Miyassarov Davron Abdurashid o‘g‘li
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Investitsiya va innovatsiyalar”
kafedrasi assistenti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada iqtisodiy islohotlar davrida milliy iqtisodiyotning tarmoq tarkibi samaradorligini yanada
oshirishda xizmat ko‘rsatish sohasida investitsion jarayonlarni rivojlantirishning ahamiyati va dolzarbligi muhokama
qilinadi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar iqisodiyotida investitsiyalarni moliyalashtirish yo‘nalishlari bilan bog‘liq xulo-
salar va takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
jahon iqtisodiyoti, rivojlangan davlatlar, xizmat ko‘rsatish sohasi, xususiy sektor, davlat-xususiy sherikligi,
loyiha, model, infratuzilma, milliy iqtisodiyot, moliyalashtirish manbalari, xorijiy investitsiya.
Abstract:
This article discusses the importance and relevance of the development of investment processes in the service
sector in order to further increase the efficiency of the network structure of the national economy in the period of economic
reforms. Also, conclusions and proposals related to the directions of financing investments in the economy of developed
countries are given.
Key words:
world economy, developed countries, service sector, private sector, public-private partnership, project, model,
infrastructure, national economy, financing sources, foreign investment.
Аннотация:
В данной статье рассматривается важность и актуальность развития инвестиционных процессов в
сфере услуг в целях дальнейшего повышения эффективности сетевой структуры национальной экономики в
период экономических реформ. Также даны выводы и предложения, связанные с направлениями финансиро
-
вания инвестиций в экономику развитых стран.
Ключевые слова:
мировая экономика, развитые страны, сфера услуг, частный сектор, государственно-частное
партнерство, проект, модель, инфраструктура, национальная экономика, источники финансирования, ино
-
странные инвестиции.
K I R I S H
Mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish sharoitlarida hamda mam-
lakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga tobora integratsiyalashuvi kuzatilayotgan holatda xizmat ko‘rsatish
sohasida investitsiyalash jarayonlarining jahon tajribasini faol o‘rganish va tatbiq etish dolzarb hisoblanadi.
Muvaffaqiyatli jahon tajribasining ko‘rsatishicha, innovatsiyalarning tobora katta qismi tadbirkorlik sohasida
yaratilmoqda. Ushbu korxonalar, avvalo yirik korporatsiyalar bo‘lib, ular fundamental va amaliy tavsifdagi tad-
qiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish va tijoratlashtirish bilan kichik ilmiy sig‘imga ega korxonalar innovat-
sion izlanishlari natijalarini umumlashtiruvchi yirik loyihalarni ishlab chiqish, yangi g‘oya va bozorlarni global
miqyosda qidirish, dunyoning turli mamlakatlarida ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bilan shug‘ullanishadi.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Jahonda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi rivojlanishining ilmiy-metodologik jihatlari ko‘plab xorijlik
olimlar
1
, jumladan: V.V.Kulibanova, K.X.Xaksever, B.R.Render, R.S.Rassel, R.G.Merdik, S.N.Korobkova,
V.I.Kravchenko, S.V.Orlov, I.P.Pavlova va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Ushbu muammolarni o‘rgan-
1
Управление и организация в сфере услуг: теория и практика: Service Management and Operation – 2-е международ. изд. (пер.
с англ под науч. ред. В.В.Кулибановой) / К.Х.Хаксевер, Б.Р.Рендер, Р.С.Рассел, Р.Г.Мердик. – СПб и др.:ПИТЕР, ПИТЕР бух,
2002. – 751 с.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
636
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2024-yil, yanvar.
