• Virtual borliq turlari
  • Virtual borliq tizimi deganda
  • Vitual borliqning insoniyat uchun ta’siri
  • immersivlik va interfaollik




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana06.06.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #260703
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    B-297

    immersivlik va interfaollik
    tushunchalari bilan bog‘liq. 
    Immersivlik
    deganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz qilishini tushunish lozim. 
    Interfaollik
    foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi ob’ektlar bilan o‘zaro 
    muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. 
    Virtual borliq turlari: 

    Passiv virtual borliq (passive virtual reality) - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom 
    grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi; 

    Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan miqdorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan 
    stsenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi; 

    Interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida 
    yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muhitni foydalanuvchi o‘zi boshqara olishidir; 
    Treking virtual muhitdagi real ob’ektning 
    joylashishi
     
    koordinatalarini (x, y, z) va uni 
    fazoda joylashishi burchaklarini (a, b, g) berishga mo‘ljallangan. 
    Virtual borliq tizimi deganda
    – biz imitatsion dasturiy va texnik vositalarni qabul 
    qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. 
    Bu amallar ko‘pmodallikga, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo‘lishi 
    kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va 
    videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta hajmli tovush va videotizimlari, 
    shuningdek odamning bosh qismiga o‘rnatiladigan shlem va ko‘zoynak displeylar, “hid 
    sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo‘lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys 
    birgaligida ishlatiladi. 
    Vitual borliqning insoniyat uchun ta’siri: 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    1459 

    inson hayotini tashkil qilishda va tartibga solishda; 

    insonlar o‘rtasidagi aloqaning yangi shakli; 

    hayotning asosiy sohalari siyosat, iqtisod, san’at va turizm sohalariga ijobiy ta’siri borligi; 

    virtual olam bilan inson o‘zining tartib qoidalari va o‘z muhitini yaratish mumkinligi; 

    hayot va virtual borliq o‘rtasidagi aldanish mavjudligi. 
    Vitual borliqning rivojlanishida uch o‘lchovli muhit va internet texnologiyalarining 
    imkoniyatlarining rivojlanganligi katta ta’sir o‘tkazdi. Natijada, turli sohalarda virtual reallik 
    ishlatila boshladi.
    Masalan: kino olamida 1982-yil yaratilgan 
    TRON nomli rasmli film
    , bu sohadagi katta 
    qadam bo‘ldi. Hozirgi vaqtda virtual realliksiz bu sohani tasavvvur qilish qiyin. 

    2009-yil BBS radiosi tomonidan yaratilgan virtual drama bu sohada ham kelajagi bor 
    ekanligini anglatmoqda; 

    san’at sohasida 1970-yil David Em o‘zining birinchi virtual ko‘rgazmasi bilan ushbu atamani 
    imkoniyatlarini ochib bergan; 

    musiqa sohasida ham elektron musiqa asboblari virtual reallik imkoniyatlaring mahsulidir.
    Virtual reallikning yaratishda axborot texnologiyalarining kompyuter grafikasi, real vaqt 
    rejimi va dasturlash texnologiyalarisiz shakllantirib bo‘lmaydi. Bunda hozirda kompyuter 
    grafikasining OpenGL, Direct3D, Java3D, va VRML kutubxonalaridan, dasturlashdan esa, CQQ, 
    Perl, Java va Python tillaridan foydalanilmoqda.
    [4]. 
    Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Internet - XX asr 
    mo‘jizasi. 
    Kim orqada qolib ketsa,
    keyin virtual dunyo taraqqiyotiga etolmaydi. Internet-
    insoniyat qabul qilishining yangi o‘lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan 
    murakkab. Uning osonligi shundaki, dasturlarning eng osoni oddiy brauzerdan (hammma 
    kompyuterda mavjud bo‘lgan “Internet Explorer” brauzerdan) foydalanishni bilsangiz kifoya. 
    Internetni barcha xizmatlaridan foydalanish uchun bu dastur etarli. Buning uchun, birinchidan, 
    Internet xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va malaka talab qilinadi, ikkinchidan, 
    tarmoqdagi xizmat va ma’lumotlar asosan horijiy tillarda berilgan. O‘zbek tilida joriy qilingan 
    xizmatlar, nashr qilingan ma’lumotlar hozircha ko‘p emas. 
    Mavjud hayotdagi bor narsalar Internetda-umumjahon kompyuter tarmog‘ida ham 
    mujassam. Uni mukammal egallasangiz: xat yozib, javobini soniyalarda olasiz; tanishib, 
    davra 
    suhbatlar qurasiz
    , seminar, konferentsiyalarda qatnashasiz;sirtqi o‘quv yurtlarda ta’lim olasiz; til 
    o‘rganib, xorijiy matnlarni tarjima qilasiz, lug‘atlardan foydalanasiz; ajoyib umumjahon 
    entsiklopediyalaridan foydalanasiz; kitob, gazeta va boshqalarni o‘qiysiz, uyingizda dunyo 
    kutubxonasi bo‘ladi; uyingizda o‘tirib biznes va ijod bilan shug‘ullanasiz; pulli va pulsiz amallar 
    bajarasiz; dunyoga sayohat qilasiz; virtual (xayoliy) hayotga kirasiz va hokazo.
    [5].
    Xullas, Internetda ham hayotdagidek barcha voqea va hodisalarda real va virtual ishtirok 
    etishingiz mumkin. 
    Virtual borliq deb real dunyoni kompyuter simulyatsiyasi orqali yaratilgan muhitiga 
    aytiladi. Virtual borliqning asosiy 3 ta xususiyati mavjud. Ular: 

    ta’sir doirasining kengligi; 

    yuqori vizuallashganligi; - uch o‘lchovli muhit. 

    Multimedianing kirib kelishi axborot texnologiyalari sohasida yangi davrni boshlab berdi. 


    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    1460 

    “D” atamasi inglizcha “dimensions” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘lchamlar” ma’nosini beradi. 
    3D texnologiyasi tasvirni vizual va tovushli uzatib berishning dunyodagi eng ilg‘or usuli 
    hisoblanadi. 

    Hozirgi kunda uch o‘lchamli haykallar, yirik ob’ektlarning kichraytirilgan modellari 
    (mashinalar, samolyotlar, binolar), shuningdek, turli ilmiy ishlanmalar modellarini yasash 
    imkoniyati mavjud. Buning uchun albatta 3D printerlardan foydalanilmoqda. 

    3D printerlar - uch o‘lchamli chizmalar asosida narsa-buyumlar “chop etuvchi” printerlardir. 
    Hozircha bu kabi ishlanmalar tor doirada amalga oshirilayotgan bo‘lsa, yaqin kelajakda bemalol 
    uy sharoitida 3D-printerdan masalan bir juft krossovka, kiyim yoki ro‘zg‘or buyumi chiqarib 
    olishning imkoni bo‘ladi. 

    Uch o‘lchamli chop etilayotgan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak, ushbu 
    texnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Boeing kompaniyasi o‘z samolyotlarining 200 
    dan ortiq detallarini 3D-chop etish texnologiyasi asosida ishlab chiqmoqda. 5-rasm. 3D printerlar 
    va ular yordamida ishlab chiqilgan mahsultlar 

    Uch o‘lchamli chop etiladigan mahsulotlarning narxi pasayishini inobatga olsak, ushbu 
    tehnologiyaga talab oshmoqda. Bugungi kunda Bocing kompaniyasi o‘z samoliyotlarining 200da 
    ortiq detallarini 3D chop etish texnologiyasi asosida ishlab chiqilmoqda.
    [6].

    Download 0,63 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,63 Mb.
    Pdf ko'rish