|
L.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim dasturi
|
bet | 6/10 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 88,67 Kb. | | #155209 |
Bog'liq Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligiL.S.Vigotskiyning fikri bo‘yicha bog‘cha yosh davri ta’lim dasturi:
bolani maktab dasturiga yaqinlashtirilishi, uning bilim doirasini kengaytirishi, predmetli ta’limga tayyorlashi;
bolaning o‘z dasturi bo‘lishi hamda uning qiziqishi va ehtiyojlariga javob berishi lozim.
Shuningdek, L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta’limning yetakchi roli haqidagi qonunni ilgari surdi va aniq ifodaladi: ta’lim rivojlanishidan oldinda boradi va o‘zining orqasidan uni ergashtirib boradi.
O‘quv faoliyati bolalarni xursand qilishi, ularga zavq berib, qoniqish hissini uyg‘otishi kerak. Ilk bolalik davridanoq bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Chunki bilishga intilishga inson faoliyatining ahamiyatli motivlaridan bo‘lib, shaxs yo‘nalganligining anglanilganligini aks ettiradi, barcha psixik jarayon va funksiyalarga ijobiy ta’sir etadi, qobiliyatni faollashtiradi, qiziqish mavjud holatida barcha insoniy kuchlar qo‘zg‘aladi. Buni ayniqsa, bog‘cha bolasining o‘quv faoliyatini tashkil etishda inobatga olish kerak.
Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi:
O‘quv faoliyati shunday tashkil etilishi kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va “topishi”ga undalishi lozim.
O‘quv faoliyati turli xil bo‘lishi kerak. Bir xillikka ega bo‘lgan materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo‘yadi.
Bola berilayotgan materiallarning kerakliligi va ahamiyatliligini tushunishi kerak.
Yangi berilayotgan material ilgari o‘zlashtirilgan material bilan yaxshi bog‘langan bo‘lishi kerak.
Juda yengil bo‘lgan va o‘ta murakkab material qiziqish uyg‘otmaydi. O‘quv topshiriqlari bog‘cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati yetadigan darajada bo‘lishi kerak.
Bolaning barcha yutuqlarini ijobiy baholash lozim. Ijobiy baho bilishga nisbatan faollikni rag‘batlantiradi.
O‘quv materiallari yorqin va emotsional bo‘lishi kerak.
A.P.Usovaning ta’kidlashicha, o‘qitilayotgan materialni idrok qila olmaslik hodisasi harakatning usul va vositalarida o‘ta osonlik usuliga asoslangan, ilgari ko‘rsatilgan noto‘g‘ri tarbiyaviy ta’sirning asorati natijasidir.
|
| |