• Analysis of lessons aimed at eliminating speech defects found in younger schoolchildren
  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uchraydigan nutqiy kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan darslar tahlili




    Download 250,15 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana19.01.2024
    Hajmi250,15 Kb.
    #141158
      1   2
    Bog'liq
    boshlang-ich-sinf-o-quvchilarida-uchraydigan-nutqiy-kamchiliklarni-bartaraf-etishga-qaratilgan-darslar-tahlili (1)



    Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uchraydigan nutqiy 
    kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan darslar tahlili 
    Nigora Qodirjon qizi Sobirova 
    Namangan davlat universiteti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida uchraydigan 
    nutq kamchiliklari va ularni bartaraf etish darslari tahlili xususida batafsil ma’lumot 
    berilgan. 
    Kalit so’zlar: nutq, o’quvchi nutqi, o’quvchining ruhiyati, nutqiy kamchiliklar, 
    «Tez va soz» o’yini, zamonaviy texnologiyalar, nutqiy mashqlar 
    Analysis of lessons aimed at eliminating speech defects found 
    in younger schoolchildren 
     
    Nigora Kodirjon kizi Sobirova 
    Namangan State University 
     
    Abstract: This article discusses in detail the speech defects encountered in 
    younger schoolchildren and the analysis of lessons on overcoming them. 
    Keywords: speech, student’s speech, student’s psyche, speech mistakes, the game 
    “fast and excellent”, modern technologies, speech exercises 
     
    Nutq faoliyatining o’ta murakkab, ilmiy jihatdan hali yetarli darajada 
    o’rganilmagan ruhiy jarayonlarga asoslanganligi bu faoliyatni ta’limiy maqsadlarda 
    tashkil etishda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu boradagi tashkiliy ishlarni 
    yo’lga qo’yishda o’quvchining ongida kerakli ruhiy kechinmalarni yuzaga keltira 
    oladigan, shu kechinmalarning tabiatiga mos keladigan ta’limiy usul va vositalarini 
    tanlab olish eng muhim va murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Bu vazifani hal 
    qilishda o’quvchining ruhiyatiga xos bo’lgan jihatlarni hisobga olmaslik qanday salbiy 
    oqibatlarga olib kelishi xususida fikr yuritamiz. 
    Nutqni shakllantiruvchi ta’limni amalga oshirish uchun kerakli usul va vositalarni 
    tanlab olish bilan bog’liq masalalarni to’g’ri hal qilishning eng asosiy mezoni va 
    bitmas-tuganmas manbai tabiiy muloqot jarayoni ekanligini e’tirof etish zarur. Bu 
    o’rinda eng mukammal, har taraflama asoslangan usul va vositalar ham tabiiy 
    muloqotning barcha xususiyatlarini o’zida to’liq aks ettira olmasligini ham eslatib 
    o’tish joiz. Zero, dars jarayonida qo’llaniladigan usullar o’quvchi muloqotini tabiiy 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1083


