• 18-mavzu: “Transportdan tushgan yo’lovchilarning yo’ldan o’tish qoidalari”
  • Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim




    Download 1,88 Mb.
    bet18/32
    Sana08.12.2023
    Hajmi1,88 Mb.
    #113607
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
    Bog'liq
    3-sinf-tarbiyaviy-soat-konspekt

    III.Yakuniy qism:
    O`qituvchi:Biz sarkardalar avlodidanmiz.Kelajakda siz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur,eli va yurtiga sodiq,sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo`lib kamol topasiz deb umid qilaman.
    Rauf Tolibning“Askar so`zi”she`ri yodlatiladi.
    -Men askarman, doimo -Mustaqil ona Vatan
    Xushyorlik menga qurol. Mening ko`z qarog`imda.
    Darrov sezaman,hatto Axir shu yurt,shu chaman,
    Shitirlasa,gar shamol. O`stirdi quchog`ida.
    -Axir ona Vatanim - -Bu askarlik hayotim
    Tikkan menga ko`zini. Yigitlikka sinovdir.
    Fido etib bu jonim, Tinchlik-hayot-mamotim,
    Oqlayman yurt tuzini. Yurtim unga garovdir
    -Qo`riqlayman el tinchin, -Kunduz bo`lsin yoki tun,
    Tonglarning kulgusini. Issiqmi,sovuqmi yo,
    Keksalar baxt sevinchin, Farqi yo`qdir men uchun,
    Go`daklar kelgusini. Hushyordirman doimo.
    -Yosh askarlarimiz sizga to`liq bo`lmagan maqollarni jo`natishibdi. Sizning vazifangiz nuqtalar o`rniga kerakli jumlalarni qo`yib to`ldirish.
    -Vatan – muqaddas,_______________________(uning har qarichi – aziz)
    -Vataning tinch- ________________________(sen tinch)
    -Tinchlik bilan el ko`karar,_____________________(Yomg`ir bilan yer ko`karar.)
    -Ona yerning tuprog`i________________________(ona sutidek aziz.)
    -El qudrati – chin qudrat,_____________________(Vatan tuprog`i qimmat.)
    -Yurt qo`risang o`sarsan,_____________________(Qo`rimasang to`zarsan.)
    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi.
    18-mavzu: “Transportdan tushgan yo’lovchilarning yo’ldan o’tish qoidalari”




    Dars yakunida o`quvchilarni rag`batlantiriladi


    19-mavzu: “Ko`hna obidalar-tarix guvohi”
    I.Kirish:
    Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga “Vatanimiz tarixiy obidalarga boyligi,bu obidalarimiz tariximizning ulug`vorligi va ajdodlarimizning yuksak aql-zakovatidan dalolat ekanligi haqida ma`lumot bеrish.
    O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,ko`hna tariximizga hurmat va qiziqish uyg`otish.
    Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: Darslik, mavzuga oid turli xil rangli rasmlar. o`quv matеrillari, tushuntiruvchi chizmalar va ona diyorimiz go`zalligiga oid kadrlar.
    Tashkiliy qism.
    O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi. O`qituvchi “Vatanni sevish nima” mavzusi yuzasidan savol –topshiriqlarga javob olib , mavzuni mustahkamlaydi.
    II.Asosiy qism: O`zbekiston siyosiy xaritasi yordamida tarixiy shaharlarni ko`rsatish, u yerdagi obidalarni rasmlar yordamida ko`rsatish va asoslash. Yurtimizda ajdodlarimizdan qolgan juda ko`p tarixiy obida-yodgorliklar bor.Ular O`zbekiston tarixining turli davrlarida yashb o`tgan ulug` kishilar,podsholar va vatan qahramonlari,ilm egalariga atab bunyod etilgan. Bu osori-atiqalar ming-ming yillik tariximizdan so`zlab,guvoh bo`lib turibdi.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida:”Har bir fuqaro O`zbekiston xalqining ma`naviy va madaniy merosini asrab-avaylashi lozim”ligi qayd etilgan.Bunday yodgorliklarni qasddan nobud qilish jinoyat hisoblanadi.
    Tarixiy,madaniy yodgorliklar davlatimiz tomonidan himoyalanadi.Shu maqsadda O`zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiyati tuzilgan.Respublikamizdagi ayrim tarixiy va madaniy yodgoliklar UNESCO Xalqaro tashkiloti tomonidan ham nazorat qilinadi.

    Download 1,88 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




    Download 1,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim

    Download 1,88 Mb.