|
Bosh menyu
|
bet | 25/27 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #256320 |
Bog'liq Nosirjonov S Delphi dasturlash tilimisol. “Panel” tugmachasidan foydalanish.
Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib, forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda “Panel1” maydonini hosil qilamiz.
Standard komponentalar palitrasidan “Edit1” tugmasini hosil qilamiz.
Panel1 maydoni ustiga “Button1” va “Button2” tugmalarini hosil qilamiz.
“Button1” tugmachasini ustiga sichqoncha tugmacahsini ketma-ket ikki marta bosamiz va dasturlash maydonchasiga quyidagi dasturni kiritamiz: Form1.close;
“Button2” tugmachasini ustiga sichqoncha tugmacahsini ketma-ket ikki marta bosamiz va dasturlash maydonchasiga quyidagi dasturni kiritamiz: edit1.Text:='';
edit1.SetFocus;
2.3.21-rasm. Panel tugmachasidan foydalanish
Dasturlash maydonchasidagi amallar ketma-ketligi bajarilishi uchun “F9”
tugmasini tanlaymiz.
2.3.22-rasm. Panel tugmachasidan foydalanish
Hosil bo‘lgan dasturda “Button1” tugmachasini bir marta bosangiz dasturdan chiqasiz. Agar “Button2” tugmachasini tanlasangiz Edit qatoriga kiritilgan matinni o‘chiradi.
MainMenu va PopupMenu tugmachalarida foydalanish
MainMenu va PopupMenu tugmachalari menyu yaratishda foydalaniladi. PopupMenu tugmachasi ustun bo‘yicha menyu yaratish uchun mo‘ljalangan bo‘lsa, MainMenu tugmachasi esa ustun va satrlar bo‘yicha menyular yaratishda foydalaniladi. Menyu yaratish tugmachalaridan foydalanishimiz uchun, Dastur oynasning Standard komponentalar palitrasidan yoki piktogrammasi belgilanib, forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda joylashtiriladi.
|
| |