• Kalit sozlar
  • K лючевые слова
  • Boshlang`ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi




    Download 86 Kb.
    bet1/2
    Sana28.05.2024
    Hajmi86 Kb.
    #255688
      1   2
    Bog'liq
    Nigora maqola 3


    BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI VA O`QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O`QUVCHILAR NUTQINI O`STIRISH METODIKASI Faxriddinova Dildoraxon Sirojiddin qizining
    Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
    Ilmiy rahbar: dotsent Normurodova Nigora
    Annotatsiya
    Mazkur maqolada boshlang`ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarida nutq o`stirish metodikasi va uning o`ziga xos xususiyalatlari haqida fikrlar ketiriladi.
    Kalit sozlar: ona tili va o`qish savodxonligi, nutq o`stirish, bog`lanishli nutq, ichki nutq, tashqi nutq, nutq o`stirish metodikasi
    Абстрактный
    B данной статье рассматривается методика развития речи и ее особенности на уроках родного языка и читательской грамотности в начальных классах.
    Kлючевые слова: Pодной язык и грамотность чтения, развитие речи, связная речь, внутренняя речь, внешняя речь, методика развития речи.
    Abstract
    This article discusses the methodology of speech development and its specific features in primary school mother tongue and reading literacy classes.
    Keywords: native language and reading literacy, speech development, connected speech, internal speech, external speech, speech development methodology

    Savod o’rgatish davrida o’quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi, nutqi o’stiriladi. Darslikda o’zlashtirilgan bilimlari multimediya ilovalari va o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga, mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga, dunyoqarashini boyitishga, nutqini o’stirishga, qobiliyatlarini tarbiyalashga va ijodiy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan o’quv qo’llanmalar, elektron ta’limiy vositalar orqali mustahkamlanadi. Matn orqali tasavvur eta olmagan so’zlarni rasmi orqali nutqiga kiritish imkoni paydo bo’ladi. Demak, boshlang’ich sinf o’quvchilarini savod o’rgatish davrida tovushlarni tanishga, harflarni anglashga, yozishga, ongli o’qishga o’rgatish bilan bir qatorda ularning tasavvuri ham o’stirib boriladi. Ko’rganlari, eshitganlari, his etgan narsalari haqida shakllangan tasavvurlari asta sekin rivojlanib boradi.


