• VIEWS OF MATHEMATICAL MODELS IN THE DISCOVERY OF COMPUTER LINGUISTICS
  • Kompyuter lingvistikasini kashf etilishidagi matematik




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana09.05.2023
    Hajmi0.51 Mb.
    #57805
      1   2
    Bog'liq
    kompyuter lingvistikasini kashf etilishidagi matematik modellar
    1-varyant jazba, konstruktiv qism, Falsafa. Madaniyatshunoslik sillabus, Cambridge 16 2, Cambridge 16, МТТ Hamshirasining yillik ish hujjatlari, 100 ta ENG KO\'P Ishlatiladigan fe\'llar, Stepanov1950ru (2) (1), 2-slayd, 10- sinf 2- blok Kimyo Biol Rus t, reyting-daftar-394201100073, 2 5379731904457095971, Xayitov SH 3333333, 17-dekabr Asosiy imtihoni repetitsion testi natijalari


    KOMPYUTER LINGVISTIKASINI KASHF ETILISHIDAGI MATEMATIK
    MODELLAR KO’RINISHI
    Sodiqova Baxtigul Ibodullayevna
    Termez Davlat Universiteti Denov filiali
    sodiqova.baxtigul@mail.ru
    Anotatsiya: Bu maqola axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda
    yuzaga kelayotgan kompyuter lingvistikasining o’ziga xos yo’nalishlari va modellari
    haqida tushuncha beradi. Zamon talabiga mos holda matematik modellarni ham
    ko’rib chiqish mumkin bo’ladi. Kompyuter lingvistikasi asosida matematik
    linvistikani kelib chiqishini kuzatish mumkin va maqolda bu haqida to’xtalib o’tiladi.
    Tayanch so’zlar : kompyuter linvistikasi , virtual stendlar, yondashuv, mashina
    tarjimasi, matematik model, tabiiy til unsurlari.
    VIEWS OF MATHEMATICAL MODELS IN THE DISCOVERY OF
    COMPUTER LINGUISTICS
    Sodiqova Bakhtigul Ibodullayevna
    Denez branch of Termez State University
    sodiqova.baxtigul@mail.ru
    Annotation: This article provides an insight into the specific trends and models 
    of computer linguistics that are emerging at a time when information technology is 
    evolving. Mathematical models can also be considered in accordance with modern 
    requirements. The origins of mathematical linguistics can be traced back to computer 
    linguistics, and the article discusses this.
    Keywords: computer linguistics, virtual stands, approach, machine translation, 
    mathematical model, natural language elements
    Hozirgi kunda Axborot - kommunikasion texnologiyalarining rivojlanish
    bosqichida ijtimoiy sohaning o‘qitish jarayoniga ham zamonaviy texnologiyalarning
    tadbiq etilishi zamon talablaridan biriga aylanmoqda. Shu jumladan an‘anaviy
    ta‘limni kompyuterli o‘qitish tizimlari orqali takomillashtirish hamda boyitish tabiiy
    ravishda mutaxassislar oldiga yangicha yondashuvlar va uslubiy vositalarini ishlab
    chiqish kabi bir qator masalalarni qo’ymoqda. Axborot texnologiyalarini ta‘lim
    jarayoniga joriy etish bo‘yicha jamiyatimizning tez sur‘atlar bilan o‘sib boruvchi
    ehtiyojlari oliy ta‘lim muassasalarida auditoriya va auditoriyadan tashqari
    mashg‘ulotlarda elektron qo‘llanmalar, virtual stendlar, Internet tarmog‘i
    "Science and Education" Scientific Journal
    Volume 1 Issue 1
    167
    www.openscience.uz


    imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy o‘qitish, shuningdek, masofaviy
    ta‘limni joriy etish bilan bog‘liq izchil nazariy hamda amaliy tadbirlar bajarilishini
    taqozo etadi. O‘zbekistonda masofaviy ta‘lim tizimining rivojlanishi, xalqimizga
    faqat sifatli ta‘lim berishnigina ta‘minlab qolmasdan, u yana mamlakatimizning
    ta‘lim xizmatlari xalqaro bozorida o‘z o‘rnini egallashiga ham imkon yaratadi.
    Kompyuterli o‘qitishni tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha bir qator yo‘nalishda
    ishlar amalga oshirilmoqda. Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2002-
    yil 30-mayda qabul qilingan―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g'risidagi
    qarorda kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz salohiyatini
    oshirishning demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyati
    qurishning muhim shartlaridan biri sifatida belgilandi. 
    Hozirgi kunda kompyuter vositalarning texnik va dasturiy ta‘minoti darajasi
    ancha yuqori bo‘lib, bu barcha sohada olib borilayotgan ishlarni qanoatlantirmoqda.
    O‘qitishning kompyuterli tizimlarida ham bilimlar bazasini shakllantirish
    avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari tamoyillari bilan ishlovchi tizimlarni yanada
    yuqori bosqichga, ya‘ni intellektual o‘qitish tizimlari bosqichiga ko‘tarishga xizmat
    qiladi. Kompyuter tizimini tilshunoslik fani bilan bo’lash juda muhim hisoblanadi.
    Ma’lumki, tilshunoslik fani XIX asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan
    boshlab u turli aspektlarda, yo‘nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Jumladan, ana
    shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik),
    psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va
    lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va
    kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Buni fanlar tizimida bir necha
    fanlarning o‘zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo‘ladi. XX asrning
    o’rtalaridan boshlab tilshunoslikda «mashina tarjimasi», «mashina tilshunosligi»
    atamalari qo‘llanila boshlandi._ Shu tariqa mashina tarjimasi g‘oyalari butun
    dunyoda nazariy va amaliy tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.
    Bu yo‘nalish bilan parallel ravishda formal grammatika nazariyasi yuzaga kelib, til va
    uning alohida aspektlari modelini yaratishga e’tibor qaratildi. Tilning bu jihatlari
    matematik lingvistika fanida ishlab chiqildi, bu, o‘z navbatida, kompyuter
    lingvistikasi fanining yuzaga kelishi uchun poydevor bo‘ldi. Demak, shu asosda
    tilshunoslikning yangi yo‘nalishi - kompyuter lingvistikasi va tilshunoslikning bir
    qator nazariy va amaliy yo‘nalishlari vujudga keldi. Matematik lingvistika fani XX
    asrning 50-yillarida tilshunoslikning alohida yo‘nalishi sifatida yuzaga keldi. Bu
    fanning shakllanishida Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi
    (glossematika)ning asoschisi Lui Yelmslevning g‘oyalari o‘ziga xos «turtki»
    vazifasini o‘tagan. U hatto til hodisalarini matematik bayonda tushuntiradigan
    fanning nomini ham taklif etgan. Olimning fikricha, bu fan «Til algebrasi»
    "Science and Education" Scientific Journal
    Volume 1 Issue 1
    168
    www.openscience.uz