№
1-son.
ishga o‘zbekistonlik olimlardan
2
B.A.Adukarimov, M.Q.Pardayev, I.S.Tuxliyev, D.R.Zaynalov, B.X.To‘rayev,
E.S.Fayziyev, B.Sh.Safarov, Sh.O.Quvondiqov va boshqalarning ilmiy ishlari bag‘ishlangan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Bugungi kunda sanoati rivojlangan davlatlar ilmiy-innovatsion rivojlanishining uch asosiy modeli turini
ajratib ko‘rsatish mumkin:
●
ilmiy sohada yetakchilik qilishga, ilmiy-ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi yirik
miqyosdagi maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ixtisoslashgan hamda mudofaa sohasida muayyan
ulushdagi ilmiy-innovatsion salohiyatga ega davlatlar (AQSH, Angliya, Fransiya);
●
ilmiy yangiliklarni joriy etishga, qulay innovatsion muhitni yaratishga va butun iqtisodiyot tizimini oqilona-
lashtirishga ixtisoslashgan davlatlar (Germaniya, Shvetsiya, Shveysariya);
●
innovatsion infratuzilmani rivojlantirish orqali ilmiy yangiliklarni rag‘batlantirishga, jahon fan-texnika
taraqqiyoti yutuqlarini o‘zlashtirishni ta’minlashga va ilm-fan va texnika sohasida turli bo‘limlar faoliyat-
larini muvofiqlashtirishga ixtisoslashgan davlatlar
3
.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida barcha tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar innovatsion
faolligining mazmuni va miqyosi oshishi umumiy global tendensiyaga aylandi. Uning o‘ziga xos xususiyati
shundaki, ilm-fan sohasiga kiritilayotgan qo‘yilmalar hajmiga ko‘ra davlatlar farqlanishi moliyalashtirish man-
balariga ko‘ra kapital qo‘yilmalar tarkibiy tuzilmasining tasniflanishida ham, iqtisodiyot uchun yangi bilimlarni
olish manbalarida ham namoyon bo‘ladi: kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi bilan nobudjet moliyalashtirish
manbalarining ahamiyati ham ortib boradi va ilmiy tadqiqotlar konsentratsiyasi yo‘nalishining davlat sektoridan
biznes-tuzilmalar tomoniga o‘zgarishiga olib keladi.
Jumladan, ilmiy sohaga kiritilayotgan qo‘yilmalar hajmi YAIMga nisbatan 3,0 %ga yaqinni tashkil etadigan
davlatlarda moliyalashtirishning asosiy manbasi bo‘lib, tadbirkorlik sektori hisoblanadi. Bu jami qo‘yilmalarning
2/3 qismini tashkil etadi
4
. Bunday davlatlarda (AQSH, Yaponiya, Shveysariya va Shvetsiya) ilmiy faoliyat faol
tarzda xo‘jalik yurituvchi subyektlar doirasida amalga oshiriladi va 70,0 foizdan ortiqroq ilmiy natijalar iqtisodi-
yotning aynan ushbu sektorida yaratiladi, fundamental ilmiy soha esa bozorga ilmiy-texnika mahsulotlarining
atigi 1/6 qismini taklif etadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga xarajatlar YAIMga nisbatan 1,0 %dan kamroqni tashkil
etadigan davlatlar guruhida esa teskari vaziyatni ko‘rishimiz mumkin: bunday davlatlarda ilmiy soha ta’minoti
asosan davlat manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va amaliyotga joriy
etishga yo‘naltirilgan ilmiy natijalarni olishda tadbirkorlik sektori nisbatan faol hisoblanadi. Ya’ni, iqtisodiyotning
ushbu sektorida xususiy tadqiqot ishlariga ustuvorlik beriladi va bu investitsiyalarning yuqori samaradorligini
ta’minlaydi. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, sanoati rivojlangan davlatlarda xususiy kompaniyalarning
innovatsion faoliyati qat’iy maqsadga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanadi va 27,0 %ga yaqin ilmiy loyihalar yuqori
iqtisodiy natijalar bilan amalga oshiriladi. Umumiy holatda esa, tugallangan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-
torlik ishlari bosqichidan boshlanuvchi atigi 0,03 % g‘oyalar va 0,8 % loyihalar
5
yakunida ijobiy moliyaviy natija
keltiradi.
Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqi davlatlarida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
vositalaridan biri – bu Yevropa ilmiy hamjamiyatini tashkil etish loyihasi hisoblanib, uning maqsadi Yevropa va
milliy ilmiy siyosatning uzviy o‘zaro aloqalariga, bilim va ma’lumotlar almashinuviga asoslanib, Yevropa Ittifoqi
davlatlari ilmiy salohiyati va moddiy resurslaridan maksimal samarali foydalanish hamda YEI davlatlari hudu-
dida olimlarning erkin harakatlanishini ta’minlash hisoblanadi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda davlat buyurtmalari iqtisodiy qo‘llab-quv-
vatlash va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muntazam iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish tizimining bir elementi
2
Adukarimov B.A. Ichki savdo iqtisodiyoti. Darslik, II qism T.: “Fan va texnologiya”. 2008.; Pardayev M.Q., Isroilov J.I., G‘apparov
A.Q. Xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish muammolari. Risola. Samarqand. “Zarafshon”, 2009. - 66 b.- 4,1
b.t.; Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.Sh., Tursunova G.R. Turizm asoslari. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2014. - 332 b.;
Зайналов Д.Р. Услуги и сервис как экономическая категория. // “Servis” jurnali. Samarkand: 2009, 1-son. – 70-77 betlar. – 0,6 б.т.;
Тураев Б.Х. Организационно-экономические механизмы регионального туризма. – Т.: Фан, 2009. – 153 с.; Fayziyev E.S. Servis
sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni. Risola. T.: 'Fan va texnologiya', 2007. – 16 b.-1,0 b.t.; Safarov B.Sh. Milliy turizm xizmatlar bozorini
innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslari // Monografiya – T.: Fan va texnologiya, 2016. – 184 b.; Quvondiqov Sh.O. Xizmat
sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari. Iqtisod fanlari nomzodi dis. avtoreferati. Samarqand: SamISI, 2008.- 23 b.
3
В.А.Цукерман, Т.В.Хамидулина. Эффективная региональная бюджетная политика в стимулировании инноваций // Проблемы
совершенствования бюджетной политики регионов, городов и коммун России и стран Северной Европы: Сб. науч. ст. по. мат.
науч.-практ. конф. / ПертГУ. – Петрозаводск, 2003.
4
http://stats.oecd.org/ (murojaat qilingan sana: 22/08/2019).
5
http://stats.oecd.org/ (murojaat qilingan sana: 22/08/2019).
637
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2024-yil, yanvar.
№
1-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
sifatida keng qo‘llaniladi. Davlat buyurtmalarini joylashtirish va bajarishning xo‘jalik mexanizmi sifatida davlat
buyurtmalari bozori namoyon bo‘ladi. Ushbu bozorda shartnomalar tizimi orqali davlat-buyurtmachi bilan turli
mulkchilik shaklidagi xo‘jalik subyektlari o‘rtasida iqtisodiy va shartnomaviy aloqalar o‘rnatiladi va amalga
oshiriladi. Umumiy qabul qilingan bozor mexanizmlari va institutlari bilan birga davlat buyurtmalari bozori
maxsus tashkil etilgan institutlarga ham ega bo‘lib, ular xo‘jalik aloqalarining o‘ziga xos xususiyatlarini, birin-
chi navbatda, maxsus me’yoriy-huquqiy baza, nazorat qilish instituti, bozorni turli darajalarida boshqarishning
tarkibiy tuzilmalari: federatsiya, hududiy va mahalliy darajalarda belgilaydi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, davlat
buyurtmalari to‘g‘risida qonunchilikning rivojlanishi va shartnomaviy munosabatlar mexanizmining takomillashib
borishi bilan davlat buyurtmalarini rejalashtirish, joylashtirish va bajarish bo‘yicha faoliyatlarni tashkil etuvchi
institut sifatida davlat shartnomalari tizimining shakllanishi sodir bo‘ladi.