    Ma’lumki, dars bosqichli izchillik asosida olib boriladi. Har bir amalga oshirilgan tahlil keyingi tahlil uchun zamin yaratishi, boshqacha aytganda, berilgan bilim keyingi bilimning muvaffaqiyatli egallanishini ta’minlashi lozim. Bu bizga ijodiy tasavvurni rivojlantirishni savod o’rgatish davridan boshlab olib borish orqali, kelgusida o’quvchilarni ijodiy faol, keng dunyoqarashga ega, aqliy rivojlangan, fikrlash quvvati yuqori, estetik tarbiyalangan, tafakkuri rivojlangan, qobiliyatli, mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni tarbiyalashga zamin yaratadi, degan xulosaga kelishimizga yordam beradi.
    Boshlang’ich sinf savod o’rgatish davri uchun mo’ljallangan “Alifbe” darsligida keltirilgan topshiriq va mashg’ulotlarning o’quvchilar tasavvurini o’stirishdagi ahamiyatini tahlil qilamiz.
    Amaldagi “Alifbe” darsligida o’quvchilarning tasavvurini boyitishga, aqliy salohiyatini o’stirishga, hikoya va ertaklar tuzishga mo’ljallangan rasmli kompozitsiyalardan keng foydalanilgan. Bir nechta ijodiy topshiriqlar ham o’z aksini topgan. Masalan: 49-betda keltirilgan “baliq” va “qurbaqa” so’zlarini hosil qilishga qaratilgan topshiriqni ijodiy topshiriqlar qatoriga qo’shish mumkin. Lekin bunday topshiriqlar oltitani tashkil qiladi. Asosiy maqsad o’quvchilarni o’zbek tilidagi barcha tovushlar va harflar bilan tanishtirish, o’qish va yozish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat bo’lganligi sababli bunday topshiriqlarga ko’p vaqt ajratilmagan.
    Tajribalardan ma’lumki, biror qiziqarli hayotiy hodisa yoki multfilm qahramonlarini muhokama qilinganda o’quvchilar birdan turli xildagi, atroflicha fikrlar bildira boshlaydilar. Shunday vaziyatlarda ular o’z aqliy imkoniyatlaridan ko’p narsalarni bilishi ma’lum bo’lib qoladi. Shu o’rinda savol tug’iladi: nega ular darsga oid mavzular yuzasidan gapirganlarida bunday ishtiyoq bilan so’zlamaydilar? Chunki multfilmlarni tomosha qilganlarida tasavvur yaqqol namoyon bo’ladi. Ularni qiziqtiruvchi tasviriy ifodalar, boy rang-tasvir namunalari, tasavvur qilish imkoniyati to’laligicha yoritiladi. Shularni hisobga olib, darsliklarda, dars jarayonida bolalarni xuddi shunday qiziqtiradigan, ularning ijodiy tasavvurini rivojlantiradigan, boy rang-tasvir namunalaridan foydalanilgan, tabiatiga, yosh xususiyatiga mos mavzular ko’proq berilishi, matnlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlarning turfa xilligi darslardagi shunday vaziyatlarning asosi bo’ladi. O’quvchilarning ruhiy muvozanatdan chiqishi esa ularni ma’naviy kamolot sari yetaklash garovidir.
    Tasavvurni tarbiyalash, uni shakllantirish, rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’quvchi tasavvurini o’stirish hamisha ustozlarning zimmasidagi muhim bir vazifa ekanligi millatning ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lgan.
    Ma’lumki, bolalar maktabgacha bo’lgan davrida favqulodda ijodiy tasavvuri boy bo’ladi. 5-6 yoshda atrof muhit haqidagi tasavvurlarni o’zlashtirib oladilar, o’zlarining amaliy faoliyatlari va borliqni anglashlari uchun zarur bo’lgan har xil ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Ularning bu davrdagi taraqqiyoti muntazam o’qitish ishlarisiz, yashash tarzi jarayonida amalga oshadi. Bolalar maktab hayotiga kirib kelganlarida, ularning faoliyati dasturlar asosida tizimli bilim olishga o’tganda bir qadar o’zgaradi. O’qish-o’rgatish jarayonida tabiiylikning buzilgani, unga sun’iylikning aralashuvi tufayli sodir bo’ladi. Bola maktabga kirgach, uning mustaqilligi, o’z intellektual darajasidagi fikrlashi va ixtiyoriy faoliyati ma’lum darajada cheklanadi. Undan maktab talablariga muvofiq ish yuritish talab etiladi.
    Shu o’rinda xorijiy adabiyotlarga nazar solsak, umumiy tajribalardan foydalanish imkoni paydo bo’ladi. M.I.Rozetning tadqiqotlarida “tasavvur va fikrlashdagi o’xshashlik yoki farqni hisobga olsak, muammoni hal etish katta yoki kichik noaniqlik bilan ifodalanishi mumkin. Muammoli vaziyatni tavsiflovchi turli vaziyatlarga qarab, ayni muammo xayoliy tasavvur va fikrlash yordamida hal qilinishi mumkin. Tasavvur shu paytning o’zida vaziyatning noaniqligi juda yuqori bo’lgan vaqtda ishlaydi. Ushbu funktsiya yordamida bola rasmlarda haqiqatni namoyish qilishi va muayyan muammolarni hal qilishda ularni ishlatishi mumkin”ligi e’tiborga olingan.
    Bolaning yosh xususiyatini hisobga olsak, harflarni tanishga, bir-biriga bog’lab o’qishga qiynalishi tabiiy holdir. U o’qiy olmagach, rasmli kitoblarga qiziqa boshlaydi. O’qiy olmagani uchun ko’plab savollari javobsiz qoladi.
    O`ylashimizcha, bugungi kunda boy tasavvurga ega bo’lgan insonda ijodkorlik, yaratuvchanlik, ijobiylik, keng fikrlilik, fantaziyaviylik va shunga o’xshash hislatlarni kuzatish mumkin. Qolaversa, boy rang-tasvir namunalari orqali o’quvchining ongiga kirib borish va shu orqali zarur bilimlarni berish yuqori samara berishi xorij tajribasidan ma’lum. Bolaning 6 yoki 7 yoshdan ta’lim olishga jalb qilinishini hisobga olsak, rasm kompozitsiyasiga asoslangan kitob orqali bolani zeriktirmay, ta’lim olishdan bezdirmay ta’lim-tarbiyaga jalb qila olish zarur ahamiyat kasb etadi.
    Boshqa aqliy vazifalar singari tasavvurlar ham bolaning yoshi bilan o’zgaradi. Maktabgacha va boshlang’ich sinf yoshidagi o’quvchilarda tasavvur funktsiyasining faollashuvi kuzatiladi. Dastlab, qayta tiklash (erta yoshda ertakli tasvirlarni tasavvur qilish imkonini beradi), keyin esa ijodiy (buning natijasida asosan yangi tasvir yaratilgan) fantaziya shakllanishi uchun o’zlarining faol ishlarini xayolga bog’lashadi.
    Demak, rang-tasvir namunalari orqali bolalarning ijodiy tasavvurini rivojlantirish boshqa usullarga nisbatan yuqori samara beradi. Chunki, tasvir orqali yetkazilishi mo’ljallangan bilimni yaqqol tasvirlash mumkin. Bola o’qiy olmasa-da rasm kompazitsiyalari orqali asosiy g’oyani anglab yetadi.


    1. Download 86 Kb.
      1   2




    Download 86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang`ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish metodikasi

    Download 86 Kb.