Mavzu: Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari Reja




Download 2.53 Mb.
bet1/2
Sana15.05.2023
Hajmi2.53 Mb.
#59978
  1   2
Bog'liq
2-slayd
1-varyant jazba, konstruktiv qism, Falsafa. Madaniyatshunoslik sillabus, Cambridge 16 2, Cambridge 16, МТТ Hamshirasining yillik ish hujjatlari, 100 ta ENG KO\'P Ishlatiladigan fe\'llar, Stepanov1950ru (2) (1), kompyuter lingvistikasini kashf etilishidagi matematik modellar, 10- sinf 2- blok Kimyo Biol Rus t, reyting-daftar-394201100073, 2 5379731904457095971, Xayitov SH 3333333, 17-dekabr Asosiy imtihoni repetitsion testi natijalari

Mavzu: Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari
Reja:
1.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari
2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini pedagogik tashxislash va korreksiyalash yo‘llari
3.O‘smirlar, talabalarni pedagogik
tashxislash va korreksiyalash yo‘llari
 
Pedagogik lug‘atda “korreksiya” tushunchasi (yunoncha “correctiio” — tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.
Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o ‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanishida turli kamchiliklar bogan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2) differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik choratadbirlar tizimini ishlab chiqish;
7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksionprofilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi vo‘nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
2.Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo`lgan bolalar bilan korreksionpedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o ‘rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga
xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik
rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo`lgan bolalarga korreksion-pedagogik ta’sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o‘rta ta ’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi
va xulqida nuqsonlar bo`lgan bolalarning umumiy va maxsus ta ’limi mazmunini tahlil qilish.
6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o‘quv-metodik bazasini yaratish.

Download 2.53 Mb.
  1   2




Download 2.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Korreksion faoliyatning asosiy tamoyillari Reja

Download 2.53 Mb.