Kichik maktab yoshidagi qizlar paltosi asosan to’g’ri yoki etagi sal kengaygan
bo’ladi. Baland bo’yli qizlar paltosi bel chizig’i qirqmali,
etagi kengaygan, odatda,
cho’ntakli bo’lishi mumkin. Kuzgi-bahorgi paltolar bezagi har xil qaviqqatorlar, o’ziga xos
furnitura va taqilmalar shaklida bo’lishi mumkin. Qishki paltolar bezagi sifatida tabiiy va
sun'iy mo’ynalar ishlatiladi.
Yoqalari ko’pincha kichik razmerli o’tqazma va kapyushon-yoqalardir.
Katta yoshdagi o’quvchilarga figurasining jadal shakllanishi va bo’ylarining tez
o’sishi xosdir. Bu yoshdagi bolalar figurasi mutanosibligi bo’yicha
dolixomorf tipiga
yaqinroh. Ular yetarli darajada qomatli. Qizlarda bu yoshda nazokat paydo bo’ladi-
ko’kragi, bo’ksasi shakllanadi. Bolalarning yoshiga xos xususiyatlar hisobga olingan xolda
kiyim loyihalanadi.