AQSHda Federal shartnomalar tizimi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davlat iqtisodiy dasturlarini amalga
oshirish maqsadlarida federal hukumat moliyaviy resurslarini qayta taqsimlashning asosiy mexanizmi bo‘lib
hisoblanadi. Davlat tovar va xizmatlar bozorida har yili AQSH iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ishlab chiqa-
riladigan tovar va xizmatlarning 20,0 foizga yaqini realizatsiya qilinadi. 2000-yillarda federal hukumatning tovar
va xizmatlar xaridiga xarajatlari 700-800 mlrd. dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu federal budjetning uchdan bir
qismidan ortiqroqni tashkil etgan
6
. Har yili davlat buyurtmalari hajmi 1,5-1,7 trln. dollarga yetadi yoki bu jami
sanoat buyurtmalari hajmining 20,0 %ini tashkil etadi. Aholi va harbiy sohaga mo‘ljallangan yangi texnologi-
yalarni yaratish hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari dasturlarini amalga oshirish va qurilish
sohasi uchun har yili har birining qiymati 5 mingdan 2 mlrd. dollargacha bo‘lgan 1,5-2,0 mln. davlat shartnom-
alari rasmiylashtiriladi
7
. AQSHda davlat shartnomasi tovar yetkazib berish, ish, xizmat ko‘rsatish, ilmiy-tadqiqot
va tajriba konstruktorlik ishlarni ishlab chiqish kabilarni ifodalovchi iqtisodiy-huquqiy hujjat hisoblanib, ijro etuv-
chi yoki mas’ul organlar timsolida davlat va pudradchi-korxonalar o‘rtasida mufassal qismlarga bo‘lib yozilgan
kelishuvni ifodalaydi, tomonlarning o‘zaro majburiyatlarini, mas’uliyatini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan chek-
lovlarni, tomonlarning mulkiy va mulkiy bo‘lmagan huquqlarini o‘zida mujassamlashtiradi. U tanlov asosida
tuzilishi zarur hisoblanib, tanlov qat’iy o‘rnatilgan tartib va bosqichlardan iborat bo‘lishi lozim.
Iqtisodiyotni va fan-texnikani tartibga solish va rejalashtirish vositasi sifatida davlat buyurtmasidan foydala-
nish bilan birga davlat barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishda
xususiy tadbirkorlik salohiyatini ham jalb qiladi.
Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarga xos bo‘lgan innovatsiyalarni investitsiyalashning nisbatan harakatchan
shakli bo‘lib venchurli kapital hisoblanadi. Tavakkalchilikka asoslangan moliyalashtirish an’anaviy xo‘jalik yuri-
tishning chegaralarini kengaytiribgina qolmasdan, balki innovatsion faoliyatni takomillashtirish va butun bir iqti-
sodiy tizim faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradigan investitsion mexanizmning yangi turini yuzaga
keltiradi.
Bugungi kunda jahonda uchta asosiy venchurli kapital bozorini ajratib ko‘rsatish mumkin – AQSH va
Kanada, Janubiy-sharqiy Osiyo, Yevropa.
Venchurli biznesning zamonaviy tarixi AQSHda o‘tgan asrning 50-60 yillarida istiqbolli hisoblangan ilg‘or
texnologiyalarni, eng avvalo, kompyuter texnologiyalarini (Silikon vodiysi kompaniyalari) ishlab chiqarish va
amalga oshirishga yo‘naltirilgan kichik va o‘rta xususiy korxonalarni rivojlanishning dastlabki bosqichlarida moli-
yalashtirish uchun unchalik yirik bo‘lmagan kapital oqimini shakllantirishdan boshlangan edi. Hozirda jahondagi
jami venchurli investitsiyalar hajmining teng yarimi AQSH hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
8
.
Venchurli biznes aksionerlik kapitaliga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar tarmog‘ining bir segmenti hisoblanadi,
lekin uning ahamiyatini baholash birmuncha qiyinchilik tug‘diradi, chunki riskli kapital kichik innovatsion kor-
xonalar mavjud bo‘lishining dastlabki bosqichlarida g‘oyadan to mahsulotning bozorga chiqishi va mustahkam
o‘rin egallashigacha bo‘lgan davrda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning amalda asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi.
Investitsiyalashni amalga oshirish bosqichiga bog‘liq holda venchurli fondlarning ixtisoslashuvi mavjud
bo‘ladi. Jumladan, AQSHda dastlabki bosqich fondlari faoliyat yuritib kelmoqda, ular kompyuter texnologi-
yalarining jadal rivojlanishi davrida tadbirkorlikning alohida tarmog‘i sifatida shakllandi va ushbu yo‘nalishning
muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun kuchli turtki berdi.
