|
Boshlangʻich sinf o’qish darslarida estetik tarbiyani shakllantirish yo’llari reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik tarbiyalash yo’llari samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik muammo sifatida
|
bet | 11/13 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 98,4 Kb. | | #136888 |
Bog'liq BOSHLANGʻICH SINF O’QISH DARSLARIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI1O`yin - “Antonim so`zlar”.
Bu o`yin katta va tayyorlov guruhlarda o`tkazilishi mumkin. O`yin mashg`ulot bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlanishiga samarali yordam beradi degan umiddamiz. O`yin individual, guruh bilan o`tkazilsa ham bo`ladi. O`yin sharti quyidagicha: Tarbiyachi bolaga bir so`zni aytadi, bola esa shu so`zning qarama - qarshi ma`no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta - kichik, issiq - sovuq, qorong`i - yorug`, qattiq - yumshoq, uzoq - yaqin, shirin – achchiq …va hokazolar. Odatda bolalar o`yin boshida bir oz qiynaladilar. Aytilgan so`zga javoban antonim emas, sinonim so’zlar bilan javob beradilar. Ammo o`yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so`ng abstrakt tushunchalarni ham osonlik bilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga harakat qiladilar. Masalan: chaqqon - yalqov, ishchan - dangasa, odobli - odobsiz kabilar.
“Ismlashtirish”
Bu o`yin mashg`ulot shu vaqtga qadar rasmli tarzda o`tkazilar edi. Biz sizga rasmsiz variantini tavsiya etmoqchimiz. Bu o`yin ham bolalar mantiqiy tafakkurini rivojlanishiga samarali yotdam beradi deb o`ylaymiz.O`yin sharti quyidagicha: tarbiyachi bolaga bir guruhga mansub bo`lgan uchta yoki to`rtta narsa nomini aytiladi. Bola ularning umumiy nomini aytishi kerak. Masalan: Tarbiyachi: ot, qo`y, sigir, buzoq so`zlarini aytsa, bola esa: ot, qo`y, sigir, buzoq - uy hayvonlari deb umumiy nomini aytadi. Tarvuz, qovun, handalak - poliz mahsulotlari, qo’lqop, palto, etik, bo’yinbog` - qishki kiyinlar.
Bolalar faolroq ishtirok eta boshlagach ularga “To`rtinchisi ortiqcha” o`yinini taklif etish mumkin. Bu o`yinni ham rasmlarsiz tashkil etishni tavsiya etamiz. Bolalarga bir guruhga mansub bo`lgan uchta narsa va boshqa guruhga mansub bitta narsa nomi aytiladi. Bolalar ulardan to`rtinchisi ortiqchaligini anglashlari va ayta olishlari kerak. Sababi so`ralganda bola fikrini asoslab bera olishi kerak. O`yin jarayonida faqat to`rtinchisi emas, bolalarda hosil bo`lgan ko`nikmalarni hisobga olgan holda birinchisi, ikinchisi, uchinchisi ortiqcha tarzida ham tashkil etish mumkin. Chunki faqat to`rtinchisi ortiqcha bo`lsa, bola fikrlamay turib, o’zida oldingi o`rtoqlarining javobidan ko’nikma hosil qilib, to`rtinchisi ortiqcha deb qo`ya qoladi. Bu o`yinda bolalarning tafakkuri rivojlanibgina qolmay, shu bilan birga ularning nutqiy faoliyatini rivojlanishiga yordam beradi. O`yin mashg`ulotlar individual tarzda o`tkazilishi bilan birga, guruhda musobaqa tarzida ham tashkil etilishi mumkin. Bunda o`yin mashg`ulotlar juda qiziqarli bo`lib yaxshi samara berdi deb hisoblaymiz.
“Avval nima bo`lgan edi?”
Bu o`yin shartiga ko`ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo`lganini aytishlari kerak. Masalan: jo`ja (tuxum), ot (toychoq), kapalak - (qurt) kabilar. Bundan tashqari bittadan ko`p ma`noga ega bo`lgan so`zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un - bug`doy, uy - g`isht - loy, stol - yog`och – daraxt – urug`, ko`ylak – mato – ip – paxta - chigit tarzida.
Bolalarning nutqini o`stirishni muhim usullaridan biri o`yin hisoblanib, biz yuqorida tavsiya qiliyotgan noan`anaviy o`yinlar bola tafakkurini, fikrlash qobiliyatini, dunyoqarashini o`stiradi, nutq boyligini oshiradi.
Mashg’ulot- 2
Mavzu: Maktabgacha ta'lim muassasasining O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramiga bag'ishlab bezatilgan musiqiy zaliga sayohat.
Maqsad: bolalarda bayramona kayfiyatni uyg'otish, ularda Ona-Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash. Bolalarni Vatanimiz bayrog'i bilan tanishtirish.
Mashg'ulotning borishi.
(Mashg'ulot guruhchalarga bo'linmagan holda hamma bolalar bilan birgalikda o'tiladi). Tarbiyachi bolalarga O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining bayram qilinishi munosabati bilan ko'chalar, binolar, mahallalar, bog'chalarning zallari va hovlilari bayramona bezatilishi haqida so'zlab beradi. Bolalarni bog'chaning bayramona bezatilgan musiqa zalini ko'rishga taklif etadi. Zalda uning qanday bezatilganligi to'g'risida gapirib beradi. Vatanimiz bayrog'ini ko'rsatib, uning muqaddas ekanligini tushuntirib beradi, so'ngra bolalarga bittadan bayroqcha tarqatib chiqadi. Ularga qo'llaridagi bayroqchalarni tomosha qilishni taklif etadi. Bolalar bayroqchalarni tomosha qilib bo'lishgach, maxsus idishga solib qo'yishadi. Bolalar zalni aylanib chiqib, guruh xonasiga qaytishadi. Guruh xonasi ham bayramona bezatilganligini ko'rib, kuzatishadi.
Tarbiyachi bolalarga shoir Abdurahmon Akbarning Vatan haqidagi she'rini aytib beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshlangʻich sinf o’qish darslarida estetik tarbiyani shakllantirish yo’llari reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik tarbiyalash yo’llari samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik muammo sifatida
|