Terining tuzilishi va anatomiyasi




Download 166,14 Kb.
bet2/4
Sana15.01.2024
Hajmi166,14 Kb.
#137669
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Bosh miyya yarimsharining anatomiyasi va fiziologiyasi

Terining tuzilishi va anatomiyasi
Teri himoya, sekretor, issiqlikni idora etish, retseptor, nafas olish va rezorbsiya, moddalar almanishuvida ishtirok etish, chiqaruv kabi vazifalarni bajaradi.

Terining himoya vazifasi


Teri o‘ziga xos murakkab tuzilganligi sababli turli tashqi taʼsirlardan saqlaydigan to‘siq vazifasini o‘taydi. Bir-biri bilan zich joylashgan shoxsimon qavat hujayralari va yog‘li-suvli qobig‘ (mantiya) terini qurib qolishidan himoya qiladi. Yog‘li-suvli qobiqni ter va yog‘ bezlari orqali teri sathiga ajralib chiqayotgan yog‘, ter aralashmasi hosil qiladi.
Terining himoya vazifalari ichida uning mikroorganizmlardan himoya qilishi alohida ahamiyatga ega. Bu himoya asosan, doimo yangilanib turuvchi epiteliy va ter sathiga ajralib chiquvchi ter va yog‘ tarkibiga bog‘liq. Bundan tashqari suvli-yog‘li qobig‘ kislotali muhitga (RN- 5,5-6,2) ega bo‘lganligi uchun bu ham bakteriostatik taʼsir qiladi (ter va yog‘ tarkibidagi xloridlar, kichik molekulyar yog‘ kislotalari, gipoxloridlar, proteoglikanlar ham bakteriyalar ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi). Og‘iz shilliq qavati tuzilishi ham teri tuzilishiga yaqin bo‘lganligi uchun maʼlum bir himoya vazifasini o‘taydi, bu vazifa so‘lak tarkibidagi lizotsim hisobiga yanada kuchayadi.
Terining himoya vazifasi ichida teri va uning ostidagi to‘qimalarni ultrabinafsha nurlaridan (UBN) himoya qilishi alohida ahamiyatga ega. Bu vazifa terining epidermis qavati hujayralarida joylashgan melanin hisobiga amalga oshiriladi.
Melanin oqsili epidermis hujayralari yadrosining ustida soyabon shaklida joylashgan bo‘lib UBN uchun to‘siq (ekran) vazifasini o‘taydi. Agar bu ekran bo‘lmasa UBN hujayra yadrosini parchalab hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi va turli darajadagi kuyishlar kelib chiqishi mumkin. Bu holat ko‘prok albinizm va vitiligo bilan xastalangan bemorlarda bahor va yoz oylarida badanning ochiq sohalarida kuzatiladi. Shu sababli melanin epidermis hujayralarida qanchalik ko‘p bo‘lsa organizm quyosh nurlaridan shunchalik mukammal himoyalanadi.


Download 166,14 Kb.
1   2   3   4




Download 166,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Terining tuzilishi va anatomiyasi

Download 166,14 Kb.