• II.Asosiy qism
  • -mavzu: “Vatanimiz himoyachilari”




    Download 1,88 Mb.
    bet17/32
    Sana08.12.2023
    Hajmi1,88 Mb.
    #113607
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
    Bog'liq
    3-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

    17-mavzu: “Vatanimiz himoyachilari”
    (14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy,axloqiy,ma`naviy dunyoqarashini kengaytirish.Ona Vatanga sadoqat,mardlik,vatanparvarlik,insoniylik fazilatlariniqaror toptirishAjdodlaridan faxrlanish,g`urur va iftixor tuyg`usini singdirish orqali yuksak didli,iymon-e`tiqodli,barkamol insonlar etib tarbiyalash.
    O`quvchilarning og`zaki nutqini,erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism.
    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti.
    II.Asosiy qism:
    O`qituvchi:Har bir insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuprog`i,o`z yurti,ona Vatani bo`ladi.Shu muqaddas zaminni ko`z qorachig`iday asrash,uning sarhadlarini yovuz kuchlardan qo`riqlash har bir farzandning sharafli burchidir.Shu yurtda kamol topgan,non-tuzini totgan har bir kishi Vatanni astoydil sevishi,uning koriga yarashini oily burch deb bilmog`i lozim.O`zini o`zbek elining bek o`g`liman,deb hisoblagan har bir yigitertaga Vatan shunqoriga aylanishi-shubhasiz.
    Zero,Yurtboshimiz Islom Karimov aytganlariday:”Dunyoda Vatan so`zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi bo`lishdan ortiq shon-sharaf yo`qdir”.
    -Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarida,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.
    -O`zbekiston Qurolli Kuchlari xavfsizligimiz tayanchi hisoblanadi.U quruqlikdagi qo`shinlar,harbiy havo kuchlari,havo hujumidan mudofaa qo`shinlari,chegara,maxsus va muhandislik qo`shinlari hamda milliy gvardiya,ya`ni saralangan qo`shinlardan iboratdir
    Yigitlik burchini ado etishga chog`langan har bir askar ona-Vatanga,xalqiga va Prezidentiga o`g`lonlik va`dasi sifatida sodiqlik to`g`risida Harbiy qasamyod qabul qiladi.Askarning qalbidan otilib chiqayotgan bu so`zlar uning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuproq,avlod-ajdodlari hoki yotgan tabarruk zamin,uning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini avaylab-asrash,o`z xalqining tinchligi,sho`x-shodon bolakaylarning beg`ubor damlari,nurli kelajagi uchun ma`suliyatni o`z zimmalariga oladilar.

    Download 1,88 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




    Download 1,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: “Vatanimiz himoyachilari”

    Download 1,88 Mb.