• I BOB. NAZАRIY QISM 1.1 О‘zbekiston Respublikasida internetni rivojlanishi.
  • Bitiruv mаlаkаviy ishining tаrkibiy tuzilishi




    Download 16,72 Mb.
    bet2/7
    Sana10.06.2024
    Hajmi16,72 Mb.
    #262207
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    HOJIAKBAR. 1

    Bitiruv mаlаkаviy ishining tаrkibiy tuzilishi: Bitiruv-mаlаkаviy ishi kirish, nаzаriy qism, lоyihа qism, tаdbiq qilishni tаshkil etish vа lоyihа sаmаrаdоrligi qismi, mehnаt muhоfаzаsi vа texnikа xаvfsizligi, xulоsа, fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо‘yxаti vа ilоvа qismlаridаn ibоrаtdir.

    I BOB. NAZАRIY QISM
    1.1 О‘zbekiston Respublikasida internetni rivojlanishi.
    О‘zbekiston Respublikasida internet rivoji bevosita mamlakat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. U о‘zida zamonaviy davlat va aholi turmush tarziga xos barcha bosqichlarni aks ettiradi. О‘zbekistonda Internet rivojini quyidagi asosiy davrlarga bо‘lishimiz mumkin:
    1990-yillar boshi. UUCP ma’lumotlar uzatish tizimida elektron pochta orqali ma’lumotni almashish imkoni paydo bо‘ldi. Foydalanuvchilar analog modemlar yordamida shaharlararo qо‘ng‘iroqni amalga oshira boshladilar.U davrda ma’lumotlar uzatish tezligi 1200-2400 bod (bit/s)ni tashkil qilgan.
    1992-1995 yillarda UUCP mahalliy provayderi faoliyatini boshladi. U tomonidan kо‘rsatilayotgan xizmatlar tezligi 9600-14400 bod (bit/s)ni tashkil qilardi. Shundan sо‘ng BCC (Biznes Aloqalar Markazi), CCC va PERDCA (Silk.org) provayderlari tashkil etildi. SONET elektron tijorat tarmoqlariga ulanish boshlandi. 
    FidoNet matnli ma’lumotlarni jо‘natish global tarmog‘i ishga tushdi.Shu bilan birga Relcom – ilk elektron pochta tarmog‘I ham ishga tushdi. Ma’lumot uzatish tezligi 9600 dan 14400 bodgacha bо‘lgan analog modemlar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati paydo bо‘ldi. Mazkur xizmatlar Naytov, BCC hamda Silknet (PERDCA) provayderlari tomonidan amalga oshirilgan. Undan sо‘ng 1995 yil 29 aprelda «UZ»domeniga asos solindi. Bundan tashqari О‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ma’lumotlarini banklararo uzatish tarmog‘iga asos solindi. 
    1996 yil. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida BMTning О‘zbekistonda Internetni rivojlantirish loyihasi tashkil etilib, keyinchalik bu UzNet nomi bilan tanildi. Telekommunikatsiya bozorida UzPAK kompaniyasi faoliyatini boshladi. 
    1997-1999 yillar. Internetning misli kо‘rilmagan rivojlanish davri boshlandi. Har bir provayder xalqaro Internet tarmog‘ida о‘zining mustaqil kanaliga ega bо‘la boshladi. Ba’zi birlarida Moskvaga qadar modemlari, boshqalarida asinxron sputnik kanallari mavjud bо‘lgan edi. Bu orada О‘zbekistonning ilmiy-ta’lim tarmog‘i UzSciNet faoliyatini boshladi. Yangi internet provayderlari tashkil etildi. Ya’ni internetdan bir soat foydalanish bahosi 600 sо‘m (shu davrda Markaziy bank kursi bо‘yicha bu о‘rtacha 4 dollarga teng mablag‘) bо‘lgan. Muayyan yо‘nalishlar bо‘yicha texnologiyalar analogdan raqamli shaklga о‘tish davri boshlandi. Naytov hamda UzNet provayderlari faqatgina yuridik shaxslar uchun raqamli modemlar orqali Internet xizmatlarini kо‘rsatishni boshladi. Internetdan foydalanish tariflarini trafikka binoan belgilash amaliyoti boshlandi. Internet tarmog‘i orqali ovozli aloqa о‘rnatish tajribasi qо‘llandi. Sarkor Telecom provayderi Radio Ethernet simsiz tarmoq texnologiyasini amaliyotga tatbiq qildi. Trans-Osiyo-Yevropa (TAYe) optik aloqa ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan foydalanila boshlandi. 
    1999 yil. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №52-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq xalqaro ma’lumotlar uzatish, shuningdek Internet tarmog‘iga ulanish О‘zAAA dan xalqaro tarmoqqa chiqishga huquq beruvchi litsenziyani olib, О‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib qoidalari belgilandi. “Iskra” hukumat aloqa tarmog‘i va boshqa bir qator ma’lumotlar uzatish vositalari orqali xalqaro tarmoqqa chiqish tо‘xtatib qо‘yildi. UzNet uskunalari, tarmog‘i va xodimlar UZPAK boshqaruviga о‘tkazildi. Barcha provayderlarga tarmoqlarini UZPAK tarmog‘iga birlashtirish tavsiya qilindi. Provayderlar faoliyatining quyidagi jadvali ommalashtirildi: barcha trafik shaxsiy yoki sotib olingan kanallar orqali о‘tkazilgan, UzPAK kanalidan (odatda bu 33600 bod (bit/s)li analog modem bо‘lgan) zahira sifatida foydalanilgan. О‘sha paytlarda UzPAK xizmatlari narxi boshqa provayderlarnikidan yuqori bо‘lgan. Shunday bо‘lsa ham, asinxron aloqa foydalanuvchilari soni о‘sib borishda davom etdi. 
    1999-2000 yillar. BMTning О‘zbekistonda Internet tarmog‘ini rivojlantirish bо‘yicha yangi loyihasi – UZB/99/016 (UzSciNet) ish boshladi. Bu gal О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshida akademik tarmoq yaratish bо‘yicha ish boshlandi. Internet bozorida qator о‘zining mustaqil (asosan sun’iy yо‘ldosh) kanallariga ega bо‘lgan provayderlar faoliyati kuzatildi. Ilk Cisco tarmoq akademiyasi faoliyatini boshladi. 
    2001-2002 yillar. Tashqi Internet kanallarining о‘tkazuvchanlik salohiyati 8,5 Mbit/s. dan 18 Mbit/s.gacha oshdi. Sarkor Telekom ilk marotaba TAYe orqali China Telecomga ulandi. DialUp xizmatlari uchun narxlarning keskin pasayishi kuzatildi. “Naytov Internet” biznesi Buzton kompaniyasiga о‘tdi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni markazlashtirishdan chiqarish tо‘g‘risida”gi 352-son qarori imzolandi. Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 52-sonli qarorida qayd etilgan, О‘zbekiston Respublikasi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari operatorlari (provayderlari)ning respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlaridan, shu jumladan Internetdan faqat «UzPAK» ma’lumotlarni uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining va Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining texnik vositalari orqali foydalanishiga oid belgilangan tartib bekor qilindi. Provayderlar hali ham xalqaro aloqaga ulanishni «О‘zbektelekom» AK orqali amalga oshirishlari lozim edi.
    2003-2005 yillarda. Tashqi Internet kanallarining о‘tkazuvchanlik salohiyati 32 Mbit/s dan 143,1 Mbit/s gacha oshdi. DSL orqali Internet tarmog‘iga ulanish ham jismoniy, ham yuridik shaxslar о‘rtasida keng ommalashiv bordi. Provayderlar hududlarda ham xalqaro tarmoqqa ulanish bо‘yicha о‘z xizmatlarini kengaytira boshlashdi. Bu paytga kelib, internet tezligi 64 Kbit/sek.dan 1 Mbit/s.gacha oshdi. Bundan tashqari oylik abonent tо‘lovi orqali DialUp orqali ulanganlarga oylik cheksiz tariflar joriy qilindi. Provayderlar tomonidan yana bir qulaylik, Callback xizmatini joriy qilishdi. О‘zbekiston mobil aloqa bozorida Rossiyaning Vmpelkom (Bilayn), UMS, Telia Sonera kompaniyalari faoliyatini boshladi. Telekommunikatsiya bozorida IP telefoniya (Platinum connect, 2Oxygen, Buzton) kompaniyalari paydo bо‘ldi.
    О‘zbekiston Respublikasi hukumat portali – www.gov.uz tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 6 oktyabrdagi 221-son qaroriga muvofiq, davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga bо‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ining faoliyat kо‘rsatishini va uni rivojlantirishni ta’minlash «О‘zbektelekom» AK zimmasiga yuklatildi. UZINFOCOM markazi esa О‘zbekistonning yuqori darajali domeni(ccTLD.uz)ga administratorlik qilish huquqini qо‘lga kiritdi. 
    Bu davrga kelib UZ milliy domenini rо‘yxatga oluvchi 6 ta registrator (Tomas, BCC, Sarkor Telecom, Global Study, TV-Inform i Arsenal-D) faoliyat kо‘rsatayotgan edi. Shundan keyin, О‘zbekiston AT Assotsiatsiyasi, ZiyoNet axborot ta’lim tarmog‘i, kompyuter xurujlariga tezkor choralar kо‘ruvchi «UZ-CERT» xizmati, Milliy axborot-qidiruv tizimi WWW.UZ ga asos solindi. 
    2006-2009 yillar. Tashqi Internet kanallarining о‘tkazuvchanlik salohiyati 1125 Mbit/s.gacha oshdi. Birinchi elektron raqamli imzoni rо‘yxatga olish markazi ochildi. Kompaniyalar GPRS, 3G, Wi-MAX texnologiyalari asosida simsiz Internet xizmatlarini kо‘rsatishni boshladilar. Internet foydalanuvchilari soni 2 milliondan oshib, mobil aloqa foydalanuvchilari 10 millionga yetdi.

    Download 16,72 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 16,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv mаlаkаviy ishining tаrkibiy tuzilishi

    Download 16,72 Mb.