Boshlangʻich sinf o’qish darslarida estetik tarbiyani shakllantirish yo’llari reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik tarbiyalash yo’llari samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik muammo sifatida




Download 98,4 Kb.
bet12/13
Sana13.01.2024
Hajmi98,4 Kb.
#136888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOSHLANGʻICH SINF O’QISH DARSLARIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI1

Ona- Vatan, jon Vatan, Shod o'samiz bag'ringda, Bizga mehribon Vatan. Doim bo’l omon Vatan.
Mashg’ulot-3
Mavzu: qushchani kuzatish.
Maqsad: qushchani kuzatish jarayonida bolalarda xursandchilik, quvnoqlik hislarini, uni parvarish qilish istagini uyg'otish, qushchaning nima qilayotganini bolalardan so'rash, bolalarni gapirtirishga erishish, jonzotlarga mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish.
Mashg'ulotning borishi.
Tarbiyachi: „Bizning guruhda chiroyli, quvnoq qushcha yashaydi. Eslab ko'ringlar-chi, qushcha nimalar qiladi? (Bolalar javoblarini to'ldiradi). Qushchamiz chiroyli kuylaydi, donlarni cho'qiydi, suv ichadi, patlarini tumshug'i bilan tozalaydi. Uychasi (qafasi)ga odamlar yaqinlashsa qo'rqadi: kuylamaydi ham, don ham cho'qimaydi, u yoqdan bu yoqqa uchib bezovtalanadi. U odamlardan uychasi oldidan ketishlarini, uni qo'rqitmasliklarini, shovqin solmasliklarini so'raydi. Bugun biz sizlar bilan qushchamizni kuzatamiz. U qo'rqmasligi va xavotirga tushmasligi uchun shovqin solmaslikka harakat qiling. Mana bu stullarga o'tiring, qushchani kuzatishni boshlaymiz, bu yerdan qushcha hammangizga yaxshi ko'rinadi". Shunday deb qafasdagi qushchani ko'rsatadi.
Tarbiyachi bolalardan qushcha nimalar qilayotganini so'raydi, sekin, shoshmay gapirib berishlarini iltimos qiladi. Bolalar javoblarini aniqlashtirib, to'ldiradi. Tarbiyachi bolalar diqqatini qushcha boshini u yoqdan bu yoqqa burayotganiga, o'tirishiga, qarashiga, sakrashiga jalb etadi. Bolalar qushchaning dumini, tumshug'ini tomosha qiladilar. Tarbiyachi qushchaning qanotchalarini, uchishini so'zlab beradi.
Tarbiyachi qushchani qafasi bilan olib qo'yadi. Rasmlardan foydalanib, yurtimizda qishlab qoluvchi qushlar haqida hikoya boshlaydi. Tarbiyachi: „Rasmda qish fasli tasvirlangan. Daraxt shoxiga qushlarga ovqat berish uchun taxtacha ilib qo'yilgan. Bolalar taxtachaga don sepayaptilar, qushlar esa ularni bir chetda kuzatib, ketishlarini kutishyapti". Hikoya bolalar don sepib bo'lishgach, qushlarning taxtachaga qo'nib don yeganlari bilan tugaydi.
Tarbiyachi mashg'ulotdan tashqari bolalar bilan navbatma-navbat qushchani kuzatadilar. Qushchaga don va suv beradilar. Bolalar tarbiyachi bilan sayrga chiqishganda qushlar uchun don va non uvoqlarini ham olib chiqadilar.

  1. Qog’ozni qirqish yo’li bilan nima yasay olasiz?

  2. Ertaklar asosida rasm chizamiz.

  3. O’simliklarni ko’paytirish yo’lini bilasizmi?

  4. Qaysi asar qahramonini yoqtirasiz? Nima uchun?

  5. Ertaklardagi qaysi rolni bajarishni xoxlaysiz? Nima uchun?

  6. Qaysi faslni yoqtirasiz? Nima uchun?

  7. Qayerga ekskursiyaga borishni xoxlaysiz ? Nima uchun ?

2-jadval




Guruh

1-savol

2-savol

3-savol

4-savol

5-savol

6-savol

7-savol

8-savol

9-savol

10-savol


jami

I gr

60%

65%

60%

55%

57%

60%

50%

54%

50%

58%

56%


II gr

65%

64%

65%

60%

62%

65%

59%

60%

55%

60%

62%


III bosqichda har bir guruhning tajriba bosqichlaridagi natijalari tahlil qilinadi


