Bootstrap texnologiyasi Bootstrap hozirgi kunda eng kо‘p ishlatilayotgan front end development framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript tо‘liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida о‘zingiz istagan sayt kо‘rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin.
Bootstrap о‘zi nima ekanligini qanday foydalanish kerakligini tushunib olamiz. Web ilova yaratish mobaynida kodni oson va qulay yozish uchun kutubxonalar yaratilgan. Masalan HTML CSS va JavaScript uchun kutubxonalari mavjuddir. Bu kutubxonalar jamlanmasi esa Bootstrap texnologiyasini tashkil qiladi.
Bootstrap tez va oson veb-ishlab chiqish uchun bepul oldingi asos hisoblanadi
Bootstrap, sizga osonlik bilan javob beruvchi dizaynlarni yaratish qobiliyatini beradi
Bootstrap ilk «mobile first» framework hisoblanib, unda birinchi e’tibor tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday kо‘rinishiga qaratiladi. О‘zining moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi ekranlarda bir xil chiroyli kо‘rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end ustalarining ishini bir necha о‘n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval HTML va CSS kodlarni tо‘liq qо‘lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar Bootstrapning qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib kо‘rgandanoq bilib olishlari mumkin.
Bootstrap afzal tomoni shundaki, veb-ilovalarini nafaqat kopyuterda balki mobilda ham kо‘ganda о‘zining shaklini о‘zgartirmaslikni hisobga olgan
Bootstrap uchun HTML kod. Quyida fiksatsiya qilingan kompanovkali va adaptiv funksiyalarga ega Bootstrapni qо‘llash uchun foydali HTML-fayl tuzilishi kо‘rsatilgan.