№ 10-son. MEHNAT BOZORINING  RAQAMLASHGAN  IQTISODIYOTDAGI STATISTIK  MASALALARI A. Abduvohidov




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/21
Sana05.06.2024
Hajmi1,48 Mb.
#260662
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
MEHNAT BOZORINING RAQAMLASHGAN IQTISODIYOTDAGI STA-разблокирован


10-son.
MEHNAT BOZORINING 
RAQAMLASHGAN 
IQTISODIYOTDAGI STATISTIK 
MASALALARI
A. Abduvohidov
I. f.d., prof., Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Hozirgi iqtisodiy rivojlanish sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solish mexanizmlarida faoliyat yuri-
tishining obyektiv qonuniyatlarida xo‘jalik va jamiyat hayotini raqamlashtirilishi bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar 
ro‘y bermoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida milliy iqtisodiyotda mehnat bozori mehnat va ish 
o‘rinlarini taqsimlash mexanizmi sifatida nafaqat talab va taklifning umumiy nazariyasi doirasida, balki jamiyat
-
ning iqtisodiy resurslarini iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va sohalari tizimida qayta taqsimlash 
nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Hozirgi vaqtda turli tarkibiy tasnifdagi katta hajmdagi ko‘p turdagi ma’lumot
-
larga ishlov berishning o‘ziga xos sohasi sifatida qaraladigan, axborot va raqamli texnologiyalar qo‘llaniladigan 
sanoat hamda xo‘jalik ijtimoiy faoliyat obyektlari shunday yo‘nalish va sohalar hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’biri bilan aytganda “Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish ker-
akli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin 
bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqti
-
sodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi”
1
.
Shunday ekan, iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida nazariy va metodologik nuqtayi nazardan mehnat 
bozorini o‘rganish mehnat bozorlarining klassik modelini o‘rganish usullari hamda konseptual qoidalariga 
muvofiq amalga oshirishni taqozo etadi. Ammo, iqtisodiy munosabatlarda axborot resurslarining o‘ziga xos xus
-
usiyatlarini namoyon bo‘lishi shartlariga qat’iy rioya qilinishi kerak, chunki bu namoyon bo‘lish mehnat bozori 
faoliyatida o‘ziga xos ta’sirga ega. Bu borada mehnat bozori bir vaqtning o‘zida mehnat va ish o‘rinlarini taqsim
-
lash mexanizmi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborot resurslari va umumfoydalanish sifatidagi milliy 
axborot resurslaridan, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy, xususan, makroiqtisodiy jarayonlarni institut-
sional munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida ham samarali foydalanish mexanizmi sifatida 
qaralganda mehnat bozorini bunday talqin qilish asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Raqamli iqtisodiyotning bandlik va ishsizlik darajasiga ta’sir ko‘lamini tasavvur qilish uchun, “Raqamli iqti-
sodiyot to‘g‘risidagi hisobot–2019: Qiymat yaratish va foyda olish: rivojlanayotgan mamlakatlar uchun oqibat
-
lari” nomli BMT hisobotidagi (BMT, 2020) ma’lumotlarni keltirish mumkin. Hisobotda “Raqamli iqtisodiyot amaliy 
jihatdan deyarli barcha yo‘nalishdagi mashinada o‘qilishi mumkin bo‘lgan juda katta miqdordagi axborotlarni 
(raqamli ma’lumotlar) to‘plash, foydalanish va tahlil qilish xususiyatiga ega ekanligi tufayli shiddat bilan rivojla
-
nishda davom etadi” deb ta’kidlanadi. Bunday raqamli ma’lumotlar turli raqamli platformalarda jismoniy shax
-
slar, ijtimoiy guruhlar yoki korxonalar faolligi natijasida qoladigan “raqamli izlar” tahlil qilish asosida to‘planadi. 
Ma’lumotlarga asoslangan iqtisodiyot rivojlanishining dastlabki bosqichida bo‘lishiga qaramay ma’lumotlar oqi-
mining ko‘lami to‘g‘risida qiyosiy tasavvur qilishga imkon beradigan global Internet protokolining (IP) trafik hajmi 
1992-yilda kuniga 100 Gbga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib sekundiga 45000 Gb dan ortib ketdi. Progno-
zlarga ko‘ra, 2022-yilga kelib global IP-trafik hajmi sekundiga 150,700 Gb ga yetadi, bu Internetda yangi foy
-
dalanuvchilarning ko‘payishi va buyumlar Internetining kengayishi natijasida yuzaga keladi”, – deb ta’kidlanadi 
Hisobotdan keltirilgan “Bunday raqamli ma’lumotlar, shaxslar, ijtimoiy guruhlar yoki korxonalar faolligi natijasida 
turli raqamli platformalarda qoladigan “raqamli izlar” tahlili asosida to‘planadi” degan jumlaga alohida e’tibor 
qaratish joyiz, bu jumla mehnat bozori faoliyatidagi o‘zgarishlar va ularni baholash usullari bilan bog‘liq mua
-
mmolarning jiddiyligini ko‘rsatib beradi, chunki “shaxslar, ijtimoiy guruhlar yoki korxonalar” ning faolligi mehnat 
bozoridan tashqarida amalga oshirilishi mukin emas. 

https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy–25–01–2020. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
406
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
2023-yil, oktyabr.