    («Lingvistik algebra») deb atalishi lozim edi. Amerikalik tilshunos Noam
    Chomskiyning formal grammatika, transformatsion grammatika haqidagi qarashlari
    bevosita matematik lingvistikaning alohida yo‘nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab
    bo‘lgan. Mana shunday qarashlar ta’sirida matematik lingvistika fani shakllandi.
    Matematik lingvistika - bu tabiiy tillarning matematik ishlab chiqish, xususan, sun’iy
    tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug‘ullanuvchi fandir. Matematik lingvistika
    oldida turuvchi eng muhim masalalar quyidagilardir:
    – tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish; 
    – formal grammatika yaratish; 
    – tillarning matematik modellarini ishlab chiqish. 
    Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik
    modelini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan o‘z oldiga quyidagi
    vazifalarni qo‘yadi: 
    – tabiiy va sun’iy tillarning formal modellari ishlab chiqish; 
    – lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda baholash; 
    – til hodisalarini matematik metodlar yordamida tahlil qilish.
    Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo‘lib, u
    amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi va kompyuter lingvistikasi
    AQShda 1954- yilda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo‘yicha dunyoda
    o‘tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo‘nalish sifatida shakllana boshlandi ham 1960-
    yilga kelib mustaqil fan sifatida faoliyat olib bordi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha
    «computational linguistics» so‘zining asosidir . XX asrning 80-yillariga qadar bu fan
    turlicha nomlar bilan atalgan ya’ni hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika,
    kvantitativ lingvistika kabi nomlar bilan yuritilgan.
    Bu fanning asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter
    dasturlarini ishlab chiqish, inson va mashina (kompyuter) muloqotini
    optimallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlashdir. Tabiiy tilni qayta ishlash kompyuter
    lingvistikasida tabiiy tillarning kompyuter analizi va sintezini o‘z ichiga oladi. Bunda
    analiz tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida
    tushunilishiga nisbatan ishlatiladi, sintez esa kompyuterda matnning grammatik
    shakllantirilishi va generatsiyasini anglatadi.
    Kompyuter lingvistikasining asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi: 
    - avtomatik o‘qitish tizimini ishlab chiqish; 
    - bilimlarni tekshirish; 
    - matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash; 
    - matnlarning avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini
    ta’minlovchi tizimlar yaratish;
    - mashina tarjimasi uchun mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqish; 
    - lug‘atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish; 
    "Science and Education" Scientific Journal
    Volume 1 Issue 1
    169
    www.openscience.uz


    - lingvistik muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan optimal dasturlar yaratish; 
    - muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish; 
    - matn strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish va boshqalardir.
    Kompyuter lingvistikasi esa amaliy xarakterga ega bo‘lib, til bilan bog‘liq
    muammolarning amaliy jihatiga e’tibor qaratadi. Kompyuter lingvistikasida esa
    ko‘proq sun’iy tillar (programmalashtirish tillari, algoritmik tillar)ga tayaniladi, tabiiy
    tillarning mavjud imkoniyatlari cheklanadi, bunda tabiiy tilga ishlov berilib,
    kompyuterga moslashtiriladi. Buning uchun model atamasini ham esdan chiqarmaslik
    zarur. Model bizga sistemaning o‘rganish, tushunish, izohlash, mukammalshtirish
    sohasida yordam berishi mumkin bo‘lgan vosita hisoblanadi. Model biror ob’ektni
    to‘la va aniq yoki biror bir xususiyatlarini ifodalashi mumkin. Ob’ektning absolyut
    aniq modeli uning o‘zidir. + olgan barcha modellar taqribiy model hisoblanadi.
    Model – bu mantiqiy yo‘l bilan u yoki bu xarakat natijasini bashorat qilish yoki
    qiyoslashga imkon beruvchi vosita bo‘lib, oqibatda qilinishi mumkin bo‘lgan
    xarakatlardan eng yaxshisini tanlab ko‘rsata oladi va eng ko’p qo’llaniluvchi model
    bu matematik modellardir. Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini
    o‘tkazish haqiqiy obyektni tajribada taqiq etish mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy
    jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda o‘tkaziladi. Bunday hisoblash
    tajribasining natijalari haqiqiy ob‘yekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda
    juda aniq emasligini hamhisobga olish kerak.Lekin shunday misollarni keltirish
    mumkinki, kompyutyerda o‘tkazilgan hisoblash tajribasi o‘rganilayotgan jarayon
    yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.
    Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyutyerda hisoblash tajribasini
    o‘tkazish yo‘li bilan yadroviy urushning iqlimga ta‘siri oqibatlarini oldindan aytib
    berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g‘olib bo‘lmasligini
    ko‘rsatadi. Kompyuterli tajriba Yer yuzida bunday urush oqibatida ekologik
    o‘zgarishlar, ya‘ni haroratning keskin o‘zgarishi, atmosferaning changlanishi,
    qutblardagi muzliklarning erishining ro‘y berishi, xatto, Yer o‘z o‘qidan chiqib
    ketishi mumkinligini ko‘rsatadi. Matematik modellashda berilgan fizik
    jarayonlarning matematik ifodalari modelashtiriladi. Matematik model tashqi
    dunyoning matematik belgilar bilan ifodalangan qandaydir hodisalar sinfining
    taqribiy tavsifidir. Matematik model tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan
    aytib berish va boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi. Matematik modelni tahlil
    qilish o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga singish imkoniyatini beradi.
    Hodisalarni matematik model yordamida o‘rganish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.
    Birinchi bosqich - modelning asosiy ob‘yektlarini bog‘lovchi qonunlarni
    ifodalash.
    Ikkinchi bosqich - modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
    "Science and Education" Scientific Journal
    Volume 1 Issue 1
    170
    www.openscience.uz


    Uchinchi bosqich - modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini
    qanoatlantirishni aniqlash.
    Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar bilan olingan ob‘yektni
    kuzatish natijalari mos kelishi masalasini aniqlash. To‘rtinchi bosqich-
    o‘rganilayotgan hodisa haqidagi ma‘lumotlarni jamlash orqali modelning
    navbatdagi tahlilini o‘tkazish va uni rivojlantirish, aniqlashtirish.
    Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini ob‘yektni dastlabki
    o‘rganish asosida modelni tajriba orqali va nazariy tahlil qilish, natijalarni ob‘yekt
    haqidagi ma‘lumotlar bilan taqqoslash, modelni tuzatish (takomillashtirish) va shu
    kabilar tashkil etadi. 
    Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala
    mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So‘ngra kattaliklar orasida formula
    yoki algoritm ko‘rinishida yozilgan funksional bog‘lanish hosil qilinadi.
    Aytib o‘tilganlarni aniq misolda ko‘rib chiqamiz. 
    Talaba o`ylagan son matematik fokusga mos model yordamida aniqlanadi.
    Masalani rasmiylashtiramiz: X - o`quvchi o`ylagan son, U - hisoblash natijasi, N-
    sana, M - joriy yil.
    Demak, olib boruvchining ko`rsatmalari:
    U=(X*5 + N)*2 + M
    formula orqali ifodalanadi.
    Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo`lib
    xizmat qiladi va X o`zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi.
    Tenglamani yechamiz:
    X = (U - (M + 2N))/10
    Ushbu formula o`ylangan sonni topish algoritmini ko`rsatadi.
    XXI asr axborot texnalogiyalari asrida o`quvchilar kompyuter, internetdan
    bemalol foydalanadi va bunga bo`lgan qiziqishlari yuqori ekani hech kimga sir emas.
    Shunday ekan o`quvchilarga darslarni axborot kommunikatsiya texnalogiyalari orqali
    o`tsak o`quvchilarning qiziqishlari ortadi. Masalan maktab matematika kursidagi
    arifmetik progressiya yoki geoometrik progressiyaning
    hadlarini chiqaruvchi dasturni
    Pascal dasturlash muhitida ko`rib o`tsak. 
    Arifmetik progressiyani bu usulda hadlarini ko`rsatish jarayonida o`quvchining
    kompyuter savodxonligi oshadi, shuning barobarida matematik bilimi
    mustahkamalanadi. Umuman olganda matematika darslarini axborot kommunikatsiya
    texnalogiyalari orqali slaydlarda animatsiya va giperssilka yordamida dars
    ishlanamalari tayyorlanib o`tilsa, o`quvchilarni qiziqishlari yuqori darajada bo`ladi.
    "Science and Education" Scientific Journal
    Volume 1 Issue 1
    171
    www.openscience.uz



    Download 0.51 Mb.
      1   2




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter lingvistikasini kashf etilishidagi matematik

    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish