CSS – bu stillar bilan ishlay oladigan kaskadli stillar majmuasidir. Web sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. HTML xujjat ichida teglar bilan birga foydalaniladi. CSS kodlarini kompilyastiya qilish uchun qandaydir kompillyatorlar, qandaydir dasturlar, va bu kod tushuna oladigan qandaydir redaktorlar kerak bо‘lmaydi. Bu kodlarni HTML singari web brauzerning о‘zi kompilyastiya qiladi va natijani chiqarib beradi.
Bu stillar jadvali(CSS) tо‘liq holatda 1997 yilda tashkil topib, "WWW Consorcium" ida qо‘llab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. О‘sha paytlarda HTML ning 3 versiyasi ommabop edi. CSS ni dastlab Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlarida kо‘rish mumkin bо‘lgan. hozirda barcha brauzerlar CSS da yozilgan kodlarni tushuna oladi. Bu stillarga oid dasturlash tilini о‘rganish sodda bо‘lib, yangi stillar qо‘shilishi natijasida kengayib bormoqda. CSS ni HTML xujjati ichida ishlatilishini birin ketin kо‘rib о‘tamiz:
Web sahifada ishlatiladigan CSS kodlari orqali hosil qilinadigan stillarni hammasini bitta faylga yozib, uni serverda saqlaymiz. Sо‘ng, sahifadan, serverdagi saqlab qо‘yilgan faylga murojaat qilib, kerakli stilni olamiz. Bu usul katta hajmdagi web sahifalar yaratishda foydali hisoblanadi. Faylga murojaat, tegi ichida amalga oshiriladi va quyidagi kо‘rinishga ega bо‘ladi.
tegi sahifa biror faylga murojatni amalga oshirmoqda degani, REL - fayl qandaydir stillardan iborat degani, TYPE - stillar CSS kodlaridan iborat va fayl joylashgan manzil yoziladi.
CSS kodlar web sahifa ichidagi tegi orasida beriladi. Bunda yaratilgan stillar shu sahifaga tegishli bо‘ladi, bu degani faqat shu sahifada ishlatilish mumkindir.
< style type="text/css">