• «Zinapoya» usuli
  • «Izohli lug’at»
  • Boshlang'ich sinflarda ot so'Z




    Download 38,34 Kb.
    bet2/3
    Sana19.05.2024
    Hajmi38,34 Kb.
    #243826
    1   2   3
    Bog'liq
    122-128-converted

    «Maqollarda antonimlar»


    Ma’lumki, o’zbek xalq maqollarida antonimlar ko’proq uchraydi. Shu bois bu shartda o’quvchilar navbatma-navbat ot antonimlar ishtirok etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do’st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda» va x.k.

    «Zinapoya» usuli


    O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. So’ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda
    «zinapoya» chiziladi. Ma’lumki, antonimlar o’z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o’quvchilarning o’zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o’quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh
    o’quvchilari birinchi bo’lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib bo’ladi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa,zinalar soni shuncha bo’ladi.

    «Izohli lug’at»


    Buning uchun o’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar.1-guruh ishtirokchilari so’z birikmasi, frazeologik birikma yoki tasviriy ifodalarni aytadilar. 2-guruhdagi o’quvchilar esa 1- guruhdagilar aytgan so’z va birikmalar ma’nosini tezkorlik bilan izohlab beradilar. Shartni bajara olmagan guruh mag’lub hisoblanadi. Bu o’yin quyidagicha amalga oshiriladi:
    O’zbekning shoh taomi: palov Ertalabki ovqatlanish: nonushta Ilonning yog’ini yalagan: ayyor. Dala malikasi: makkajo’xori Aql gimnastikasi: shaxmat Tog’ malikasi: archa va x.k.
    Bu o’yinlarni ona tili darslarida 4-sinflarda o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunday o’yinlar faqat bir mavzu doirasida cheklanib qolmay bir qanchamavzularda, ko’proq takrorlash darslarida o’tkazilishi mumkin.
    3-4- sinfda “So’z turkumlari” bo`limi o’rganilayotganda quyidagi kabi savollardan foydalanish mumkin:

    1. So’zlar nima uchun turkumlarga bo’linadi?

    2. Ot qanday qo’shimchalar bilan qo’llanadi?

    3. Egalik qo’shimchalari va ularning vazifasi nima?

    4. Kelishik qo’shimchalari vaular qanday vazifa bajaradi?

    5. Sifat va ot turkumining o’zaro qanday bog’liqligi bor?

    6. Ot bilan fe’lning o’zaro qanday bog’liqligi bor?

    7. Fe’llardagi zamon qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi?

    8. Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalari qanday ma’nolarni bildiradi? va hokazo.

    1- savolda o’quvchilar quyidagi javoblari bilan qatnashadilar:

    • So’zlar turli ma’nolarni bildiradi.

    • Ayrim so’zlar narsa ma’nosini bildiradi.

    • Ba’zi so’zlar shaxs ma’nosini bildiradi.

    • So’zlar harakat ma’nosini ham bildiradi.

    • So’zlar belgi ma’nolarini bildiradi.

    • So’zlarni ma’nolariga ko’ra turlarga bo’lib o’rgansak oson bo’ladi. 4- sinfda 2- savolga quyidagicha javob berdilar:

    • Otlar ko’plik qo’shimchasini oladi.

    • Otlar – lar qo’shimchasini oladi.

    • Otlar ot yasovchi qo’shimchalarni oladi.

    • Otlar – chi qo’shimchasini oladi.

    • Otlar – dosh qo’shimchasini oladi va hokazo.

    Otlarning egalik qo’shimchasi ( -im,- ing, -si,- imiz,- ingiz,- lari) qo’llangan holatlari, otlarning kelishik qo’shimchalari bilan ishlatilgan holatlari gaplar tarkibida ko’rsatildi va so’roqlari yordamida otlar aniqlatildi. O’quvchilarda “Aqliy hujum” orqali “Otlar yana boshqa qo’shimchalar bilan ham qo’llanar ekan. Ular qanday qo’shimchalar ekan?- degan qiziqish paydo bo’ldi.
    Shundan so’ng ularga quyidagi savollar berildi:

    • Otlar oladigan qo’shimchalar haqida qanday ma’lumotlarni bilar edingiz?

    • Ot oladigan qaysi qo’shimchalarni bilmas ekansiz? Ularni bilishni xohlaysizmi?

    Ko’rinib turibdiki, o’qituvchining savoli – o’quvchilar bilish qobiliyatlarini boshqarish vositasi. Savollar qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanishiga qarab, o’quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga undaydi, ularni fikrlash darajasini oshiradi. O’quvchilar “ Aqliy hujum” orqali fikrlarning qadr –qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishini anglab boradilar. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri “Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod
    turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. “ Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh- guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin. Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart. Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi. Tarmoqlash usulidan 3-sinfda “So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi:

    • So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi? Ularning javobini doskaga yozib boriladi.

    Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot; belgi bildirgan so’zlar sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan
    tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi.
    -O’ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin?
    So’z turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan oldin foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga
    yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi.
    4- sinfda “ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsida “Zig- zag” metodi ham yaxshi samara berdi. Sinf jamoasini kichik guruhlarga bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har bir guruhda boshqaruvchi belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni to’ldiradi va sistemaga soladi. Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan foydalandik. Bir xildagi doiracha olgan bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda kuchlarning teng
    bo’lishiga e’tibor berdik.

    1. Download 38,34 Kb.
    1   2   3




    Download 38,34 Kb.