Button tugmachasi.
Button tugmachasini bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim bo‘lgan operatsiyalar) bajarilishga xizmat qiladi.
2.3.4-rasm. Button tugmachasidan foydalanish.
Tugmachadagi so‘zni kattartirish yoki kichiklashtirishga to‘g‘ri kelsa, ob’еktlar inspеktorining Font-{Tfon} bandi tanlanadi va bu yerdan kerakli o‘lchamlarni tanlash mumkin.
Yuqorida paydo bo‘lgan ko‘rinishdan nafaqat Button tugmachasi ustida amallar bajaribgina qolmasdan, boshqa tugmalar ustida ham bajarish, shu bilan bir qatorda dasturlash maydonchasiga turli xil bezaklar berishda ham foydalanishimiz mumkin.
Demak, Button tugmachasi bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar bajarilishga xizmat qilar ekan. Biz bu tugmachaga doir bir nechta misollar ko‘rib chiqamiz.
1-misol. Dasturdan chiqish buyrug‘ini bajaruvchi dastur tuzing.
Standard komponentalar palitrasidan “Button1” tugmasini hosil qilamiz va sichqoncha tugmasini ikki marta bosgan holda “Until1.pas” maydoniga “form1.close” buyrug‘ini kiritamiz (2.3.5-rasm).
Standard komponentalar palitrasidan “Button1” tugmasini hosil qilamiz va sichqoncha tugmasini ikki marta bosgan holda “Until1.pas” maydoniga “form1.close” buyrug‘ini kiritamiz (2.3.5-rasm).
2.3.5-rasm . Dasturlash oynasida “Button” tugmasinidan foydalanish.
Yuqoridagi topshiriq bajarilgandan so‘ng, bu dasturni birinchi marotaba “File→Save As”, Ikkinchi marotaba “File→Save project As” ketma-ketlikni bajaramiz va dasturdan chiqib, “project1” faylni qayta yuklaymiz. Natijada quyidagi ko‘rinish paydo bo‘ladi(2.3.6-rasm).
2.3.6-rasm. Button tugmachasidan foydalanish.
Agar siz tugmacha ustiga sichqoncha chap tugmasini birmarta bossangiz hosil qilingan dasturdan chiqishga muyassar bo‘lasiz.
|