10-son.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mehnat bozori ishlashining statistik baholash mezonlari 
tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish bu bozorini tadqiq qilishning asosiy konseptual muammolaridan biri 
hisoblanadi. 
Mehnat bozorini ishchi kuchi va ish joylarini tarmoqlar va faoliyat turlari o‘rtasida taqsimlash mexanizmi 
sifatida klassik talqin qilishdan farqli o‘laroq, raqamli iqtisodiyotda bu mexanizm raqamli texnologiyalar (RP) va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida uzluksiz ta’lim tizimning rivojlantirish xususiyatlarini 
belgilaydigan raqamli iqtisodiyot elementlarining shakllantirish va rivojlantirish maxsus omillarini e’tiborga olishi 
kerak. Ikkinchi talqin, shubhasiz, RT sohasi ishchilariga talabni shakllantirish va AKT sohasi uchun kadrlar yet-
kazib berish bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Milliy iqtisodiyotdagi barcha yalpi talab va ishchi kuchi taklifi to‘plami doirasida RT sohasidagi ishchi 
kuchiga talabning va AKT sohasi uchun ishchi kuchi taklifi hajmi va tarkibi bo‘yicha tashkiliy-iqtisodiy ma’lu
-
motlar kompleksidan foydalanishga imkon beruvchi tegishli axborot ta’minoti to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish 
muhimdir. Savolning bunday qo‘yilishi raqamli iqtisodiyotda mehnat bozori faoliyatining samaradorligini statistik 
baholash mezonlari mehnat bozori faoliyatining klassik modellari uchun qo‘llaniladigan baholash mezonlaridan 
farq qilishi bilan bog‘liq. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va raqamli platformalar (RP) ning iqtisodiyot va ijtimoiy 
hayotning barcha sohalarida keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishning 
yangi usullarining joriy etilishi yangi tarmoqlarni yaratishda rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi, chunki inson qobiliyatlari 
rivojlanib boraveradi, odatdagi ish va biznes, tadqiqot va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Har bir inson o‘z 
mahoratini oshirishi va yanada qiziqarli, yaxshi haq to‘lanadigan ish topishi mumkin. Bu yerda, raqamlashtirish 
sharoitida tirik va moddiylashtirilgan mehnat resurslaridan foydalanishga nisbatan iqtisodiy va ijtimoiy munosa
-
batlarni raqamli iqtisodiyotning mehnat bozoriga ta’sirining ijobiy va salbiy tomonlarini ta’kidlash o‘rinlidir.
O‘zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida milliy raqamli iqtisodiyotni 
jadal rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini tubdan takomillashtirish va iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish 
va zamonaviy internet texnologiyalarni turlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi 9 yil ichida 
mazkur ishlar samaradorligini oshirish va istiqbolda sohani rivojlantirish kompleks dasturiga muvofiq axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining mamlakat YaIMdagi ulushi ijobiy tomonga o‘sgan.
Zamonaviy raqamli iqtisodiyotni shakllantirish davrida mehnat bozori bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda 
muhim hisoblanadi. Chunki iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan firmalar, korxonalar, korporatsiyalar, banklar 
faoliyatidagi samarali bandlikni ta’minlash ular uchun malakali ishchi kuchini yetkazish zamon talablaridandir. 
Shunday ekan, mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishi va rivojlanishining muhim shart-sharoiti, vositasi bo‘lib, 
uning subyektlari o‘rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi mehnat bozori axborot tizimini shakllantirishdan iboratdir. 
Mehnat bozorida axborot tizimini takomillashtirish hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari o‘rtasida yagona 
ish bilan bandlik siyosatini yuritish, ular o‘rtasida axborot kommunikatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish transaksion 
xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlari beradi. 
Iqtisodiyotni raqamlashtirilishi natijasida tarkibiy ishsizlikning o‘sishi faqat qisqa muddatli davr uchun xos 
bo‘ladi. Uzoq muddatli davrda kamyob kasblardagi mehnatga to‘lanayotgan katta maosh yangi mutaxassislikni 
egallashga bo‘layotgan intilishni rag‘batlanib boradi. Masalan, hozirgi kunda blokcheyn-tarmoqda mutaxassis-
larga defitsit mavjud bo‘lib, bir xodimga 8–10 tagacha bo‘sh ish o‘rni to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu tarmoqda eng 
kam i haqi to‘lanadigan lavozim dunyo bo‘yicha 3 ming AQSh dollaridan boshlanadi, bu esa insonlarga yangi 
bilimlarga ega bo‘lishga intilishiga rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi. 
Demak, korxonalarning samarasizligi sababli, iqtisodiy faoliyat va ijtimoiy hayotni raqamlashtirish tex
-
nologiya va vositalari majmuasini keng joriy etish asosida ishni qayta tashkil eta olmaydigan ish o‘rinlarini 
yo‘qotish riski bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat va bandlik sohasidagi keskinliklar kuchayishi mumkin. Shuning 
uchun iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlaridagi korxona va tashkilotlarda xodimlarni boshqarish 
siyosatini tubdan qayta qurish zarur bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, raqamlashtirish jarayonlarining qisqa muddatli tarkibiy ishsizlikka ta’sirini baholash 
usullarini ishlab chiqish, chunki uzoq va o‘rta muddatli istiqbolda yangi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyor-
lash tizimida moslashuv yuz beradi, ish vaqtidan foydalanish bo‘yicha milliy ustuvorlik va qadriyatlardan kelib 
chiqib bandlikning nostandart shakllarini rivojlantirish asosida davlat tuzilmalari tomonidan ishsizlikning o‘sishini 
oldini olish choralari ko‘rilishi zarur.


J u r n a l n i n g i l m i y l i g i:
“Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot” 
jurnali
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar 
vazirligi huzuridagi Oliy 
attestatsiya komissiyasi 
rayosatining
2023-yil 1-apreldagi 336/3-
sonli qarori bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan.

Download 1,48 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№ 10-son. MEHNAT BOZORINING  RAQAMLASHGAN  IQTISODIYOTDAGI STATISTIK  MASALALARI A. Abduvohidov

Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish