• Kalit so’zlar
  • Bo‘LG‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bekmurzayeva Gulnora tdpu I kurs magistratura talabasi Annotatsiya




    Download 241.7 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana23.12.2023
    Hajmi241.7 Kb.
    #127314
      1   2   3
    Bog'liq
    1-maqola Bekmurzayeva G.



    ISSN: 2776-1010 
    Volume 4, Issue 12, December 2023 
    BO‘LG‘USI MATEMATIKA O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASH JARAYONIDA 
    TALABALARDA MUSTAQIL TA’LIM OLISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH 
    METODIKASI 
    Bekmurzayeva Gulnora TDPU I kurs magistratura talabasi 
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada bo‘lajak mаtemаtikа o‘qituvchilаrini elementаr mаtemаtikаgа o‘qitish jаrаyonidа
    mаsаlаlаr mаzmunini tаshkil etish bo‘yicha fikr mulohazalar bildirilgan. Ta’limning kompetensiyani 
    rivojlantirishga yo‘naltirilmaganligiga e’tibor qaratilgan. 
    Kalit so’zlar: elementar matematika, masalalar, kompetensiya, tenglama, tengsizlik. 
    Bugungi kunda bo‘lajak matematika o‘qituvchilari kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish pedagogika 
    OTMda talabalar faoliyatini yangi bilimlarni mustaqil egallash bo‘yicha tashkil qilish bilan chambarchas 
    bog‘liq. Elementar matematika bo‘yicha asosiy bilimlar manbalari sifatida shu fan bo‘yicha talabalar 
    uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda maktab bitiruvchilari, o‘qituvchilar va matematika fakulteti 
    talabalariga qaratilgan elementar matematikani muntazam takrorlash va chuqurlashtirish 
    yo‘naltiruvchi o‘quv qo‘llanmalarni hisoblash lozim. O‘quv-metodik adabiyotlar mazmunini tahlil qilish 
    natijasida ularning kognitiv kompetensiyani rivojlantirishga yetarli yo‘naltirilmaganligi aniqlangan edi. 
    Berilgan material ko‘proq axborotli va operatsional tarkibiy qismlarni rivojlantirishga xizmat qiladi: 
    odatda axborot masalalarni yechish turlari va metodlarigacha umumlashtirilgan, yechimlar namunasi, 
    mustaqil yechish uchun masalalar keltiriladi. Baʼzi qo‘llanmalarda bunda metodni tanlash yo‘li ham 
    ko‘rsatilgan. Motivatsiyaviy tarkibiy qism rivojlanishiga yo‘nalganlik deyarli ifodalanmagan. 
    Qo‘llanmalarda, odatda, o‘rganiladigan mavzuning asosiy maqsadi haqida xabar beriladi, lekin 
    keltiriladigan yechimlarning muhokamalarida yechim metodi tanlovi va o‘xshash o‘zgartirishlarning 
    maqsadi deyarli asoslanmaydi. Boshqacha qilib aytganda, masalani yechishda mikro maqsadlarga urg‘u 
    berilmaydi, bu degani, bunday holda bilimlarni umumlashtirish va ko‘chirishni amalga oshirish ancha 
    murakkabroqdir. Ko‘rib chiqilgan o‘quv qo‘llanmalarda baholovchi tarkibiy qismni rivojlantirishga 
    ularning taʼsiri yetarli ifodalanmagan. Ko‘pgina qo‘llanmalarda nazoratni javob bilan, yoki shunday 
    holat mavjud bo‘lsa, o‘xshash yechim bilan solishtirish orqali bajarish tavsiya etiladi. Istisno tarzida 
    muallif V.V.Tkachukning «Matematika - abituriyenti» qo‘llanmasini taʼkidlash mumkin, unda mustaqil 
    tayyorlanish algoritmlari keltirilgan. O‘quvchiga mustaqil taʼlim faoliyatining uchta darajasidan birini 
    tanlash taklif qilinadi. Har bir daraja uchun nazariy axborotni egallash darajasi aniqlangan, uning 
    mustahkamlanishi, shuningdek, turli misollar yordamida olib boriladi, masalalar yechimini tashkil 
    qilish bo‘yicha maslahatlar berilgan, har bir darsdan keyin o‘zini baholash hamda o‘quvchilarga 
    imtixonda o‘z bahosini oldindan ayta olish imkoniyati taxmin qilinadi. Ko‘rib chiqilgan qo‘llanmalardan 
    har birida evristik masalalarni ko‘rib chiqish mumkin, lekin qo‘llanmalar matnida, odatda, 
    evristikalarni maxsus ajratish keltirilmaydi. Matematik bilimlarni o‘zlashtirish vositasi sifatida 
    evristikalarni egallash mexanizmlari ham qo‘llanmalarda keltirilmaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan kognitiv 
    kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan o‘quv topshiriqlarini maxsus konstruksiyalash zaruriyatini 
    shartlab beradi. 

    Download 241.7 Kb.
      1   2   3




    Download 241.7 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘LG‘usi matematika o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida talabalarda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi bekmurzayeva Gulnora tdpu I kurs magistratura talabasi Annotatsiya

    Download 241.7 Kb.
    Pdf ko'rish