40
Amaliy qism
Kompyuterimizning
protsessorini
mantiqiy
yadrolarini
aniqlashning bir necha usullari mavjud bo‘lib,
biz ushbu usullardan
amaliyotda ikkitasini amalga oshirib Intel Core i7 protsessorining
yadrolar va mantiqiy yadrolar sonini ko‘ramiz
va ushbu protsessorning
yadrolari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
1-usul.
Ushbu usul soddagina usul hisoblanib, kompyuterimizning
klavaturasidan CTRL+SHIFT+ESC tugmalarini birgalikda bosish orqali
buyrug‘ni amalga oshirish mumkin(7.4-rasm).
1.4-rasm. Intel Core i7 protsessorining yadro
va mantiqiy yadrolar
sonini CTRL+SHIFT+ESC tugmalari orqali
aniqlash
2-usul.
Ushbu usul bizga biroz kod yozishni talab etadii, ya’ni
shaxsiy kompyuterimizning PoweShell buyruqlar paneli orqali ushbu:
WMIC
CPU Get DeviceID,NumberOfLogicalProcessors
buyruq kodini kiritib ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz mumkin (7.5-rasm).
7.5-rasm. Intel Core i7 protsessorining mantiqiy yadrolar sonini
PoweShell buyruqlar paneli
orqali aniqlash
41
3-usul.
Kompyuterimizning mantiqiy yadrolarini aniqlashning yana
bir usuli sifatida AIDA64.exe (ushbu dastur haqida va dasturni o‘rnatish
ketma-ketlig 1-amaliy ishda keltirilgan) dasturini misol keltirishimiz
mumkin (7.6-rasm).
7.6-rasm. Intel Core i7 protsessorining yadro va mantiqiy yadrolar
sonini AIDA64 dasturi yordamida aniqlash
Yadro va virtual yadrolar tahlili
Shunday qilib, protsessordagi har bir yadro bir vaqtning o‘zida
alohida vazifani bajarishi mumkin, bunda umumiy bajarish tezligi tezroq
bo‘ladi.
Shuni
yodda
tutish
kerakki,
Hyper-Threading
faqat
ko‘rsatmalarni kanalizatsiya qilishda yordam beradi, bu protsessorlarning
jismoniy yadrolarini oshirmaydi. Hyper-Threading yordamida operatsion
tizim har bir jismoniy yadroni ikkita virtual yoki mantiqiy yadro sifatida
taniydi. Hyper-Threading protsessorda joylashgan yadrolar sonini deyarli
ikki baravar oshiradi va vazifalarni yanada samaraliroq rejalashtirish
imkonini beradi. Virtual yadrolar jismoniy
yadroga nisbatan taxminan
50% ko‘proq ishlashni ta’minlaydi. Shunday qilib,
ikki yadroli
protsessorlar virtual to‘rt yadroli kabi ishlaydi,
lekin virtual yadrolar
yadrolar kabi tez emas.