|
Boshlang‘ich sinflarda massa va sig‘im o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Mavzu
|
Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 0,74 Mb. | | #272826 |
Bog'liq 2-amaliy Massaga doir 3-kurs
Boshlang‘ich sinflarda massa va sig‘im o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari.
MAVZU:
1. Masala: Ikki omborda 1000 sr kartoshka bor edi. Ikkala ombordan baravardan kartoshka olib ketilganidan keyin, birida 345 sr ikkinchisida 389 sr kartoshka qoldi. Har bir ombordan necha kilogrammdan kartoshka olib ketilgan?
1) 345+389= 734 (sr) ikkala omborda qolgani
2) 1000-734=266 (sr) ikkala ombordan olingai 3) 266:2=133 (sr) har qaysi ombordan olingani Javob: 133 (sr)
2. Masala: Marshrutli avtobusning harakatlanishi uchun 1 kunda 18 litr yoqilg’I kerak. 1 litr yoqilg’ining narxi 1800 so’m. Agar avtobus haydovchisining 1 kunlik pul tushumi 90 000 so’m bo’lsa, u yoqilg’I xarajatlaridan tashqari davlatga qancha pul topshiradi?
3. Masala: Paxtani qayta ishlash korxonasida 1 kunda 1 sr paxta tolasi olindi. 1 kg tolaning narxi 4 000 so’m. Agar korxona 1 kg tola olish uchun 2 500 so’m sarflagan bo’lsa, uning 1 kunlik foydasini hisoblang.
4. Masala: Firmada 1 ta o’g’il bolalar kostyum-shimini tikish uchun 70 000 so’m sarflanadi. Tikuvchi bu kostyum-shimni 115 000 so’mdan sotsa, u qancha foyda ko’radi?
5. Masala: Hasan va Husan 50 000 so’mga 10 ta jo’ja va ular uchun 20 000 so’mga don sotib olishdi. 3 oydan so’ng ular har bir jo’jani 12 000 so’mdan sotishsa, birgalikda qancha foyda ko’rishadi?
6. Masala: Haydovchi mashinasiga 30 000 so’mlik yoqilg’I quydi. Agar u Termizdan Boysungacha 4 ta yo’lovchi va ularning har biridan 15 000 so’mdan yo’l haqi olsa, qancha foyda ko’radi?
7.Masala: Baxtiyor olmoqchi bo’lgan ertak kitob 3 000 so’m turadi. U har kuni tushlik pulidan 200 so’mdan tejab qolsa, necha kunda kitobni sotib oladi?
8. Masala: Oshxonaga 1 oy uchun 100 kg un keltirildi. Kunlik ishlatiladigan undan har kuni 50 grammdan tejab qolinsa, bir oyda qancha un tejaladi?
Masala. Chumchuq 2 soatda 14 km uchdi, burgut esa 3 soatda 210 km uchdi. Burgutning tezligi necha marta koʻp?
Masala sharti
Chumchuq: 2soat – 14 km
Burgut: 3soat -210 km
Burgutning tezligi necha marta koʻp?
Yechish:
14 :2=7 (km/soat) – chumchuq tezligi;
210 :3=70 (km/soat) – burgut tezligi;
70 :7=10 – marta burgutning tezligi chumchuq tezligidan koʻpligini anglatadi.
Javob: 10 marta koʻp.
Masala. 1350000 soʻmning 23 % ini toping?
Yechish:
1 usul: Dastlab 1 % ni, soʻng 23 % ni topamiz.
1) 1350000:100 = 13500(soʻm) – 1%
2) 13500 * 23 = 310500(soʻm) – 23%
2 usul: % foizni oʻnli kasrga aylantirish
1) 23% = 0,23
2) 1350000 * 0,23 = 310500(soʻm)
Javob: 310500 soʻm.
1-masala: Bir kg olmaning narxi 17000 soʻm. Agar nokning 1 kg mi 12000 soʻm qimmat boʻlsa, 1 kg nok qancha turadi?
Ikki va undan ortiq arifmetik amallar yordamida bajariladigan masalalar murakkab masalalar deyiladi.
2-masala. Toʻgʻri to'rtburchakning eni uning boʻyining 8/9 qismiga teng. Agar uning eni 32 sm bo'lsa, toʻgʻri to'rtburchakning yuzi va perimetrini toping.
3-masala. Ikkita kitob muqovalovchi 384 ta kitobni muqovalashi kerak. Ulardan biri kuniga beshta kitobni muqovalab, 160 ta kitobni muqovaladi. Birinchi muqovalovchi bilan ishni bir kunda tugatish uchun ikkinchi muqovalovchi kuniga nechta kitob muqovalashi kerak?
4-masala. Omborda 392 banka gilos, malina va qulupnay murabbo bo'lgan. Gilos murabbo idishlari malinali murabbo idishlariga qaraganda 3 baravar ko'p edi. Agar har bir bankada 800 g murabbo bo'lsa, gilos murabbo massasi qancha bo'ladi?
Savol va topshiriqlar:
1. Sotuvchi do’konga 15000 so’mdan 10 kg va 25000 so’mdan 30 kg shokolad olib keldi va bularning hammasini 2/4 qismicha pishiriq olib keldi. Pishiriqning 1 kilogrami 12000 so’m bo’lsa, pishiriq necha so’m va shokoladdan necha so’m arzon?
2. Agar elektr energiyasidan unumli foydalanilsa, bir kunda 15 kvt energiyani tejab qolinadi. 1 kvt elektr energiyasi 190 so’m. bir oy davomida shu miqdorda tejab qolingan pulga narxi 17100 so’m bo’lgan nechta kitob sotib olish mumkin ?
Savol va topshiriqlar:
3. Tadbirkor issiqxona tashkil etishga 500 ming , mahsulot parvarishiga esa 200 ming so’m pul sarfladi. Agar u bir mavsumda 1 500 000 so’m daromad olsa uning sof foydasi qancha?
4. Tikuvchi bitta ko’ylakni 20000 dan tikadi. Har bir ko’ylakka 7500 minglik bezak qo’ysa 3 ta ko’ylakni tikish uchun qancha pul sarflaydi va o’z xizmati uchun qancha foyda ko’radi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
- M.I.Jumayev. Boshlang‘ich ta’limda matematika, (Boshlang‘ich ta’lim bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun). Toshkent-2023, 270 bet.
- Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Muxitdinova M.N., Toshpo‘latova M.I. Matematika. TDPU. (Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik). Toshkent-2014, 390 bet.
- L.P.Stoylova, A.M.Pishkalo Boshlang’ich matematika kursi asoslari. "O’qituvchi", 2019.
- N.Ya.Vilenkin. Matematika M., 2018.
- R.Ibrohimov. Matematikadan masalalar to’plami. T., 2015.
E`TIBORINGIZ
UCHUN
TASHAKKUR!
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshlang‘ich sinflarda massa va sig‘im o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi. Massa va sig‘im o‘lchov birliklari. Mavzu
|