|
Rasm. 7 Vektorli grafikaning dizayn va animatsiyada qo
|
bet | 8/23 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #258729 |
Bog'liq Najmiddinov Biloldin Kompyuter grafikasiRasm. 7 Vektorli grafikaning dizayn va animatsiyada qo’llanilishi
Vektorli grafikaning eng qulay tomoni u chiqarish qurilmalarining barcha sifat sig’imi imkoniyatlaridan foydalanadi. Ya’ni vektor buyruqlari chiqarish qurilmasiga, aytaylik printerga berilgan masshtabdagi tasvir chiziq va ranglarini printer qancha nuqtadan iborat qilib chiza olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyuradi. Agar rastrli format printerga chegaralangan nuqtalar to’plamidan foydalanib chop ettishni buyursa, vektorli format printer qancha nuqtalar to’plamini qo’llay olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyruq beradi.
Vektorli tasvirlar kompyuterdan chiqarish qurilmasi (printer)ga turli vektor buyruqlarini yo’llaydi. Printerlarda o’zining mikroprotsessori bo’lib, u buyruqlarni qayta ishlaydi va ularni nuqta ko’rinishda qog’ozga tushiradi. Printerlarning turiga qarab ayrim hollarda kompyuter va printer orasidagi ikki mikroprotsessorning axborotlarni qayta ishlashida muammolar yuzaga keladi va natijada tasvir qog’ozda qisman yoki umuman chop etmasligi yoki ekranga xatolik haqidagi axborot chiqarilishi mumkin.
Imkoniyatlari:
Vektor grafikasi printerning barcha sifat sig’imidan foydalanib, tasvir masshtabi o’zgartirilganda ham uning sifatini saqlab qoladi;
Vektor grafikasi alohida ob’ektlarni tahrirlash imkonini beradi va tasvirlar oson tahrirlanadi;
Vektorli grafika agar tasvirda rastrli ob’ektlar qo’llanmagan bo’lsa xotirada kam joy egallaydi.
Corel DRAWda ishlash
Hujjatni yaratish va ochish
CorelDraw dasturi ishga tushirilgandan keyin ekranda COREL DRAWga XUSH KILIBSIZ (welcome to Corel DRAW) suzi nomayon bo’ladi va dasturni ishga tushirishning bir nechta variantlarini tanlashni suraydi: Yangi hujjat (New Graphic), oxirgi ishlangan hujjatni ochish (Open Last Edited), Hujjatni ochish (Open Graphic), tayyor shablonlarni ochish (Template), dastur urgatuvchini ishga tushirish (CorelTUROR), Nima yangilik? (What is New?)
Yangi hujjatni yaratish uchun menuning Fayl (File) va Yangi hujjat buyrugi (New) yoki instrumentlar panelidagi maxsus tugma bosiladi. Hujjatni ochish uchun, menuning Fayl (File) va Оchish (Open) buyruglari yoki instrumentlar panelidagi maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
CorelDRAW dasturida bir vaqtning uzida bir nechta hujjatlar bilan ishlash imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak bo’lmagan hujjatlarni yopib qo’ysa ham bo’ladi. Bu esa menuning Fayl Yopish(Close) buyrugi erdamida amalga oshiriladi.
|
| |