`
29
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
TA’LIMDA VIRTUAL BORLIQ VA UNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI
Mamirxo‘jayev Muhammadamin Mavlonbek o‘g‘li
1
Umaraliyev Jamshidbek To‘xtasin o‘g‘li
2
Sotvoldiyeva Mohiraxon Baxromjon qizi
3
1-2-3
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.6621404
Annotatsiya:
Ushbu maqolada birinchi navbatda virtual borliq tushunchasi,
uning texnalogiyasi. Virtual borliq qachondan boshlab paydo bo’lgani va
rivojlangani haqida.
Shu bilan bir qatorda, virtual borliqni ta’lim va inson
hhayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Virtual borliq, belgili-grafik,
modеllashtiruvchi pеdagogik,
kompyutеr o‘yinlari, kosmik trenajyorlar, ko‘rgazma-savdo, virtual ta’lim.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini komyuterda
yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda obektiv borliqni tabiiy
sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kom‘yuter
grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy yaratilgan komyuter axboroti egallaydi.
Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his
qilish mumkin emas. SHunga qaramay, u mavjud
va inson bu xayoliy olamga
kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga tasir ko‘rsatish
imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni
o‘zgartira oladi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga
xos shakli va odamlar
ma‘naviy aloqasining alohida madaniy shaklidir. Virtual borliq texnologiyasi
zamirida birinchi marta XX asr 60-yillarining o‘rtalarida paydobo‘lgan
komyuterlar yordamida foydalanuvchi boshqara oladigan dunyolar model
yaratish mumkin, degan g‘oya yotadi.Virtual borliq
tizimlari ilmiy davralarda
texnologiyalar ongda o‘zgarish yasaydigan kelajakning qiyofasi xususida qizg‘in
bahsga sabab bo‘lmoqda. Ammo virtual borliq tizimlarini ishlab chiqish va kiber
maydonni yaratish inqilobiy - ijtimoiy natijaga olib keladi, degan fikrni virtual
borliq texnologiyasining
ilk yaratuvchilari ham, kiborg-postmodernizm
nazariyachilari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Inson qo‘lida dunyoni bilishning
qudratli quroli,
uning yordamchisi, ijodiy faoliyat uchun shart-sharoit yaratish
vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi axborot texnologiyasi ayni vaqtda dunyoni
bilishning an‘anaviy verbal usulini audiovizual
bilish usuli bilan
almashtirmoqda, odamlarda sun‘iy olamga kirish illyuziyasini vujudga
keltirmoqdaki, ular bu sun‘iy borliqni amalda mavjud borliq deb qabul
qilmoqdalar. Bu borliq «virtual borliq» deb nomlanadi.
Virtual negizga ega
bo‘lgan bu borliq odatdagi fizik borliq bilan bir qatorda ob‘ektiv tarzda
mavjuddir. «Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset