|
Kichik maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari (tayyorlov guruxi)
|
bet | 5/10 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 88,67 Kb. | | #155209 |
Bog'liq Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligiKichik maktabgacha yosh davridagi bolalarning psixologik xususiyatlari (tayyorlov guruxi)
Ko‘rsatkichlar
|
6-7 yosh
|
Tafakkur
|
Mantiqiy tafakkur elementlari ko‘rgazmali- obrazli tafakkur asosida rivojlanadi
|
Nutq
|
Ichki nutqning rivojlanishi
|
Bilish jaaryonlarining ixtiyoriyligi
|
Ixtiyoriylikning harakat qilish va o‘zlashtirish jarayonini konsentratlash sifatida shakllanishining boshlanishi
|
Fiziologik ta’sirchanlik
|
Individual, ko‘pchilikda past darajada
|
Bilish obyekti
|
Predmet va hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatli bog‘lanish
|
Bilish usullari
|
Mustaqil faoliyat, kattalar va tengdoshlari bilan bilishga oid muloqot
|
Muvaffaqiyat sharti
|
Shaxsiy keng dunyoqarash, biror bir ishdagi bilim
|
Muloqot shakli
|
Vaziyatdan tashqari-shaxsiy
|
Tengdoshlar bilan munosabat
|
Suhbatdosh, faoliyatdagi sheriklik
|
Kattalar bilan munosabat
|
Emotsional qo‘llab-quvvatlash manbasi
|
Nizolar
|
7 yoshlarda-inqiroz, ijtimoiy rolning almashiniish
|
Emotsiyalar
|
Oliy hislarning rivojlanish.
|
O‘yin faoliyati
|
Uzoq o‘yinli birlashuv; o‘z xulq-atvorini rolga muvofiq ravishda moslashtira olish ko‘nikmasi
|
1.3. Bilish faoliyati sohasida bolaning ta’lim jarayoniga tayyorligi.
Hayotning dastlabki uch yilida bola onasi yoki boshqa kishilar masalan, tarbiyachi dasturi bo‘yicha emas, balki go‘yoki o‘zining dasturi bo‘yicha o‘qiydi. Bu davrda bolaning u yoki bu bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi muhlatiga alohida talablar qo‘yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi hali subyektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o‘qishga layoqatli bo‘lgunga qadar u tayyorlov bosqichini bosib o‘tadi. Bu bosqichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatan yangi talablari asta-sekin uning “o‘z dasturiga” aylanishi lozim. Bog‘cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomonidan ishlab chiqilgan “dastur bo‘yicha” o‘qiy boshlaydi va maktab talablariga asta-sekin amal qila boshlaydi.
|
| |