I bosqichdagi natijalarning diagrammada aks etishi :
II bosqichdagi natijalarning diagrammada aks etishi
I bosqichdagi va II bosqichdagi ishlarini solishtirilganda quyidagicha o’zgarishni ko’rish mumkin.
Natijalardan ko’rinib turibdiki, 5-6 yoshli bolalarga estetik tarbiya berishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, noananaviy mashg’ulotlar olib borilishi bolalarni estetik tomondan rivojlanish samaradorligini oshirish imkonini berdi. Tarbiyachi ularga go’zal va hoxush manzaralarni solishtirish va shu orqali go’zallikni qadriga yetish lozimligini uqtirib o’tdi.
Tarbiyalanuvchilar yuqoridagi vositalar bilan birgalikda san’at orqali rasm chizish kuy va qo’shiq raqslar, ertaklarni sahnalashtirish qo’g’irchoq teatri kabi vositalar ta’sirida ham estetik didlarini oshirib bordilar. Ayniqsa, raqs, kuy-qo’shiq, sahna ko’rinishlariasosida tashkilllashtirilgan turli kecha va tadbirlar kichkintoylarga estetik zavq-shavq berish bilan birga ijodkorlik mahoratlarini oshirishga yordam berdi.
o’quvchilarini estetik tarbiyalash yo’llari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishning tadqiqot qismida tajriba natijalarining ko’rish maqsadida ana shunday kechalardan birni tashkil etildi.


Xulosa
Estetik taraqqiyot shaxsning ongi va munosabati , estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti, ijtimoiy, tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish natijasida yuzaga keladi. Bu har xil yo’llar va shakllar orqali amalgam oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan tarbiya hal etuvchi rolni o’ynaydi.
Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo’naltiradi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik ehtiyoj kishi borliqni, badiiy faoliyatni uning har xil ko’rinishlarida estetik idrok etishga undovchi sub’yektiv omildir. Estetik ehtiyoj go’zallik to’g’risidagi fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o’rganishga undaydi, bu esa insonlarda yaxshi fazilatlarni shakllanishiga yordam beradi. Bolaga tarbiya qanchalik erta berilsa, shunchalik unda har tomonlama rivojlanishga erishish va bilim olishga imkoniyat paydo bo’ladi. Go’zallik tabiatda va ijtimoiy hayotda od’yektiv mavjud bo’ladi. Bu voqelikning obyektiv hodisasidir. Estetik kechinmalar, go’zallik tuyg’ularu ayni shu hayotning kishiga ko’rsatgan ta’siri natijasidir.
Tajribadagi jadvaldan shu narsa ma’lum bo’ldiki, 5-6 yoshli bolalarga estetik tarbiya berishda yangi pedagogic texnologiyalardan foydalanib, noan’anaviy mashg’ulotlar olib borilishi bolalarnio estetik tomondan rivojlanish samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Tarbiyachi ularga go’zal va nohush manaralarni solishtirish va shu orqali go’zallikni his qilish va uning qadriga yetish lozimligini eslatib o’tadi. Tarbiyalanuvchilar yuqoridagi vositalar bilan birgalikda san’at orqali rasm chizish, kuy va qo’shiq raqslar, ertaklarni sahnalashtirish, qo’g’irchoq teatri tashkil etishkabi vositalar ta’sirda ham estetik didlarini oshirib bordilar. Ayniqsaraqs, kuy-qo’shhiq, sahna ko’rinishlari asosida tashkil lashtirilgan turli kechalar va tadboirlar kichkintoylarga estetik zavq berish bilan birga ijodkorlik mahoratini oshirishga yordam berdi.
5-6 yoshli bolalarni estetik tarbiyalash yo’llari mavzusidagi BMI ning tadqiqot qismida tajriba natijalarini ko’rish maqsadida ana shunday kechalarni tashkil etildi. Kecha mobaynida bolalarni qiziqishlari, quvonchlari zavqlanishlari BMI ning o’z oldiga qo’ygan maqsadini amalgam oshira oldi deb hisoblashga asos bo’la oldi. Shu bilan birga nazorat guruhi solishtirilganda ham har ikkala guruh o’rtasidagi farqni ko’rish mumkin edi. Nazorat guruhidagi kichkintoylarda estetik didni rivojlanishi sustroq ekanligi, ularning bilishga bo’lgan qiziqishlarini pastligida namoyon bo’ladi. Nazorat guruhidagilar kamroq she’r va qo’shiqlarni o’rgangan bo’lib o’yinlar va tasviriy san’atda, mehnat qilish ko’nkma va malakalarini ham ko’rinib turardi.
Kichkintoylarga ertaklar asosida ta’lim berish ham ancha samaralidir.Ertaklarni yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga yaqin tanish, ertak tili hayotiy va jonli bo’ladi. Bolalar bog’chasida kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsert, bayramlar kichkintoylarning tug;ilgan kunlarini nishonlash, bolalarda quvonchli hislarni uyg’otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak. Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo’lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’langan holda amalgam oshiriladi. Yuqoridagi fikrlar va tajriba natijalaridan kelib chiqib bog’cha tarbiyachilariga quyidagi tavsiyalarni berdim .



Download 98,4 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 98,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlangʻich sinf o’qish darslarida estetik tarbiyani shakllantirish yo’llari reja: Kirish I bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini estetik tarbiyalash yo’llari samaradorligini oshirish dolzarb pedagogik muammo sifatida

Download 98,4 Kb.