• Nazariy qism
  • Virtual yadroli protsessor ish tartibini o‘rganish ishdan maqsad




    Download 496,41 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana09.07.2024
    Hajmi496,41 Kb.
    #267099
      1   2   3


    37
    VIRTUAL YADROLI PROTSESSOR ISH TARTIBINI
    O‘RGANISH
    Ishdan maqsad:
    Protsessor yadrolari va virtual yadrolar arxitekturasini
    o‘rganish va tahlil qilish. Shuningdek kompyuterda virtual yadro yarata
    olish va undan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
    Nazariy qism
    Protsessor yadrolari
    Kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va
    boshqarish vazifalarini bajaradigan asosiy qurilma bu kompyuterning
    protsessori hisoblanadi. Protsessorlar har qanday qayta ishlash tizimining
    eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir va protsessorlar o‘z navbatida
    yadrolardan tashkil topadi. (7.1-rasm).
    7.1-rasm. Kompyuter protsessorining yadrolari
    Ushbu 7.1-rasmda tasvirlanganidek vaqt o‘tishi bilan protsessorlar
    yadrolari ham ancha oshib borganini ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi kunda
    nafaqat 4 yadroli balki 8 yadro va undan ko‘p yadroli protsessorlar ham
    mavjud.
    Virtual yadrolar
    Protsessorlarning har xil turlari va yadrolari o‘rtasidagi farqni
    tushunish uchun avvalo jismoniy yadrolar va mantiqiy yadrolar
    o‘rtasidagi farqni tushunishimiz kerak bo‘ladi. Jismoniy yadro
    protsessorning haqiqiy apparat komponenti bo‘lib, bu bitta protsessorda


    38 
    joylashgan bitta yacheykani egallagan protsessor hisoblanadi. Agar 
    shaxsiy kompyuterimiz 4 (to‘rt) yadroli bo‘lsa bunda kompyuterning 
    protsessorida 4 ta jismoniy yadro mavjud. Agar protsessorimiz 8 (sakkiz) 
    yadroli bo‘lsa, protsessorda 8 ta yacheyka bo‘ladi. Boshqacha qilib 
    aytganda, protsessorda joylashgan har bir yadro, buyruqlarni qayta ishlash 
    uchun alohida protsessorga o‘xshaydi.
    Yadrolar albatta protsessor tezligiga hissa qo‘shadigan yagona omil 
    emas, balki ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ko‘proq resurs talab 
    qiladigan jarayonlarga ega bo‘lgan mashinalar uchun yadro sonining 
    ko‘payishiga olib keladi va mantiqiy yadro degan tushunchani hosil 
    qiladi. Mantiqiy yadro (mantiqiy protsessor va virtual yadro sifatida ham 
    tanilgan) bir vaqtning o‘zida ko‘p oqimlar (multithreding)dan dan 
    foydalangan holda operatsion tizimlar protsessorlarni ko‘rish usulini 
    tavsiflash uchun ishlatiladigan tushunchasidir. Multithreading yoki 
    Hyper-hreading - bu, protsessorlar yadrolarini oqimlarga ajratib bir 
    nechta jarayonlarni bir siklda ishlashiga imkon beradi (7.2-rasm).
    7.2-rasm. 4 yadroli protsessor oqimlarga bo‘linishi 
    7.2-rasnda tasvirlanganidek, bitta protsessor yadrosi har bir yadroda 
    2 tagacha oqimga ega bo‘lishi mumkin. Misol uchun, agar protsessor 2 
    yadro(core)li bo‘lsa u 4 ta oqim(thred)ga ega bo‘ladi yoki protsessor 8 
    yadro(core)li bo‘lsa, u 16 ta oqim(thred)ga ega bo‘ladi. 


    39 
    Hyper-Threading texnologiyasi va arxitekturasi 
    Hyper-Threading (HT) - bu har bir yadroda bir nechta oqimni 
    ishlatish imkonini beruvchi texnologiyasi bo‘lib ko‘proq oqimlar parallel 
    ravishda ko‘proq ish qilish mumkinligini anglatadi. Hyper-Threading 
    texnologiyasi qo‘shimchalar hisoblash ehtiyojlari o‘zgarishi bo‘yicha 
    protsessor o‘rtasida ularning resurslarini qayta taqsimlaydi. Ko‘p oqimli 
    qo‘shimchalari bilan oqimlarni parallel bajarishga imkon berib u 
    protsessor resurslaridan maksimal samarali foydalanishni ta’minlaydi va 
    aniq vaqt davomida ko‘proq ish bajarishni amalga oshirishga yordam 
    beradi. 
    Hyper-Threading 
    texnologiyasi 
    protsessor 
    resurslaridan 
    foydalanishni samarasini oshiradi, axborotlarni ishlab chiqish tezligi va 
    tizimning 
    umumiy 
    mahsuldorligini 
    oshiradi. 
    Hyper-threading 
    texnologiyasi Intel va AMD protsessorlarida jismoniy yadrolarni virtual 
    yadrolarga bo‘lish jarayonining nomlari bo‘lib, bu bitta yadroga bir 
    nechta oqimlarni samaraliroq qayta ishlash imkonini beradi (7.3-rasm). 
    7.3-rasm. Hyper-Threading texnologiyasining ishlash arxitekturasi 
    Hyper-Threading texnologiyasi ikkita mantiqiy protsessorni bitta 
    chipda amalga oshirish orqali jarayon va oqim darajasidagi parallelizm 
    uchun ushbu yordamdan foydalanadi. Ushbu konfiguratsiya har bir 
    mantiqiy protsessorda oqimni bajarishga imkon beradi. Ikkala oqimdagi 
    ko‘rsatmalar bir vaqtning o‘zida protsessor yadrosi tomonidan bajarilishi 
    uchun yuboriladi. Protsessor yadrosi har bir soat siklida iloji boricha 
    ko‘proq ijro birliklarini band qilish uchun tartibsiz ko‘rsatmalarni 
    rejalashtirishdan foydalanib, ushbu ikkita oqimni bir vaqtning o‘zida 
    bajaradi. 

    Download 496,41 Kb.
      1   2   3




    Download 496,41 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Virtual yadroli protsessor ish tartibini o‘rganish ishdan maqsad

    Download 496,41 Kb.
    Pdf ko'rish