• II-Bob Intellektual ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirish metodlarini tadbiq etish
  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to’G’risidagi hozirgi pеdagogik psixologik talablar




    Download 102 Kb.
    bet1/6
    Sana12.11.2023
    Hajmi102 Kb.
    #97562
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    O\'QUVCHILARDA INTELLEKTUAL SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISH
    Документ Microsoft Office Word, 4-SINFDA “ OTLARNING EGALIK QOʻSHIMCHALARI BILAN QOʻLLANISHI VA EGALIK QOʻSHILGAN OTLARDA TOVUSH OʻZGARISHLARI ” MAVZULARINI OʻRGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH, 8 CHIZMACHILIK DARSLARIDA LOYIHALASHGA UNDOVCHI TOPSHIRIQLAR ISHLANMASI

    MAVZU : O'QUVCHILARDA INTELLEKTUAL SALOHIYATNI RIVOJLANTIRISH
    Reja :
    Kirish
    I-Bob O'quvchilarning intellektual va aqliy rivojlanishini rivojlantirish

      1. Yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish

    II-Bob Intellektual ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirish metodlarini tadbiq etish

      1. Intellektual ijodiy qobiliyatlarni diagnostika qilish va korreksiyalash usullari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


    KIRISH
    Kurs ishining dolzarbligi: Intellektual imkoniyatlarni rivojlantirish muammosiga bag’ishlangan adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, hozirgi kundagi ilmiy tadqiqot ishlari asosan intyegratsiyalashgan dastur asosida fanlararo umumlashtirish bilan olib borilmoqda2. Bu esa o’z navbatida bola faoliyatining aniq turlarini emas umumiy qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarning qobiliyatlari va yuqori imkoniyatlariga asoslanib ularning tegishli saviyadagi ta'limini tashkil etishga bag’ishlangan ilmiy- tadqiqot ishlari ozchilikni tashkil qiladi, bu esa ushbu muammoning psixologik jihatdan juda kam o’rganilganligidan dalolat beradi.
    Bundan kelib chiqadiki, intellektual imkoniyatlarni rivojlantirish asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarning ta'limini tashkil etish va uning mazmuniy ta'minoti haqida bir nuqtai nazarning yo’qligini ta'kidlaydi.
    Shu o’rinda intellektual so’zining ma'nosini aytib o’tish o’rinlidir. Intellektual – so’zining lug’aviy ma'nosi aqliy jihatdan yetuklik, fahm-
    farosat, aql-idrok, zakovat, zukko ya'ni zakovatli inson, zukko bo’lish demakdir.
    Psixologiyada aql-zakovat, ya’ni intellekt muommosi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ist’edod, qadriyat, ma’naviyat hamda aql zakovat etnopsixologik nuqtai- nazaridan millat ko’zgusi hisoblanadi. Aql zakovat insoniyat yashab turgan jamiyatning ruhiy-manaviy omilidir. Binobarin, aqliy imkoniyat mazmuni va mohiyati bevosita mujassamlashgan bo’ladi. Jamiyat takomillashuvining bosh omili bu - barkamol avlod, keng ko’lamli, teran fikrlovchi, bilimdon shaxslarning shakillanishidir.
    Shu sabab hozirgi kunda Respublikamizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda yoshlar uchun har tamonlama tokomillashuvini shu jumladan intellektual rivojlanishni taminlash uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Barcha ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, o’rta mahsus kasb hunar ta’limi oily dargohlar kompyuterlar bilan taminlangan. Barcha ta’lim muassasalari o’qitishning eng yangi texnik jihozlari bilan taminlangan. Yosh avlodning intellektual jihatdan rivojlanishi uchun yetarlicha sharoitlar yaratildi.
    Jumladan Raspublikamiz birinchi Prezidenti I. A.Karimov 2012 yil 17 fevralda «Yuksak bilimli va intellektual avldodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va madernizatsiya qilishning eng muxim sharti» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilishi marosimida 48 dan ziyod davlatlardan kelgan mexmonlarga tashakkur bilidirib, O’zbekistonda bugungi kunda shakllangan ta’lim tizimi islohatidagi tajribalarimizni muxokama etish biz uchun yuksak sharaf ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek yurtimizdagi ta’lim tizimi haqida 12 yillik majburiy bepul ta’lim, darslar 7 tilda olib borilishi – 1500 dan ortiq kolej va liseylardagi shart – sharoitlar, oliygohlar hamda yuksak texnalogiyalar haqida so’zladilar. Anjuman qatnashchilari O’zbekiston ta’lim tizimiga tan berdilar. Bundan ko’rinib turibdiki yoshlarning intellektual rivoji ta’minlangan. Faqatgina yoshlar bunday imkoniyatlardan foydalana olmoqlari kerak.
    Jamiyat taraqqiyoti teran fikrlovchi, aqlli shaxslar rivojiga bog’liq bo’lmoqda, bunda jamiyat inson intellekti rivojini ta’minlasa, inson ana shunday jamiyat rivojlantirgan intellekti bilan jamiyatni taraqqiy ettirish
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, intellekt rivojining psixologik jihatlari mavjud. Bunday psixologik jihatlarga inson ongining rivoji, intellektning paydo bo’lishi hissiy intellekt masalalari, jins va intellekt, intellekt yetishmovchiligi, intellektning tuzilishi masalalari, intellekt tarixi kabilar kiradi. Yuqoridagi fikrlardan intellekt rivoji psixologik muommolardan biri eg’kangligiga ishonch xosil qildik.
    Afsuski, umumta'lim muassasalari boshlang’ich sinf o’quvchilarida hozirgi vaqtgacha, biror fan yoki soha doirasida qiziqishi baland, qobiliyatli o’quvchilarning ta'limini tashkillashtirish muammosini hal etish
    yo’llarining pedagogik-psixologik, ilmiy va uslubiy jihatlari ishlab chiqilmagan. Biz tadqiqotning dolzarbligini boshlang’ich sinf
    o’quvchilarida intellektal imkoniyatlarini rivojlantirish muammosi kam o’rganilganligi va shu kungacha olib borilgan tadqiqot natijalari aynan ushbu mazmunga mos emasligi bilan izohlaymiz.
    Keltirilgan fikr va mulohazalar tadqiqot ishining dolzarbligini yana bir bor ta'kidlaydi.

    Download 102 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 102 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to’G’risidagi hozirgi pеdagogik psixologik talablar

    Download 102 Kb.