modellar va folklor modellar
yechimida qo’llanadi.
Har xil hajmli to’g’ri siluet shakl ifodali sport uslubiga ega.
Trapetsiyasimon siluet shakl bashang turdagi o’tkirroq modellar loyihalashda
ishlatiladi.
Ushbu yosh guruhidagi kiyimlar uchun ansamblli yechim xosdir.
Yoshlar
kostyumining komplektliligi va ko’p qavatlilik printsipi har xil kiyimlardan ansambl
tuzishga imkon yaratadi. Bu prindipga rioya qilmasdan moda o’zgarishlarini har doim
hisobga olgan holda kiyimning eng muhim sifatlari bo’lgan
qulayliklarni, universallikni,
maqsadga muvofiqlikni, komfortlikni ta'minlash mumkin emas.
Umuman olganda bolalar kiyimining asosiy stili - bu sport stilidir.
Kundalik va bashang kiyimlarda folklor va klassik stillar elementlari ishlatiladi.