Hozirgi vaqtda ham AQSHda venchurli investitsiyalar uchun nisbatan yuqori qiziqishga ega tarmoq sifa-
tida kompyuter texnologiyalari tarmog‘i oldingi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ushbu tarmoq doirasida investorlar
va venchurli sarmoyadorlarning qiziqishi eng yuqori bo‘lgan yo‘nalish – bu internet-texnologiyalar, xususan,
elektron biznesga ixtisoslashgan kompaniyalar hisoblanadi. Jozibador yo‘nalishlar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarni
6
Афанасьев М.В., Афанасьева Н.В., Кныш В.А. “Государственные закупки в рыночной экономике”. СПб.: СПбГУЭФ, 2004, с.
91.
7
Федорович В.А., Патрон А.П., Заварухин В.П. США: Федеральная контрактная система и экономика. М.: Наука, 2002, с. 863-
864.
8 https://home.kpmg.com/us/en/home/media/press-releases/2017/10/q3-17-us-venture-capital-investment-reaches-21-5-b-kpmg-re-
port.html
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
638
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2024-yil, yanvar.
№
1-son.
kommunikatsiya texnologiyalari, biotexnologiyalar, meditsina va sog‘liqni saqlash, iste’mol tovarlari va xizmatlar
egallaydi. G‘arbiy Yevropa davlatlarida esa venchurli investitsiyalar tarmoqlar o‘rtasida nisbatan teng taqsim-
lanishga ega hisoblanadi va rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish jarayoni kompaniyalarning keng tarmog‘ini
qamrab oladi. U faqatgina yuqori texnologiyalarni joriy etgan firmalar bilan chegaralanib qolmaydi.
Venchurli investitsiyalar uchun kapital korporativ va individual investorlar – “biznes-angellar” tomonidan
taqdim etiladi. Korporativ sektorning asosiy qismini mustaqil venchurlik fondlari (kompaniyalar, firmalar) tashkil
qilib, odatda ular o‘zida hamkorlikni, sherikchilikni ifodalaydi. Hamkorlik kapitalining asosiy qismi AQSHning
davlat va xususiy pensiya fondlari mablag‘lari hisobiga shakllanadi. Bundan tashqari bu jarayonda tijorat va
investitsion banklar, sug‘urta kompaniyalari, davlat va xayriya fondlari, korporatsiyalar, jismoniy shaxslar ham
faol ishtirok etishadi.
Individual venchur kapitali bozorining kichik innovatsion biznesni rivojlantirish va umuman iqtisodiy rivojla-
nishni ta’minlashdagi rolini quyidagilar orqali ifodalash mumkin:
●
individual venchur kapitali kichik korxonalar rivojlanishining dastlabki bosqichlarida institutsional ven-
chur fondlariga nisbatan muayyan hajmda ko‘proq moliyalashtiradi;
●
muayyan darajada investitsion loyihalarni baholash tajribasiga ega bo‘lgan “biznes-angellar” investit-
siyalarni kiritish yoki rad javobi berish bo‘yicha qarorni institutsional venchur fondlariga nisbatan qisqa
muddatlarda qabul qilishadi va bu butun bir kichik innovatsion biznesni moliyalashtirish jarayonini
yanada harakatchan qiladi;
●
moliyalashtirishning ushbu shakli nisbatan egiluvchan hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida aksionerlik
kapitali, kredit resurslari yoki har ikkalasining muayyan tarkibiy aralashmasiga ega bo‘lgan investitsi-
yalarni namoyon etishi mumkin;
●
“biznes-angellar” institutsional sektordagi venchurli sarmoyadorlarga nisbatan moliyalashtirilgan firma
-
larda ko‘proq darajada “hands-on managemant
9
” tizimini amalga oshiradilar, bunda ular boshqaruvni,
marketing strategiyasini, aloqlarni o‘rnatishni, biznes rejalashtirishni va shu kabilarni rivojlantirish bo‘yicha
kompleks qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradilar. Bu keyinchalik ushbu firmalarga boshqa manbalardan,
avvalo boshqa venchur fondlaridan moliyaviy mablag‘lar jalb qilish imkonini osonlashtiradi;
●
ko‘pchilik holatlarda “biznes-angellar” o‘z geografik hududlari doirasida investitsiyalashni amalga oshi
-
radi va buning sababini investitsiyalarni kiritgan korxona faoliyatida kundalik ishtirok etishning zarurligini
hisobga olgan holda tushuntirish mumkin. Bu esa hududlarda moliyaviy mablag‘larning nisbatan teng
taqsimlanishiga, moliyaviy mablag‘larning kichik biznesni rivojlantirish uchun sarflanishiga va pirovard
natijada hududiy rivojlanishning yanada jadalroq amalga oshishiga imkon beradi.