    muloqotga ma’lum darajada yaqinlashtirishi mumkin, lekin bu ishni bajarishda 
    o’quvchilarga hayotiy muloqot sharoitini to’liq ta’minlab berishning imkoniyati yo’q. 
    Ona tili va o’qish darslarini hozirgi zamon talablariga to’liq javob beradigan 
    usullar va vositalar yordamida tashkil etish uchun bir qator masalalarni hal qilish kerak 
    bo’ladi. Bu ishni quyidagi yo’nalishlarda olib borish mumkin: 
    1. Ona tili va o’qish darslarida qo’llaniladigan an’anaviy usul va vositalarni nutq 
    faoliyati nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish. 
    2. Ta’lim sohasiga bevosita aloqador fanlar bo’yicha o’tkazilayotgan zamonaviy 
    tadqiqotlarni ko’zda tutgan holda yangi usul va vositalarni yaratish. 
    Ma’lumki, har qanday o’quv fani uchun kerakli usul va vositalarni belgilashda 
    shu fanning mazmunini aniqlash bilan bog’liq masalalarni ham yechishga to’g’ri 
    keladi. Demak, yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni bajarishda ana shu talabni 
    hisobga olish lozim.
    Nutq faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yishning eng muhim shartlaridan biri darsda 
    muloqot muhitini yartishdir. Bunday muhitning yuzaga kelishi ko’p jihatdan 
    o’quvchining o’qituvchiga va sinfdoshlariga qanday munosabatda bo’lishiga bog’liq. 
    Nutq o’stirishga, to’g’rirog’i, o’quvchilarda uchraydigan nutqiy kamchiliklar va ularni 
    bartaraf etishga mo’ljallangan an’anaviy usullarni tahlil qilish chog’ida ko’rsatib 
    o’tilganidek, 
    o’quvchining 
    faoliyati 
    berilgan 
    topshiriqlarni 
    bajarish 
    bilan 
    cheklanganligi uchun u o’zini erkin tuta olmaydi. Zero, o’quvchi faqat o’qituvchi taklif 
    qilgan ishni bajarishi, uning rejasiga to’g’ri keladigan gapni gapirishi yoki yozishi 
    mumkin. Bundan tashqari, o’quvchi har qanday ishni bajarish chog’ida shu jumladan, 
    nutq mashqlari jarayonida ham o’qituvchining asosiy maqsadi muloqotga kirishish 
    emas, balki o’quvchilarni nazorat qilish, baho qo’yish ekanligini his qilib turadi. 
    O’quvchining ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladigan omillardan yana biri shundan iboratki, 
    darsda beriladigan har qanday topshiriqni o’quvchi ta’limiy maqsadga qaratilgan sun’iy 
    muloqot sifatida qabul qiladi. Bunday kechinma o’quvchida dars davomida 
    o’tkaziladigan har qanday muloqot tanqidiy munosabatning shakllanishiga olib keladi. 
    Ana shunday kamchiliklarning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish sohasida 
    olimlar va ko’plab iqtidorli o’qituvchilar juda katta ishlarni amalga oshirganlar. Shu 
    sohadagi izlanishlar asosidada ta’lim nazariyasi va amaliyotining yangi yo’nalishi - 
    hamkorlik 
    pedagogikasi 
    yuzaga 
    keldi. 
    Ushbu 
    pedagogikaning 
    an’anaviy 
    pedagogikadan farqi shundaki, bunday usulda ish olib boradigan o’qituvchi o’quvchilar 
    bilan munosabatni teng huquqlilik asosida tashkil qilishga, o’quvchilar bilan hamkorlik 
    o’rnatishga harakat qiladi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarning mustaqil 
    izlanishlari uchun sharoit yaratishi, bilim olishga qaratilgan faoliyatini ijodiy faoliyat 
    bilan chambarchas bog’lanishiga e’tibor beradi. Hamkorlik pedagogikasi asosida ish 
    olib boradigan o’qituvchi o’zining o’quvchilardan har taraflama ustun ekanligini, 
    kerakli bilimlarni faqat o’zi bera olishi mumkinligini ta’kidlashga harakat qilmaydi. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1084


