SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1458
imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu
olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual
olam-inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy
ifodasidir. Ammo virtual
borliq real fizik borliqdek
lazzat baxsh eta olmaydi,
chunki bu borliq
ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi
bilan emas, balki uni biz qanday
idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda
paydo bo‘luvchi histuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi.
Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas va h.k.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois
virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong,
ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi.
Virtual borliq
ob’ektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda, u
inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’iy nazar
yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga -
bilimlar,
emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning
boshqa unsurlariga qarab
, har xil idrok etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda.
Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda, jumladan
fizikada suyuqlik va
gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaktsiyalar modelini tuzishda,
geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
[3] [6].
Virtual borliq
–bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo‘lib, u atrof-muhitni odatiy
usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga
qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini
ishlab chiqishga qaratilgan
axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib
bo‘lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.
Virtual borliq