AQSH va Kanada an’anaviy tarzda birinchi navbatda yangi va juda yosh innovatsion obyektlarni moli-
yalashtirishga ixtisoslashgan. Ularning investitsion siyosatida jiddiy o‘zgarishlar o‘tgan asrning 80-yillarida sodir
bo‘ldi. Ya’ni, venchur kapitali bozoriga yirik pensiya fondlarining kirib kelishi natijasida ortiqcha pul massasining
yuzaga kelishi va sifatli loyihalar sonining yetarli emasligi sharoitida amalga oshirilgan bir qator investitsiyalar
keyinchalik yirik yo‘qotishlarga olib keldi.
Shu sababli ba’zi investorlar korxonalarni rivojlantirishning dastlabki bosqichlarini moliyalashtirishni
to‘xtatishdi va tavakkalchiligi nisbatan kamroq bo‘lgan ancha keyingi boschiqlardagi loyihalarni moliyalashtira
boshladilar. Bir qator firmalarni alohida bitmlar moliyalashtira boshladi, boshqalari esa o‘z investitsion strate
-
giyasi chegaralarini kengaytirishdi va yangi faoliyat sohalarida (masalan, biotexnologiyalar) foydali loyihalarni
qidira boshlashdi. Bunday siyosatning amalga oshirilishi o‘tgan asrning 90-yillariga kelib, sanoat ishlab chiqa-
rishining jadallashuviga va keskin tarzda venchur kapitali hajmining oshishiga olib keldi
10
.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Olib borilgan tadqiqot bo‘yicha quyidagi xulosalarqilindi va taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. Xizmatlar bozorida, hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish shart-sharoitlariga muvofiq sohada xo‘jalik sub
-
yektlari rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirishda investitsion jarayonlarni jadallashti-
rish maqsadida investitsion siyosatni shakllantirishda rivojlanishning muqobil yo‘nalishlari ishlab chiqildi
va xizmat ko‘rsatish sohasining boshqa xo‘jalik subyektlari yoki boshqa tarmoqlarning tashkilotlari bilan
o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish samaradorligini oshirish mexanizmlari aniqlandi.
9
Hands-on management style – faol (amaliy) boshqaruv tizimi, usuli (boshqaruv uslubi va mexanizmlarida tizimli yondashuvga egaligi,
aniq rejalar ishlab chiqish, nazorat qilish tizimi va shu kabilar bilan xarakterlanadi). http://economy_en_ru.academic.ru/29533/
hands-on_management_style
10 https://en.wikipedia.org/wiki/Venture_capital
639
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2024-yil, yanvar.
№
1-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
2. Xizmatlar bozorida hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish shart-sharoitlariga muvofiq sohada xo‘jalik sub
-
yektlari rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish, investitsion jarayonlarni jadallashtirish
lozim.
3. Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning jahon tajribasini o‘rganish va
tahlil qilish orqali tadbirkorlik sektorining muhim va hal qiluvchi rolga ega ekanligi, milliy tizimlarning
jadal rivojlanishini ta’minlash usullari tasniflandi.
4. Xizmat ko‘rsatish sohasi xo‘jalik subyektlariga jalb qilinayotgan turli shakllardagi xususiy investitsi-
yalarning qiyosiy samaradorligi tahlili asosida soha korxonalarida investitsiyalar samaradorligini oshirish
shakllari va usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi. Investitsiyalar samaradorligini baholash
jarayonida muayyan usullar bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun loyiha samaradorligini baholash usul-
lari modifikatsiyalandi.
Yuqorida keltirilgan xulosalar bosqichma-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, viloya-
timiz ham respublika miqyosida iqtisodiyoti rivojlangan eng oldi viloyatlardan biri bo‘la oladi deb bemalol ayta
olamiz.
|