    Aksincha, u bolalar bilan muloqot qilishdan o’zi ham manfaatdor ekanligini, 
    o’quvchilar ham ko’p narsalarni, hattoki, o’qituvchining o’zi ma’lum sababga ko’ra 
    bilmaydigan narsalarni ham bilishlarini ko’rsatishga intiladi. Agar o’qituvchi 
    o’quvchilar bilan shunday munosabatda bo’lsa, uning obro’siga putur yetmasmikan 
    degan e’tiroz paydo bo’lishi ham mumkin. Bunday salbiy holatning vujudga kelishi 
    yoki kelmasligi o’qituvchining o’ziga bog’liq. Bu borada V.A.Kan-Kalikning quyidagi 
    fikri diqqatga sazovordir: «Bolalar bilan munosabatni shunday yo’lga qo’yingki, 
    sizning yetakchilik mavqeingiz tabiiy ravishda butun pedagogik jarayon mantiqidan 
    kelib chiqsin»
    1
    . Bundan ko’rinadki, hamkorlik pedagogikasida o’qituvchining 
    mavqeini yuqoridan tazyiq o’tkazish evaziga tiklashga tamomila barham berish ko’zda 
    tutiladi. Bundan kelib chiqadiki, hamkorlik asosida ish yuritadigan pedagog 
    qattiqqo’llik, quruq pand-nasihat o’qish, o’quvchilarni tergab turish kabi «sinalgan» 
    usullardan voz kechishga to’g’ri keladi. Albatta, darsda o’quvchilarni o’z holiga tashlab 
    qo’yish bilan ham biror natijaga erishib bo’lmaydi. Zotan, darsda berilayotgan 
    bilimlarni egallash uchun o’quvchi ma’lum bir qiyinchiliklarni yengib o’tishi, buning 
    uchun irodani ishga solishi kerak bo’ladi. Tajribadan shu narsa ma’lum bo’ladiki, 
    o’quvchilarning ko’pchiligi irodaga suyangan holda amalga oshiriladigan faoliyat 
    jarayonida ma’lum bir vaqtdan so’ng bajarilayotgan ishdan chalg’iy boshlaydilar. Ana 
    shunday holatlarda o’qituvchi bolalarga o’z ta’sirini o’tkazishi kerak bo’ladi. Ammo 
    bu vazifani bajrish uchun faqat ijobiy omillardan foydalaniladi. Ma’lumki, bunday 
    omillar qatoriga bajarilayotgan ishdan zavqlanish, o’z kuchiga va qobiliyatlariga 
    ishonchining ortishi kabi kechinmalar kiradi. 
    Demak, hamkorlik pedagogikasining g’oyalarini o’qish darslariga joriy qilinsa, 
    darslarda muloqot muhitini yaratish uchun katta imkoniyatlar paydo bo’lar edi. 
    Jumladan, shunday pedagogik uslub o’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi 
    munosabatni tubdan yaxshilashga sharoit yaratishi mumkin. 
    Muloqot usulini ona tili va o’qish darslarining barcha bosqichlarida qo’llash 
    mumkin. Shu usul asosida o’tkaziladigan darsda yangi mavzuni tushuntirish va uni 
    mustahkamlash uchun mo’ljallangan ishlarni quyidagi tartibda amalga oshirish 
    mumkin: 
    1. O’quvchilarni biror mavzu bo’yicha muloqotga jalb qilish. 
    2. O’tkazilgan muloqotning mazmunini tahlil qilish. 
    3. O’quvchilarning diqqatini muloqot jarayonida fikrlarni bayon qilish uchun 
    qo’llangan til vositalariga qaratish, shu vositalarning xususiyatlarini tushuntirish. 
    4. Yangi o’zlashtirilgan mavzuni ko’zda tutgan holda o’quvchilarning nutqini 
    takomillashtirish. 
    1
    WWW ref.uz. Kann-Кalik V.A. Pedagogik muloqot haqida. - М., 2000.-S. 34. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1085


    5. O’quvchilarni jonli muloqotga tortib, ular bilan birgalikda biror hayotiy 
    muammoni hal qilish. 
    Mazkur usul nutqning mazmunidan kelib chiqqan holda uning shaklini egallash, 
    so’ngra shu shakllar yordamida nutqni takomillashtirish va jonli muloqot yo’li bilan 
    muayyan hayotiy muammolarni hal qilishni ko’zda tutadi. 
    Yangi mavzuni muloqot usulida tushntirishga o’quvchini hech qanday 
    tayyorgarliksiz bevosita nutq faoliyatiga jalb qilish ko’zda tutiladi. 
    Masalan: 2-sinf o’qish darsligida berilgan «Kitob, mening do’stimsan» mavzusi 
    orqali fikrimizni to’liq yoritib berishimiz mumkin. 
    Kitob - mening do’stimsan. 
    Darsning maqsadi: 
    1) ta’limiy maqsad: to’g’ri, ravon va ifodali o’qish malakasini takomillashtirish, 
    kitobning yaratilishi, uning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish; 
    2) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni kitob o’qishga qiziqtirish, uni asrash 
    yo’llarini o’rgatish; 
    3) rivojlantiruvchi maqsad: ravon, to’g’ri va ifodali o’qish malakasini 
    rivojlantirish. 
    Darsning turi: yangi bilim beruvchi. 
    Darsning metodi: suhbat metodi. 
    Darsning jihozi: Darslik, kitoblar ko’rgazmasi, testlar. 
    Darsning borishi. 
    I. O’tgan darsni takrorlash va mustahkamlash maqsadida suhbat uyushtiriladi: 
    1. Hikoya nima uchun «Kitobni asrang» deb nomlangan. 
    2. Qadimda kitob qanday asralgan? 
    3. Hozir Italiyada noyob tarixiy kitoblar qanday asralyapti? (Bu ma’lumot oldingi 
    darsda gapirib berilgan bo’ladi: suvning bug’lanishi, suv bosishi natijasida kitoblar 
    nam tortib, mog’orlab ketayotgani uchun uni yelim haltalarga solib, uning ichidagi 
    havo chiqarilib, o’z holida saqlashga erishilyapti.) 
    II. «Kitobni asrang» hikoyasini o’qitish. 
    III. Didaktik o’yinlar: 
    a) «Kim ko’p kitob o’qigan?» (darslikdan tashqari)
    1-variant. Kim ko’p ertak nomini aytadi? 
    2-variant. Kim ko’p ertak qahramonlari nomini aytadi? 
    3-variant. Kim ko’p hikoyalar nomini aytadi? 
    Natijani hisoblash uchun o’qituvchi o’quvchilardan birini chaqirishi mumkin. 
    Natija hisoblanib, g’oliblar taqdirlanadi. 
    b) «Tez va soz» o’yini. 
    Bunda asosiy e’tibor kitob ta’mirlashga qaratiladi. 3 ta bo’sh partalarda har 
    birining ustiga 1 tadan eskiroq kitob va ularni ta’mirlash uchun yelim, skotch, qaychi 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1086


    qo’yilib, uch o’quvchi taklif etiladi. Ularga vaqt belgilanadi. O’quvchilar esa olqishlab 
    turishadi. G’olib o’quvchilar rag’batlantiriladi. (Bu o’yinni qatorlararo ham o’tkazish 
    mumkin.) 
    IV. Yangi mavzu bayoni. Bu darsda ham kitob haqidagi she’r- «Kitob, mening 
    do’stimsan» she’ri o’qilishi aytilib, doskaga mavzu yoziladi. Zafar Diyor haqida 
    ma’lumot beriladi, portreti ko’rsatiladi. Zafar Diyor sevimli bolalar shoiri bo’lib, u 
    1912-yilda Chust tumanida tavallud topgan. Zаfar Diyor bolalar uchun juda ko’plab 
    kitob yozgan. Uning «Qo’shiqlar», «Tantana», «She’rlar», «Muborak», «Suv bilan 
    suhbat» kabi ko’plab kitoblarini bolalar sevib o’qiydilar. 
    Kitob haqida quyidagicha suhbat o’tkaziladi: 
    1. Kitoblar qayerda turadi? (Kitob javonida.) 
    2. Kitob orqali biz nimalarni egallaymiz? (Bilimlarni egallaymiz.) 
    3. Kitobni nima uchun asrashadi? (Bolalar o’qishi uchun. Biz ham 
    darsliklarimizni asrashimiz kerak. Kitoblar qimat, Undan bizning ukalarimiz
    singillarimiz ham foydalanishadi. Kitobga ko’p kishilarning mehnati singan.) 
    4. She’rni ifodali o’qib berish yoki yoddan aytib berish yo’li bilan tanishtiriladi.
    5. Lug’at ishi. Notanish so’zlar doskaga yoziladi, uni o’qiydi va ma’nosi 
    izohlanadi. 
    Shuur-ong, bilim, tushuncha. 
    Sahifa-bet. 
    6. She’r o’quvchilarga o’qitiladi. 
    7. Tanlab o’qish. Birinchi misrani o’qib, mazmunini tushuntiring, kim kitobdagi 
    olim bo’lishga undagan o’rinni topib o’qiydi kabi topshiriqlar beriladi. 
    8. Maqolni o’qib, mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilardan bilgan maqollari 
    so’raladi. Yaxshi bilgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. 
    9. Boshqotirmani yechish. 
    Javob: Kitob bilim manbai. 
    10. O’quvchilar bilimini nazorat qilish. 
    Test. 
    V. Uyga vazifa: she’rni yod olish, ifodali aytishga tayyorlanib kelish. 
    VI. O’quvchilarning reytingini e’lon qilish. 
    Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, yangi mavzuni tushuntirish va mustahkamlash 
    jarayonida muloqot usulidan foydalanish bolalarni erkin va mustaqil fikrlash 
    malakalarini o’sishiga, erkin va mustaqil fikrlash doirasini kengayishiga, ularda 
    uchraydigan nutqiy xatolar va ularni bartaraf etishga olib keladi. Bunda o’z navbatida 
    ta’lim jarayonida keng qo’llanilayotgan ilg’or pedagogik texnologiyaning o’rni 
    kattadir.
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
    May 2023 / Volume 4 Issue 5
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    1087


    Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uchraydigan nutqiy kamchiliklar va ularni 
    bartaraf etish darslarini har bir o’qituvchi qiziqarli tarzda tashkil etib olib borsagina bu 
    kabi kamchiliklarni sezilarli ravishda kamayishiga erishish mumkin. 

    Download 250,15 Kb.
      1   2




    Download 250,15 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinf o’quvchilarida uchraydigan nutqiy kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan darslar tahlili

    Download 250,15 Kb.
    Pdf ko'rish