|
Bosh menyu
|
bet | 20/27 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #256320 |
Bog'liq Nosirjonov S Delphi dasturlash tilimisol. “Edit” matn kiritish va chiqarish qatoridan foydalanishni ko‘rib chiqamiz.
Standard komponentalar palitrasidan “ab” piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda “Edit1”matn kiritilishi va ikkinchi marotaba “Edit2” chiqarilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi.
Standard komponentalar palitrasidan “Button1” tugmasini hosil qilamiz.
Natijada hosil bo‘lgan “Button1” tugmasi ustiga sichqoncha tugmachasini ikki marta bosib, dasturlash maydonchasini hosil qilamiz.
Demak, hosil bo‘lgan maydonchaga quyidagi dasturni kiritamiz:
var m:integer; begin
m:=strtoint(edit1.Text); edit2.text:=edit2.text+'Kiritilgan son='+inttostr(m); end;
end.
2.3.9-rasm. Edit tugmachasidan foydalanish.
Dastur bajarilish uchun “F9” tugmasini tanlaymiz.
Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan katakchaga (Edit1) maydoniga 6 sonini kiritamiz. Natijada “Edit2” maydonida “Kiritilgan son=6” ko‘rinish paydo bo‘ladi.
2.3.10-rasm. Edit tugmachasidan foydalanish.
CheckBox tugmachasidan foydalanish.
CheckBox – fоrmаdа o‘chirish yoki belgilash vazifasini hosil qilish uchun xizmat qiladi. O‘chirish yoki belgilash vazifasini hosil qilish tugmachasini ekranga joylash uchun Delphining Standard komponentalar palitrasidan piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda o‘chirish yoki belgilash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada “CheckBox1” o‘chirish yoki belgilash maydoni hosil qilinadi. O‘chirish yoki belgilash dastur ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi.
|
| |